3-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitlar.
Amaliy mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar fayllarni arxivlash yo’llarini o’rganib oladilar.
Amaliy mashg’ulotini bajarganlarida tinglovchilar quyidagi BKMlarga ega bo’ladilar:
Bilim: fayllarni arxivlash haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Ko’nikma: fayllarni arxivlash amalini bajara oladilar.
Malaka: fayllarni arxivlash dasturlaridan foydalana oladilar.
Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to`liq fayllar strukturasi bo`yicha yoki papkalar bo`yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko`p bo`lsa, ularni oldin bitta papkaga yig`ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma'lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi.
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba'zi hollarda arxivlash natijasida boshlang`ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, programma fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi.
Amaliy ishning borish tartibi:
WinRar arxivlash dasturini o’rnatish
Устоновить tugmasi bosiladi
Ok tugmasi bosiladi Готово tugmasi bosiladi
WinRar arxivlovchi dasturi RAR formatidagi arxiv fayllari hosil qiladi.
1-topshiriq:
1. D diskda R harfidan boshlanuvchi barcha fayllarni ZIP dasturida arxivlash texnologiyasini yozing.
2. a.zip va b.arj fayllarini arxivdan TT katalogiga qayta tiklash texnologiyasini yozing.
3. a1.doc va b1.doc fayllarini WinRAR dasturida arxivlang.
4. D diskdagi barcha *.ZIP kengaytmali arxivli fayllarni qayta tiklang.
2-topshiriq:
1. D diskda a harfidan boshlanuvchi *.doc kengaytmali faylarni ARJ dasturida arxivlang.
2. TT katalogidagi a.zip faylini TT katalogiga qayta tiklash texnologiyasini yozing.
3. WinRar dasturining «Размер словаря» darchasi nima vazifani bajaradi.
4. D diskdagi barcha *.rar kengaytmali arxiv fayllarni qayta tiklang.
3-topshiriq:
1. D diskdagi barcha fayllarni RAR dasturida ALFA katalogiga arxivlang.
2. D joriy diskdagi barcha *.arj kengaytmali fayllarni yoyish texnologiyasini yozing.
3. WinRar dasturida fayllar kanday himoya qilinadi.
4. D diskdagi barcha *.zip kengaytmali arxiv fayllarni qayta tiklang.
Fayl boshqaruvchisi (Проводник) yoki Total Commander dasturi yordamida biror disk, papka va fayllarni antivirus dasturi nazoratidan o’tkazing;
Fayl boshqaruvchisini (Проводник) ishga tushiring;
Biror papka yoki faylni tanlang va sichqoncha o’ng tugmasi orqali kontekst (suzuvchi) menyusini oching;
Kontekst (suzuvchi) menyusidan antivirus dasturini ishga tushiring;
Vazifaning bajarilishini nazorat qiling.
UMUMIY TOPSHIRIQ
Arxivator dasturlarini turlarini, formatlarini, ishlab chiqilgan yili bilan birgalikda yoziladi.
№
|
Nomi
|
Formatlari
|
Yili
|
| Winrar 3.61
|
Rar,zip,arj,tar,jar
|
2004
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tekshirish uchun savollar:
Kompyuterga xizmat ko’rsatishning asosiy qoidalari haqida ma’lumot bering.
Fayllarni arxivlash deganda nimani tushunasiz?
Fayllar qanday usullarda arxivlanadi?
Arxivatorlar haqida ma'lumot bering
Biror tipdagi kengaytmali fayl yarating va uni arxivlash ketma-ketligini tushuntiring.
Arxivlangan faylni ochish va undan foydalanish qanday amalga oshiriladi?
Bir necha fayllar guruhini qanday arxivlash mumkin?
Ikki va undan ortiq bir necha fayllar yarating va ularni umumiy arxivlash ketma-ketligini tushuntiring.
Arxivlangan fayllar guruhini ochish va undan foydalanish qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |