3-Amaliy mashg‘ulot. Flash dasturida interfaol animasiyalar yaratish ishning maqsadi



Download 487,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi487,27 Kb.
#825913
  1   2
Bog'liq
3-Amaliy mashg‘ulot. Flash dasturida interfaol animasiyalar yaratish



3-Amaliy mashg‘ulot. Flash dasturida interfaol animasiyalar yaratish 
ISHNING MAQSADI: 
talabalarga Flash dasturida interfaol animasiyalar yaratishni 
o‘rganish. 
Nazariy qism: 
Flashda interaktiv tugma yaratish 
Flash dasturi yordamida interaktiv tugma yaratish uchun dasturni ishga tushiramiz va 
Layer 1 qatlamida oq fon rangli ishchi oynada ihtiyoriy rangda doira hosil qilamiz va uni 
belgilab olib Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. Natijada obyekt 
Movie Clip holatiga o‘tadi. Obyektning ustiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marotaba 
bosamiz. Timeline oynasiga o‘tib doira joylashgan Layer 1 ni 10-kadrgacha uzaytiramiz (F5 
tugmasi orqali). Doirani belgilab Modify-Convert to Symbol-Button-OK amalini bajaramiz. 
Properties oynasini faollashtirib  bo‘limiga enter_btn so‘zini kiritamiz. Keyin esa 
Timeline oynasiga o‘tib Layer 2 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda “tugma” so‘zini oq rangda 
hosil qilamiz (so‘z doiraning chap tomoniga joylashadi). So‘zni belgilab Modify-Convert to 
Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. 1-kadrni belgilab 10-kadrgacha uzaytiramiz, 10-
kadrni belgilab F6 tugmasini bosamiz va “tugma” so‘zining rangini qoraga (rang ihtiyoriy 
tanlanadi) o‘zgartiramiz. 1-kadrni belgilab kontekstli menyuni chaqiramiz va Create Motion 
Tween ni tanlaymiz. Natijada “tugma” so‘zining rangi avtomatik tarzda oqdan qoraga 
o‘zgaradigan holatga o‘tadi.
Timeline oynasiga o‘tib Layer 3 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda 3 ta bo‘sh kadr 
yaratamiz(1-kadr belgilanib F5 tudmasi 2 marotaba bosiladi). 4-kadrga o‘tib F6 tugmasi bosiladi 
va ishchi oynada “tugma” so‘zining ostiga doiraga qadar chiziq chizamiz. Chiziqni belgilab olib 
Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. Ketma-ket 4-kadrdan boshlab 
10-kadrgacha 7 ta kadr yaratamiz. 5-,7- va 9- kadrlardan chiziqni o‘chirib tashlaymiz. Buning 
uchun kerakli kadrni belgilab Delete tugmasini bosamiz. Natijada chiziq “lippillovchi” holatga 
keladi. Ishchi oynaning bo‘sh joyiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marotaba bosamiz. 
Natijada Timeline oynasida faqat Layer 1 paydo bo‘ladi. Ishchi sohadagi obyektni belgilab 
Actions oynasiga o‘tamiz. Actions oynasining ishchi sohasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz. 
 
onClipEvent (enterFrame) { 
 
if (go) {nextFrame();} else { prevFrame(); } } 
 
onClipEvent (load) { var go; stop(); 
 
enter_btn.onRollOver = function() { 
go = true; }; 
 
enter_btn.onRollOut = function() {go = false; }; } 
Hosil bo‘lgan animatsiyani Ctrl+Enter tugmalarini bosgan holda ko‘rishimiz mumkin.
Macromedia Flash dasturida audio fayllar bilan ishlash 
Macromedia Flash dasturi mp3, wav, aif va au kengaytmali audio fayllarni qo‘llab 
quvvatlaydi. Audio fayllardan Flash dasturining Button va Movie Clip obyektlarida, animatsiya 
yaratish jarayonida hamda elektron ta’lim resurslari va o‘yinlar ishlab chiqishda foydalanish 
mumkin. Elektron ta’lim resurslarini yaratishda audio fayllardan foydalanish ta’lim resurslariga 
bo‘lgan qiziqishlarni oshiradi. Foydalanuvchilarning etiborini jalb qiladi. Quyida audio 
fayllardan foydalanib bir nechta mashqlar bajaramiz. 
Misol. 
Kadrlarga audio fayl joylashtirish.
Flash dasturini ishga tushiramiz. Kerakli bo‘lgan audio faylni import amali yordamida 
dasturga yuklaymiz. File menyusidan Import – Import to library… amalini bajaramiz. Hosil 
bo‘lgan Import to library muloqot oynasidan tegishli faylni belgilab Открыть tugmasini 
bosamiz. Natijada belgilangan fayl loyiha kutubxonasi (Library) oynasida hosil bo‘ladi. Faylni 


sichqoncha chap tugmasi orqali ushlab ishchi oynaga joylashtiramiz. Natijada joriy kadrlarda 
tebranishlarni ifodalovchi belgilar paydo bo‘ladi.
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin. Faylni 
kompyuter xotirasiga saqlaymiz Ctrl+S. Faylga nom berib (ovoz1), saqlanish joyini ko‘rsatamiz 
va сохранить tugmasini bosamiz. Faylni animatsiya holatida saqlash uchun Fayl menyusi Export 
– Export movie buyrug‘ini yoki klaviaturadan Ctrl+Alt+Shift+S tugmalarini bosamiz. Faylga 
nom berib, saqlanish joyini ko‘rsatamiz. Fayl turiga Flash Movie (*.swf) ni tanlab сохранить 
tugmasini bosamiz. Fayl turi sifatifa *.gif, *.avi, *.mov, *.eps, *.jpg, … turlarni tanlash mumkin. 
Yaratilgan faylni *.exe ko‘rinishida ham saqlash mumkin. Buning uchun Fayl menyusining 
Publish Settings… bo‘limi tanlanadi. Ochilgan muloqot oynasining Formats bo‘limiga kiramiz. 
Oynaning Windows Projector (*.exe) yozuvi oldidagi katakchasiga belgi (bayroqcha) qo‘yamiz 
va Publish tugmasini bosamiz. Natijada fayl saqlangan papkada *.exe fayl kengaytmasidagi fayl 
paydo bo‘ladi. Bizning misolda esa ovoz1.exe fayli yaratiladi. 
Misol.
Button obyektida audio fayllardan foydalanish. 
Flash dasturiga zaruriy audio faylni yuklab olamiz va Button tugmasi yaratamiz. Button 
yaratish uchun birorta shakl chizib olamiz. Shaklni belgilab kontekstli menyuni chaqiramiz va 
Convert to Symbol amalini bajaramiz. Hosil bo‘lgan oynadan button bandini belgilaymiz, 
obyektga nom berib (tugma) OK tugmasini bosamiz. Button tayyorlash yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilgan. Bilamizki buttonda uchta kadr mavjud. Bu uchala kadrga ham ovozli fayllarni 
joylashtish mumkin. Uchta kadrda ovozning ijro etilishi xolati turlicha bo‘ladi. Ya’ni, Up 
kadriga faylni joylashtirsak audio fayl doimiy ijro etiladi. Agar Down kadriga joylashtirsak audio 
fayl tugma bosilganda ijro etiladi. Agarda audio faylni Over kadriga joylashtirsak, sichqoncha 
tugma ustiga borganda fayl ijro etiladi. 
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin. Odatiy 
musiqa1 fayli ijro etiladi. Ok tugmasi ustiga sichqoncha belgisi chiqsa musiqa2 fayli va Ok 
tugmasi bosilsa musiqa3 fayli ijro etiladi. 


Misol.
Kompyuter qurilmalari haqida o‘yin tayyorlash.
Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini topish bo‘yicha o‘yin tayyorlaymiz. 
Buning uchun bizga kompyuter qurilmalarining rasmlari va javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri 
ekanligini bildiruvchi audio fayl kerak bo‘ladi. Quyidagicha sahifani tayyorlaymiz: 
Har bir qurilma rasmini button obyektiga aylantiramiz. Asosiy qurilmalar tugmalarining 
Down kadriga javob to‘g‘ri ekanligini anglatuvchi audio faylni, qo‘shimcha tugmalarga esa 
javob noto‘g‘ri ekanligini anglatuvchi audio fayllarni joylashtirib chiqamiz.

Download 487,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish