CPU – bu yerda ja`mi protsessor vaqtining foizdagi ko`rinishi taqdim etilgan.
us: kernelga aloqador bo`lmagan kodlarni bajarish uchun sarflangan vaqt
sy: kernel kodlarini bajarish uchun sarflangan vaqt (system time)
id: bo`sh holatda o`tkazilgan vaqt. Linux 2.5.41 versiyadan oldin bu kiritish/chiqarishni kutish vaqtini o`z ichiga olgan.
wa: kiritish/chiqarish qurilmalarini kutish uchun sarflangan vaqt.
st: virtual mashinadan olingan vaqt, Linux 2.6.11 dan avvalgi versiyalarda bu noaniq bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |