Ishni bajarishdan maqsad. MATLAB tizimida grafik qurish imrjniyatlari bilan tanishish.
MATLAB tizimida grafik qurish uchun plot komandasining shakllarining biridan foydalanishimiz mumkin:
plot(a1,f1,a2,f2,a3,f3,…).
bu erda al, a2, aZ,…, — funksiya argumentlarining vektorlari, f1, f2, f3,… —grafiklari yagona oynada qurilayotgan funksiyalar qiymatlarining vektorlari.
MATLAB sin(x)/x kabi bartaraf qilinishi mumkin bo‘lgan noaniqliklarga ega funksiyalarning ham grafiklarini qurish vositalariga ega. Bunday vosita bo‘lib fplot grafik komandasi hisoblanadi:
fplot('f(x)', [xmin, xmax])
u x argumentning belgilanmagan o‘zgarish qadamlari uchun xmin dan xmax gacha bo‘lgan intervalda simvol ko‘rinishda berilgan funksiyaning grafigini qurish imkoniyatini beradi
Qiymatlari keng chegaralarda o‘zgaradigan funksiyalar uchun logarifmik masshtablardan foydalaniladi, loglog(...) — sintaksisi plot(...). komandasining sintaksisiga o‘xshash.
YArim logarifmik masshtabda grafik qurish uchun quyidagi komandalar ishlatiladi:
semilogx(…) — funksiyaning grafigini X o‘qi bo‘yicha logarifmik masshtabda (asosi 10) va Y o‘qi bo‘yicha chiziqli masshtabda quradi;
semilogu (…) — funksiyaning grafigini Y o‘qi bo‘yicha logarifmik masshtabda va X o‘qi bo‘yicha chiziqli masshtabda quradi.
YArim logarifmik masshtabda grafik qurish komandalarining parametrlarini yozish plot(...) komandasinikiga o‘xshash.
Interaktiv grafik funksiyalar kalkulyatoridan foydalanish
Interaktiv grafik funksiyalar kalkulyatori fuhtool simvolli funksiyalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. U x o‘zgaruvchining ikkita (f(x) va g(x)) funksiyasini tezlik bilan qurish imkoniyatini beradi.
MATLAB ning komandalar oynasida funtool buyrug‘ini terilib Enter klavishasi bosilsa ekranda kalkulyatorning uchta avtonom oynasi hosil bo‘ladi. Ularning ikkitasi grafik va uchinchisi esa boshqaruvchi oynadir:
grafiklar sarlavhaga ega bo‘lgan oynalarda aks ettiriladi;
boshqaruvchi oyna quyidagilarga ega:
funksiyalarni kiritish uchun ikkita maydon (f va g);
x o‘zgaruvchining o‘zgarish chegaralarini [min,max] formatda kiritish maydoni;
• masshtablovchi a koeffitsientni kiritish maydoni;
- boshqarish 4-qatorda joylashgan tugmalar orqali amalga oshiriladi:
birinchi qator- f(x) funksiyani simvolli o‘zgartirish turi;
ikkinchi qator- f(x) funksiyani simvolli mastshtablash turi: f+a, f-a, f*a, f/a, f^a, f(x+a), f(x*a);
uchinchi qator- f(x) funksiyani f(x) va g(x) funksiyalarning kombinatsiyasi bilan almashtirish turi;
To‘rtinchi qator-boshqarish amallari:
→ Insert - f(x) funksiyani biriktirilgan funksiyalar bibliotekasiga kiritish;
→ Cycle - f(x) funksiyalarni biriktirilgan funksiyalar bibliotekasidan siklik ravishda chiqarish;
→ Delete - f(x) funksiyani biriktirilgan funksiyalar bibliotekasidan o‘chirib tashlash;
→ Reset – boshlang‘ich holatga qaytish;
→ Help – yordamni chaqirish;
→ Demo – funksiyalar kalkulyatoridan foydalanishni namoyish qilish;
→ Close - yopish.
Do'stlaringiz bilan baham: |