Funksiya tanasini tasvirlash
C++ dasturlash tilida funksiyalardan foydalanish uchun, albatta, funksiyalarni dastur tarkibida tasvirlash kerak. Funksiyalar dasturchi ishini juda yengillashtiradi. Funksiyalar yordamida programma modullashadi, qismlarga bo‘limadi. Bu esa keyinchalik dasturni rivojlantirishni osonlashtiradi. Dastur yozilish davrida hatolarni topishni yengillashtiradi. C++ dasturlash tilida funksiyalar tanasini tasvirlash main() funksiyasidan tashqarisida yozilishi, yani funksiya bajaradigan vazifalarni {} qavs ichida buyruqlar ketma- ketligi shaklida yozilishi.
Funksiya tanasini tasvirlash jarayoni ikki qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni funksiya sarlavhasi va funksiya tanasidan iborat bo‘ladi. Funksiya tanasini tasvirlash jarayonida funksiya sarlavhasidan keyin nuqtali vergul qo’yilmaydi, { qavs ochilib buyruqlar yoziladi va natija return xizmatchi so‘zidan keyin probel bilan yoziladi keyin } qavs yopiladi. Funksiya tanasi tarkibi yozilishida xuddi boshqa dastur tuzilishi kabi unda ishlatiladigan o‘zgaruvchilar e’lon qilinadi, buyruqlar nuqtali vergul yordamida ajratilib yoziladi. Funksiyalarni C++ dasturlash tilida tasvirlash jarayonining umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
( )
{ ;
;
return natija;
}
Funksiyalar tansini tasvirlashda funksiya qaytaradigan qiymat yoki ifoda return so‘zidan keyin probel bilan yozilishi kerak va nuqtali vergul qo’yiladi.
Misol: C++ dasturlash tilida ikki sonning yig’indisini hisoblash uchun fuksiya yarating va unga murojat qilishni tasvirlang.
#include
int yig(int a, int b);
using namespace std;
int main()
{ int x,y,z;
cin>>x>>y;
z=yig(x,y);
cout<return 0;
}
int yig(int a, int b)
{ int t;
t=a+b;
return t;
}
|
Kiritishga ma’lumot
2 3
|
Dastur natijasi
5
|
Yuqoridagi masalani hal etish uchun yig(a,b) funksiyasi yaratildi, funksiya tanasini main() funksiyasidan keyin tasvirlandi. Dastur bajarilish vaqtida komplyator dastur tarkibida yig(a,b) funksiyasini uchratganda bajarilish qadami yig(a,b) funksiya tanasiga o‘tib natijani hisoblab qaytib keladi va bajarilish qadami buyruqlar ketma-ketligi bo‘yicha bajariladi. Yuqoridagi masalani ikkinchi ko‘rinishda ham bajarish mumkin.
#include
int yig(int a, int b);
using namespace std;
int main()
{ int x,y,z;
cin>>x>>y;
z=yig(x,y);
cout<return 0;
}
int yig(int a, int b)
{
return a+b;
}
|
Kiritishga ma’lumot
2 3
|
Dastur natijasi
5
|
Ikki sonning yi’gindisini hisoblash uchun keltirilgan dasturning ikkinchi ko‘rinishi faqat yig(a,b) funksiyasining asosiy tanasida o‘zgartirilgan. Return xizmatchi so‘zidan keyin funksiya qaytaradigan qiymat natijasini ifodalovchi ifodani ham yozish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |