612-17 gr Esonaliyev M
3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: To’g’ri zanjir usuli
Ishdan maqsad: Qoidalarning tо‘g‘ri zanjiri tushunchasi о‘rganish va qoidalarning tо‘g‘ri zanjir usuli asosida hosil yetishtirishni tahlil qiluvchi dastur ishlab chiqish.
Uslubiy kо‘rsatmalar: Sun’iy intellekt tizimining an’anaviy dasturiy tizimlaridan asosiy farqi shundan iboratki, uning tuzilishining tarkibiy qismlari bо‘lingan holda aniqlanadi va uning istalgan qismini zamonaviylashtirish umumiy tuzilmaga ta’sir qilmaydi.
Insonning miyasi hatto eng oddiy masalani yechishga kirishganda ham kerakli harakatlarni tanlash uchun uning ixtiyorida axborotlarning katta hajmi mavjud. Masalan, ishga keta turib, odam uydan chiqadi va kо‘chani kesib о‘tadi, ammo u о‘tish uchun paytni tanlaguniga qadar, uning miyasi ham harakatning jadalligini ham transportning tezligini, hamma qarama-qarshi tomongacha bо‘lgan masofani tahlil qiladi. shuning bilan bir vaqtda miya kо‘chani kesib о‘tishga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tegishli bо‘lmagan axborotlarni, ya’ni ob-xavoni, о‘tib ketayotgan mashinalarning rangini ishlab chiqadi.
Bundan tashqari odam qaerga ketayotganligi, u yerga qancha vaqtda etib borishi, kim bilan uchrashishi kerakligi haqida uylaydi. Ammo agar odam kо‘chani kesib о‘tishdan avval kо‘chani kesib о‘tish maqsadiga bilvosita va bevosita aloqador barcha dalillarni tahlil qilganda, u bir necha yil turib qolishi mumkin edi. shunday qilib, inson miyasiga ham aniq vaziyatlarda tо‘g‘ri reaksiya tanlashga rahbarlik qiluvchi murakkab tizim mavjuddir. Bunday tanlov soddalashtirish deb ataladi. Soddalashtirish mexanizmi ushbu paytda echilaYotgan vazifaga aloqasi bо‘lmagan dalillarni tо‘sib qо‘yadi.
Sun’iy intellekt tizimlarini loyihalashtirishda birinchi bosqichda unga erishish uchun mо‘ljallangan maqsad aniqlanadi, echilayotgan vazifalarni yirik atamalarda bayon qilishni bilish uchun zarur sinfi belgilaniladi. Dalillar sun’iy intellekt tizimining muhim qismi bо‘ladi, ularsiz maqsadga erishish mumkin emas. Har bir maqsadning о‘zining dalillari bor. Har bir dalil о‘zining salmog‘iga ega, ya’ni har bir dalilga nisbatan muhimlik hosdir.
Ushbu vazifani echish uchun dalil qanchalik katta ahamiyatga ega bо‘lsa, uning salmog‘i shunchalik katta. Maqsadlarga erishish uchun zarur bо‘lgan umumiy dalillar aniqlangandan keyin, aniq ma’lumotlarni olish kerak. Ma’lumotlarni olish uchun tegishli savollar shakllantiriladi, ularga javoblar tizimini yakuniy qarorga kelishiga yordam beradi. Sun’iy intellect tizimlari uchun dasturni ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat.
Maqsadlarni aniqlash.
Bu maqsadlarga tegishli dalillarni aniqlash.
Ushbu vaziyat uchun hos bо‘lgan dalillarga mos bо‘lgan ma’lumotlarni olish.
Xulosa chiqarish qoidalari va mexanizmidan foydalanish bilan ma’lumotlarni olish.
Ma’lum dalillar, qoidalarga kо‘ra berilgan vaziyatga nisbatan qо‘llaniladi. qoidalar ma’lumotlarni tо‘g‘ri baholash va maqsadga erishishga yordamlashadi.
Yuqoridagi bayon qilingan bosqichlar yordamida maqsadlarga erishish jarayoni mulohazalarning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri zanjiri, ya’ni ma’lumotlardan mantiqiy xulosaga boruvchi zanjir deb ataladi. Maqsadga erishilganda uning tо‘g‘riligini tekshirish, ya’ni ma’lumotlar va qoidalar bilan yana vazifani tahlil qilish zarurdir. Bu jarayon maqsadlarni verifikatsiyalash deb ataladi. Yana avvaldan tо‘g‘ri deb faraz qilingan xulosani tasdiqlash uchun yangi ma’lumotlarni chiqarish mexanizmlarini tanlash teskari zanjirga misol bо‘lishi mumkin. shunday qilib, mulohazalarning teskari zanjiri tо‘g‘ri zanjirga qarama qarshi tomonga, ya’ni xulosadan ma’lumotlarga ketadi. Teskari zanjir faqat maqsadga erishilgandan keyin vujudga keladi. 1-rasmda sun’iy intellekt tizimining konfiguratsiyasi va ishi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |