3-AMALIY MASHG`ULOT
MAVZU: TOKARLIK DASTGOXINING SHPINDELLARINI TAYYORLASH
Shpindel konstruktsiyasi: shpindel (3.1.rasm)da keltirilgan ko’rinish tokarlik
dastgoxining eng javobgar qismlaridan biri xisoblanadi. Uning konstruktsiyasi asosan
bo’sh tana, po’latdan tayyorlangan val 1, bosh qismida oldingi markaz kiygiziladigan
teshik 5, unga boshqa opravkalar xam qo’yilishi mumkin bo’lgan moslamadan
iborat. Tana qismi ochiq o’tuvchi teshikdan 7 iborat bo’lib, u uzun prutok
(zagatovkalarni) o’tkazib ishlov berish va markaz ochish uchun xizmat qiladi.
Shpindelning oldingi qismda aniq rezba ochilgan bo’lib 4, unga patron va planshayba
qotirish mumkin, ushbu rezbadan keyin bo’yin (sheyka 6 va burma (burtik) 3
o’yilgan bo’lib u patronni markazlash uchun xizmat qiladi. Dastgoxning o’zida yana
shpindelni qotirish uchun kanavka (ariqcha) 2 ochilgan bo’lib, u patronni oldindan
saqlagichi bo’lib u o’z o’zidan yechilib ketishdan saqlaydi.
3.1. rasm 1A62 modeli tokarlik – vintkesar dastgoxining shpindeli va uning
podshibnigi.
a) Shpindelning umumiy ko’rinishi;
b) Orqa podshibnik ;
v) Oldingi podshibnik;
Shpindel podshipniklarda oldingi babkada aylanadi va ishlov berilayotgan detalni
aylantiradi. Tokarlik dastgoxlarida shpindel asosan sirpanish podshipniklarida
aylanib,
tezligi
yuqori
dastgoxlarda
esa
shpindellar
asosan
tebranishli
podshipniklarda (sharikli va rolikli) aylanadi, qaysiki o’zida yuqori bikrlik
xususiyatiga ega podshipnikdir.
Tokarlik dastgoxida ishlov berilayotgan maxsulotga aniq ishlov berish uchun –
shpindelni to’g’ri aylanishiga bog’liq bo’ladi. Buning uchun shpindelga yuklar
tushganda podshipniklari xech qanday lyuft (qochish) bo’lmasligi, yengil va
nuqsonlarsiz aylanishini o’z o’qi va radial yo’nalishida aylanishini taminlash kerak.
Aks xolatda ishlov berilayotgan yuzalarda noaniqliklar va maxsulot talabga javob
bermasligi mumkin.
Oldingi podshipnik 3.1 rasmda keltirilgan tokarlik dastgoxining ketingi
podshipnikdan ko’ra yuk ko’proq va javobgarlik natijasi yuqoriroq bo’lgan ikki
qatorli rolik podshipnik 9, shpindelning yakuniy bo’g’ini 8 bo’ynida aylanib, unga
majburiy yog’lanish tizimi nasoslar orqali yog’lar jo’natilib, bachokda tezliklar
qutisida joylashtiriladi. Ichki yakuniy xalqa (koltso) 10 rolikni podshipnik shpindel
bo’yin qismida joylashtirilgan bo’ladi. Shpindelning ketidagi podshipnik asosan o’q
yo’nalishidagi kuchlanishlarni qabul qilib aylanishlarni bir maromda tarqatishdan
iborat.
Shpindellar tayyorlanishi uchun asosiy texnologik shartlar:
-
Tayanuvchi bo’yinlar diametr o’lchamlari va ishlovchi yuzalarning aniqligi IT6
talablarida bo’lishi kerak; Oddiy dastgoxlar uchun berilgan yuzalar geometrik
formalari xatoliklari 0,01 mm, yuqori aniqlikdagi dastgoxlarga esa 0, 003 – 0,
005mm, pretsizion dastgoxlar uchun 0, 001 – 0, 003mm ruxsat etilgan.
-
Tayanch bo’yinli va ishlovchi yuzalarning o’qlari og’ishi 0,006-0,001 mm;
-
Tayanch bo’yinlari tozaliklari Ra=0,32-0,04mkm, va ishlov beruvchi
yuzalarning tozaliklari Ra=0,63-0,04 mkm;
-
Tayanch bo’yinlar va ishlovchi yuzalar ustki qattiqligi HRC oralig’ida 55-69
HRC
Shpindel zagatovkalari materiali va olish usullari.
Shpindel tayyorlash uchun materiallarni tanlash dastgox turiga va shpindelning
ishlash uslubiga qarab tanlanadi.
Shpidelning ishqalanuvchi tayanchda qatirilishiga qarab material nafaqat mustaxkam
va qattiq balki yuqori ishqalanishga chidamli xam bo’lishi lozim. Bunday shpindelni
tayyorlash uchun konstruktsion po’lat 45, toblangan va yuqori damlangan bo’lishi
kerak. Yuqori talablarga ega bo’lgan shpindellarni esa Po’lat 40X, 40XN, ba’zi
xollarda oz uglerodli po’latlar turlari 20X tsementatsiyalangan, toblangan va
damlangan po’latlardan, qaysiki ishlanuvchi yuzalarning yuqori qattiqligini
taminlaydi.
Juda ko’p ishlatiladigan shpindellar uchun margantsitlangan po’lat turi 50G2,
normallashgan va toblanib-damlangan po’latlardan tayyorlanadi. O’ta aniqlik va
yuqori oborot tezliklarda ishlaydigan shpindellar Po’lat 12XN3 va Po’lat 35 XM10A
azotlashtirilgan po’latlardan tayyorlanadi.
Oddiy ish sharoitida ishlaydigan tokarlik dastgoxlarida shpindellar yuqori
mustaxkam magniylik cho’yanlardan cho’yanlardan tayyorlansa, bo’sh tanali og’ir
dastgoxlar shpindellari ba’zi xollarda quyma kulrang cho’yandan SCH15, SCH21
ba’zan modifikatsiyalangan cho’yanlardan tayyorlangan.
Ishlab chiqarish dasturiga qarab shpindel tayyorlash uchun zagatovkalar
pokovka, po’lat quymalar, prutok materiallar va trubalardan tayyorlanadi.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
1.
Tokarlik va frezerlik dastgoxlarida shpindellar o’rni va sxematik ko’rinishlarini
chizish.
2.
Dastgoxlarni kinematik sxemalariga izox berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |