To’liq aloqali topologiya.
To’liq aloqali topologiyada (3.5,b-rasm), shuningdek “maksimal guruhlangan” nomi bilan ma’lum bo’lgan topologiyada, har bir bog’lama qolgan hamma bog’lamalar bilan to’g’ridan – to’g’ri ulangan bo’ladi. N bog’lamalardan tashkil topgan tizim quyidagi ko’rsatkichlarga ega: D=1; d=N-1; I=N(N-1)/2; B=N2/4.
Agar tizimning o’lchami katta bo’lsa, topologiya qimmatbaho va qiyin amalga oshiriladigan bo’ladi. Bundan tashqari, maksimal guruhlangan topologiya unumdorlikni yaxshilanishini ta’minlamaydi, chunki har bir jo’natish operasiyasi bog’lamadan o’zining hamma N – 1 kirishining holatini tahlil qilishini talab qiladi. Bu operasiyani jadallashtirish uchun hamma kirishlar parallel tahlil qilinishi kerak, bu o’z navbatida bog’lamalarning konstruksiyasini murakkablashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |