2.4.Tajribani bajarilish tartibi.
Shamol parrakni yurgizib, quvurdagi to’siq ochiladi. Kalorimetr qizdirgichi yoqiladi. Avtotransformator yordamida o’qituvchi tomonidan berilgan boshlang’ich kuchlanish o’rnatiladi. Ampermetr va voltmetr ko’rsatkichlari qayd qilib boriladi.
Turg’un holat o’rnatilgunga qadar ko’tiladi, ya'ni kalorimetrning kirish va chiqishdagi havo haroratini qayd qilib boruvchi potensiometrning o’zgarmas ko’rsatkichlarini harakterlaydigan holatga va o’lchov asboblarining ko’rsatkichlarini yozib olishga o’tiladi. Barometr yordamida atrof muxitning bosimi o’lchanadi. Bosimlar farqi p bo’yicha va standart diafragma uchun berilgan jadvaldan havo sarfi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |