Yulduzsimon topologiya.
Yulduzsimon tarmoq birinchi tartibli (d=1) bog’lamalarni maxsus markazlashtirilgan bog’lama - konsentrator yordamida birlashtiradi (3.4,v-rasm). Topologiya D=2; d=N; I=N- 1; V=1 ko’rsatkichlari bilan ta’riflanadi.
Bog’lamalarning yulduzsimon tashkil qilinishi va ulanishi ko’p prosessorli tizimlarda prosessorlarni bog’lash uchun kamdan-kam ishlatiladi, biroq axborot oqimi bitta birlamchi bog’lamaga birlashgan bir nechta ikkilamchi bog’lamadan kelayotganda, masalan terminallar qo’shilganda, yaxshi ishlaydi. Odatda, bir shinali topologiyalarda tutib turuvchi element sifatida shina bo’lganga o’xshab, tizimning umumiy o’tkazish xususiyati ham konsentratorning tezligi bilan chegaralanadi. Unumdorligi bo’yicha ham bu topologiyalar o’xshashdir. Yulduzsimon ulanishning asosiy afzalligidan biri oxiridagi bog’lamalarning juda sodda konstruktiv bajarilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |