3. 2-rasm. Sayyoralar konfiguratsiyalari Sayyora Yerga yoritilmagan tomoni bilan o`girilgan bo`lib, teleskopda o`roq shaklidagi fazasi ko`rinadi


§ 3.4. Sayyoralar orbita elementlari



Download 0,78 Mb.
bet2/7
Sana09.07.2022
Hajmi0,78 Mb.
#766304
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
astronomiya

§ 3.4. Sayyoralar orbita elementlari
Ushbu paragrafda orbita geometriyasini ifodalovchi doimiylarni ko‘rib chiqaymiz. Sayyora orbitasini aniqlashda asosiy tekislik sifatida odatda, ekliptika tekisligi olinadi. Sayyora orbitasining ekliptikani kesib o‘tish nuqtalari – ko‘tarilish va tushish tugunlari deyiladi. Bular ichida ko‘tarilish tuguni orbita bo‘ylab harakatlanayotgan sayyora ekliptikani bu nuqtada kesib o‘tgach, shimoliy qutbiga tomon yaqinlashib boradigan nuqtaga aytiladi. Quyidagi 6 ta kattalik orbita elementlari deyiladi (3.3-rasm):
- sayyora orbitasining katta yarim o‘qi (a). U yordamida aylanish davri T topiladi. Ba’zan bu element bilan birga sayyoraning o‘rtacha sutkalik siljishi beriladi.
- sayyora orbitasining ekssentrisiteti (e). Ekssentrisitet formuladan topiladi, bu erda a va b mos ravishda sayyora orbitasining katta va kichik yarimo‘qlari. Biz katta yarimo‘q va ekssentrisitetni bilgan holda sayyoraning shakli va o‘lchami haqida gapirishimiz mumkin.
- sayyora orbitasining ekliptika tekisligiga qiyaligi (og‘maligi) (i). Agar qiyalik 0 gradus bilan gradus oralig‘ida bo‘lsa, sayyoraning Quyosh atrofidagi aylanishi Erniki bilan mos keladi; agar <i< bo‘lsa, sayyora qarama-qarshi tomonga harakatlanadi.
- chiqish tugunining uzunlamasi (). Bu Quyoshdan bahorgi tengkunlik nuqtasi  va ko‘tarilish tuguniga () tomon o‘tkazilgan chiziqlar orasidagi tekis burchak bilan xarakterlanadi. U 0 gradusdan gacha oraliqda o‘zgaradi.
- sayyora orbitasi perigeliyining argumenti yoki ko‘tarilish tugunidan burchak uzoqligi orbita tekisligida yotuvchi burchak. Bu burchak ko‘tarilish tugunidan sayyoraning harakat yo‘nalishi tomonga o‘lchanib, uning o‘zgarishi 0 gradusdan gradusgacha boradi. Ba’zan bu burchak o‘rniga perigeliyning uzunlamasi (+) olinadi.
- sayyoraning perigeliydan o‘tish vaqti (τ).
Sanab o‘tilgan orbita elementlari ma’lum bo‘lsa, istalgan vaqt momenti uchun sayyoraning orbitadagi holatini aniqlash mumkin.




3.3-rasm (a-c). Sayyora orbitasini ifodalash uchun oltita integrallash doimiylari talab etiladi. Bu boimiylar turli yщllar bilan tanlanishi mumkin. (a) Agarda orbita sonli usullar bilan topiladigan bo‘lsa, unda eng oson yo‘l bu radius va tezliklar vektorining boshlang‘ich qiymatlarini ishlatishdan iborat. (b) Boshqa imkoniyat bu burchak momenti , perigeliyga yo‘nalish (uning uzundigi ekssentrisitetni beradi) va perigeliydan o‘tish vaqti lardan foydalanishdan iborat. (c) Uchinchi eng yaxshi usul bu orbitaning geometriyasini ifodalashdir. Ishlatiladigan doimiylar bu – chiqish tugunining uzunlamasi, – perigeliy argumenti, – qiyalik, – katta yarimo‘q, – ekssentrisitet va – perigeliydan o‘tish momenti.



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish