Keys stadi ta’lim texnologiyasi
Keys-stadi texnologiyasi. Muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni hal qilishga doir o’quv topshiriqlarini ishlab chiqishda “Keys-stadi” texnologiyasi bugungi kunda keng qo’llanilmoqda. Ushbu texnologiya bugungi kunda etakchi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida keng ommalashgan o’quv texnologiyasi sanaladi.
Texnologiya talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir:
Ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash, ularni o’rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va o’quvchi (talaba) o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va
“Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQShning Garvard universitetining huquq maktabida, 1924 yilda biznes maktabida qo’llanilgan. Hozirda texnologiya xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qo’llanilmoqda. Rossiyada esa u o’tgan asrning 80-yillarida dastlab MDUda, keyinchalik esa boshqa ta’lim muassasalarida ham faol qo’llanila boshlandi. O’zbekistonda “Keys-stadi” metodi ta’lim jarayoniga mustaqillik yillaridagina tadbiq etildi.
Keys-stadining ikki klassik maktabi mavjud:
Garvard (Amerikada);
Manchester (Evropada)
Xorijiy ta’limida keyslarni qo’llashga nisbatan shunday yondoshuv mavjud: keys – real hayotning “bir parchasidir” (ingl. “True life”).
Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o’rganishga o’quv vaqtining o’rtacha 25 %dan 90 %gacha bo’lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o’quv vaqtining 25 % keyslar ulushiga, Kolumbiya universitetida
30 %, Uortonda esa – 40 % to’g`ri keladi. Mashg`ulotlarni ushbu uslub bo’yicha o’tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo’yicha Garvard etakchilik qiladi. Oddiy talaba ta’lim davrida 700 tagacha keyslarni ko’rib chiqadi va buning uchun o’quv vaqtining 90%gacha qismini sarflaydi.
Ta’limiy xarakterdagi keyslarning turlari quyidagilardir:
talaba faoliyatini tahlil qilish va baholash imkoniyatini beruvchi keyslar;
-muammoning echimi va qarorlarni tahlil qilishga yo’naltirilgan keyslar;
qaror yoki yaxlit muammoni ifodalovchi keyslar
Texnologiya talabalarda predmetni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishni, amaliy ko’nikmalarni, vaziyatni tahlil qilish va to’g`ri qaror qabul qilishga nisbatan ijodiy yondashish malakalarini rivojlantiradi, turli muammoli vaziyatlar va ularni hal qilish asosida ular tomonidan bilimlarning faol o’zlashtirilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Ta’limda qo’llaniladigan “Keys stadi”ning tayyor variantlari ham mavjud bo’lib, ularni sotib olish mumkin. Biroq, eng samarali yo’l har bir fan bo’yicha keyslarning mustaqil yaratilishiga erishishdir. Birgina Garvard universitetida yiliga 700 ta keys ishlab chiqiladi. Ularning narxi 10 $. Ammo ba’zi keyslarning narxi 500 ta 1000 $ gacha. London biznes maktabi va boshqa biznes maktablar o’zlarida 340 nafarga yaqin ishtirokchilarni birlashtirgan holda keyslarni yaratish bilan shug`ullanadi.
“Keys-stadi” yordamida talabalar quyidagi ko’nikma, malakalarga ega bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |