3-amaliy ish
Ishlab chiqarishdagi faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablarini tahlil qilish
Ishdan maqsad: Talabalarga ishlab chiqarishdagi faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklarini turlarini o‘rganish, hamda ularni kelib chiqish sabalarini tahlil qilish va ularni oldini olish chora-tadbirlari bilan tanishish.
Bajariladigan topshiriqlar
Ishlab chiqarishdagi faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari bilan tanishish
Respublikamizda ishlab chiqarishdagi faoliyat jarayoni vaqtida bo‘lgan jarohatlanishlar va kasb kasalliklarini tahlil qilish
Tahlillar natijasida jarohatlanishlar va kasb kasalliklarini oldini olish bo‘yicha mavjud chora-tadbirlardan ma’qullarini taklif etish
Nazariy ma’lumotlar
Respublikamizning qariyb barcha sohalarida, jumladan sanoat, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, mahsulotlarni qayta ishlash, madaniy va maishiy jabhalardagi rivojlanishning jonli guvohi bo‘lmoqdamiz. Yangidan-yangi ishlab chiqarish korxonalari, avtomobilsozlik, kimyo, energetika, gaz va neftni qayta ishlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash borasida Respublikamiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki jahon miqyosidagi o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi PF-2107 sonli “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan amalga oshirilayotgan tibbiyotni isloh qilish davlat dasturlarining asosiy maqsadli vazifalari va yo‘nalishlardan biri Respublika aholisining mehnatga layoqatli qismining sog‘lig‘ini saqlash va yanada mustaxkamlashdir. Bu yo‘nalishdagi asosiy vazifalardan biri xalq xo‘jaligining turli sohalarida zararli va noxush omillar ta’sirida ishlayotgan insonlarda uchratish mumkin bo‘lgan kasb kasalliklarining ilk yengil darajalarida aniqlab tashxislash, ularni samarali davolash, tibbiy va mehnat reabilitatsiyasini amalga oshirishdan iboratdir. Kasb kasalliklaridan tashqari mehnat faoliyati bilan etiologik bog‘liq bo‘lmagan, lekin ayrim kasbiy guruhlarda nisbatan ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir va asab tizimining, nafas olish a’zolari, me’da ichak yo‘lining, qon hosil qilish a’zolari, tayanch harakat apparati, teri va boshqa kasalliklarning erta tashxislash, davolash hamda yuqori malakali ishchi-texnik xodimlarning kasbiy yaroqlilik davrini uzaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 oktyabrdagi PQ-3923, 2011 yil 28 noyabrdagi PQ-1652 sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan kasb kasalliklari ijtimoiy kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan va kasb kasalligiga ega bo‘lgan bemorlar uchun qator imtiyozlar yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |