4) Kabinetda hamma vaqt ayni bir ish joyida ishlash.
5) O'z ish joyini toza tutish, stolda tashlandiq
narsalarni qoldirmay, ularni
yig'ishtirib olish va belgilangan joyga (tufdonga yoki stollarga ataylab qo'yilgan
kosachalarga) tashlash, ish tamom bo'lgach idishlarni yuvib qo'yish.
6) Ish paytida stolga hech qanday ortiqcha narsalar qo'ymaslik (stolga ish
uchun zarur asbob-reaktivlardan tashqari darslik, daftar,
masala va mashqlar
to'plami hamda yozuv ashyolari qo'yilishi mumkin).
7) Kabinet asbob-uskunalarini davlat mulki sifatida ehtiyot qilib saqlash, har
bir asbobga moddiy jihatdan javobgarlik his qilish.
8) Kabinetda hech narsa yemaslik va ichmaslik.
9) Faqat o'qituvchi belgilab bergan tajribalarnigina o'tqazish, bunda tavsiya
etilgan ko'rsatmaga qat'iy rioya qilish.
10) Vodoprovoddan foydalanish qoidalariga rioya qilish (bo'lar-bo'lmasga
jo'mrakni ochavermaslik, rakovinani iflos qilmaslik), elektrdan foydalanish
qoidalariga amal qilish (elektrdan faqat kerak bo'lgandagina foydalanish).
11) Konsentrlangan kislotalar va ishqor eritmalari bilan, o'tga xavfli va zaharli
moddalar bilan ishlash qoidalarini bilib olish va ularga rioya qilish.
12) O'tga qarshi vositalar, aptechka kabinetning qayeriga qo'yilganligini bilish
va baxtsiz hodisalar ro'y berganda ulardan foydalana bilish. Yong'inga
qarshi
vositalar va baxtsiz hodisalar ro'y berganda birinchi yordam. Yurish-turish qoidalari
har bir o'quvchiga tushuntirilganligiga qaramay, kimyo kabinetida ro'y berishi
mumkin baxtsiz hodisalarga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rib qo'yish kerak.
Chunonchi, tez o't olib ketuvchi moddalar bilan ishlash qoidalari
buziladigan
bo'lsa, o't chiqishi mumkin. Bunday holda sarosimaga tushib qolmay, kabinetda
mavjud o'tga qarshi vositalardan darhol foydalanish zarur. O'tga
qarshi birinchi
galda ishlatiladigan vosita suvdir. Kabinetda suv yetarli miqdorda (chelak yoki
ko'zachada) olib qo'yilgan bo'lishi kerak. Biroq yonayotgan moddalarning
hammasini ham (masalan, benzin, kerosin va shunga o'xshash moddalarni) suv bilan
o'chirib bo'lmaydi. Bunday holda qumdan foydalaniladi. Qumning qayerdaligini
o'quvchilar yaxshi bilishi kerak. Nihoyat ximiya kabinetiga o't o'chirgich ham
qo'yilishi, o'qituvchi uni ishlata oladigan bo'lishi kerak.
Qo'l yaralanganda yoki kuyganda birinchi yordam ko'rsatish uchun kabinetda
aloxida yashik - shkafchada aptechka saqlanishi va unda quyidagi moddalar kerak.
1.
Yod eritmasini - 5 %li eritma;
2.
Borat kislota eritmasi ( bir choy qoshiq kislota bir stakan suvda eritiladi).
3.
Kaliy permanganatning suyultirilgan eritmasi.
4.
Soda eritmasi.
5.
Novshadil spirtning suyultirilgan eritmasi.
6.
Sirka kislota - 3%li eritmasi.
7.
Kuygan joyga surkaladigan maz (zig'ir moyi bilan oxakli suv).
8.
Gigroskopik paxta.
9.
Bint va doka.
Bir muncha og'irroq baxtsiz hodisa yuz berguday bo'lsa,
darhol vrachga
murojaat qilish kerak. Har qanday baxtsiz hodisa uchun o'qituvchi javobgardir.
Do'stlaringiz bilan baham: