Butun bo‘lmagan sonlar. Butun bo‘lmagan sonlarni (3,14; 0,495; 0,0056; …) ifodalash uchun suriluvchi nuqtali sonlar ishlatiladi (rus tilida - числа с плавающей точкой). Ularning uzunliklari 32, 64 yoki 128 bitgacha bo‘lishi mumkin (6.10-rasm).
6.9.-rasm. Butun sonlar.
6.10-rasm. Suriluvchi nuqtali sonning IEEE standartidagi formatlari.
Misollar: 3,14 = 0,314 * 101
0,495 = 0,495 * 100
0,00056 = 0,56 * 10-3
2014 = 0,2014 * 104
314; 495; 56; 2014 - mantissalar.
1; 0; -3; 4 – eksponentalar (darajalar, tartiblar) (6.11-rasm).
6.11-rasm. Suriluvchi nuqtali sonlarga misollar.
O‘nlik sonlar. Bunda o‘nlik sistemasida yozilgan har bir raqam, ikkilik sistemasidagi to‘rtta raqam bilan almashtiriladi. Ikkita o‘nlik raqam, bitta baytga joylashtiriladi (6.12-rasm). Bu ikkilik-o‘nlik formati deb ataladi. (rus tilida – двоично-десятичный формат).
Misollar: 25 --- 0010 0101
367 --- 0011 0110 0111
1987 --- 0001 1001 1000 0111
6.12-rasm. O‘nlik sonlarga misollar.
Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlar va ularning xillari.
Simvolli ma’lumotlar. Matnlarni ishlashda, ma’lumotlar bazalarini boshqarishda va boshqa shularga o‘xshash xollarda simvolli ma’lumotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Simvolli ma’lumotlarga misol qilib ASCII (American Standard Code for Information Interchange) va UNICODE kodlarini keltirish mumkin. Ularning uzunliklari mos xolda 7 (8) va 16 razryadli bo‘lishi mumkin (6.3-jadval).
Qatorlar ko‘rinishidagi ma’lumotlar yoki qatorlar ko‘rinishidagi o‘zgaruvchilar. Bu xildagi ma’lumotlarning oxirida maxsus belgi yoki qatorning uzunligini ko‘rsatuvchi qismi mavjud bo‘ladi. Kompyuterda ushbu qatorlar ustida – ko‘chirib yozish, qidirib topish va ularni tahrirlash amallarini bajaruvchi buyruqlar mavjud.
Mantiqiy ma’lumotlar. Mantiqiy ma’lumotlar esa ikkita qiymatga ega bo‘lishi mumkin: rost yoki yolg‘on (true yoki falshe), ya’ni 1 yoki 0.
Buyruqlarni tavsiflash va dasturlarni yozishda foydalaniladigan belgilar va qisqartmalar
Belgi
|
Qisqartirish
|
ADDR
|
16 bitli manzil
|
DATA
|
8 bitli ma'lumotlar
|
Ma'lumotlar 16
|
16 bitli ma'lumotlar
|
PORT
|
8-bitli I/U manzili (I/U qurilmalari)
|
BAYT 2
|
Ikkinchi buyruq bayti
|
BAYT 3
|
Uchinchi buyruq bayti
|
R, R1, R2
|
Registrlardan biri: A, B, C, D, E, H, L
|
RP
|
Registr juftlaridan biri: B - samolyot juftligini o'rnatadi; D - DE juftligini o'rnatadi; H - HL juftligini belgilaydi
|
RH
|
Juftlikning birinchi reestri
|
RL
|
Juftlikning ikkinchi reestri
|
Λ
|
Mantiqiy ko'paytirish
|
V
|
Mantiqiy qo'shimcha
|
|
Ikki modul qo'shilishi
|
M
|
Manzili HL registrlari juftligi tarkibini ko'rsatadigan xotira katakchasi, ya'ni M = (HL)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |