Nаmunа
“O’zfarmsanoat” davlat aktsiyadotlik kontserni raisi S.A.Karimovga
Ma’muriy-xo’jalik bo’limi boshlig’i
Karimov Mamatqobildаn
BILDIRISHNОMА
O’zbekiston kimyo sanoati korxonalari uyushmasi “O’zkimyosanoat” raisining
2020 yil 21 avgustdagi 58-farmoyishiga asosan kontsernning shu yil birinchi
yarmidagi faoliyati haqida materiallar tayyorlandi.
Axborot-ma’lumot materiallar miqdorining nihoyatda ko’pligi, shuningdek,
kontsern ixtiyoridagi hisoblash markazining to’la quvvat bilan ishlamayotgani
tufayli, topshirilgan vazifani sifatli bajarish uchun boshqa hisoblash markazlarini
jalb qilish zarurati paydo boldi. O’zR FA Iqtisodiyot institutining hisoblash markazi
ana shu ishni amalga oshira oladi.
Mаzkur masalani institute bilan kelishgan holda ijobiy hal qilishingizni so’rayman.
Bo’lim mudiri:
(imzо)
M.Karimov
2020.22.08
Do'stlaringiz bilan baham: |