Variantlar – 2002 yil.
1. (102-14). 3 mol Cl2O va 2 mol N2O3 dagi atomlar sonining nisbatini toping.
A) 1:1,3 B) 1:1,2 C) 1:2,1 D) 1:1,1 E) 2:1,0
2. (104-14). 22,4 g suvda nechta molekula bor?
A) 1,5٠1023 B) 4٠1023 C) 7,5٠1023 D) 2٠1023 E) 4,5٠1023
3. (106-14). Tarkibida 1,5٠1023 ta kislorod atomi tutgan magniy gidroksidning massani aniqlang.
A) 14,5 B) 7,2 C) 6,5 D) 5,3 E) 10,25
4. (107-14). 2 mol H2O va ikki mol H2SO4 dagi atomlar sonining nisbatini toping
A) 1: 1,5 B) 1: 2 C) 1: 2,5 D) 1: 2,33 E) 1: 1,17
5. (108-14). Necha millilitr metil spirti CH3OH (p = 0,8 g/ml) 54 g suvga qo’shilganda ikkala modda tarkibidagi vodorod atomlari modda miqdori bir xil bo’ladi?
A) 90 B) 80 C) 30 D) 60 E) 40
6. (109-14). Besh mol kaliy sulfat tarkibidagi kaliy elementi necha gramm miqdordagi kaliy xlorid tarkibida bo’ladi?
A) 755 B) 745 C) 740 D) 750 E) 760
7. (111-14). Temir ammoniy achchiqtosh – [Fe(NH4)2(SO4)2∙6H2O] ning 1,43 mol miqdoridagi kislorod atomlari nisbiy massasini hisoblang.
A) 240 B) 320 C) 224 D) 560 E) 400
8. (112-14). Odam organizmining (o’rtacha massasi 70 kg) 2% ini kalsiy tashkil etib, uning 99% qismi suyak va tishlar tarkibini tash-kil etadi. Suyak va tishlar tarkibidagi kalsiy ionlari sonini toping.
A) 8,3∙1023 B) 1,77∙1026 C) 2,1∙1025 D) 1,77∙1025 E) 7,17∙1025
9. (114-14). Erigan moddalarning bir xil massada olingan eritmalaridan qaysi birida molekulalar soni eng ko’p bo’ladi?
A) vodorod xlorid B) osh tuzi C) nitrat kislota
D) kaliy nitrat E) aluminiy sulfat
10. (117-14). Necha gramm geliydagi molekulalar soni 4,5 gramm suvdagi molekulalar soniga teng bo’ladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 0,5
11. (118-1). Odam tanasining 70% ini kislorod tashkil etsa, og’irligi 80 kg bo’lgan tanadagi kislorodning atomlar soni va miqdori qanchaga teng bo’ladi?
A) 9,5٠103; 1,9٠1027 B) 3,15٠103; 1,9٠10-27 C) 1575; 1,9٠1027
D) 3100, 2٠1027 E) 3,5٠103; 2,1٠1027
12. (119-14). Bir yil davomida odamzod 7 kg osh tuzini istemol qilishi ma’lum bo’lsa, har kuni kishi organizmi qabul qilgan xlor atomlari sonini toping.
A) 2,05∙1022 B) 1,97∙1022 C) 2,05∙1023 D) 1,56∙1022 E) 1,97∙1023
13. (121-26). Konsentratsiyasi 45% bo’lgan perxlorat – HClO4 kislotaning 100 g eritmasidagi kislorod atomlari sonini toping.
A) 2,92∙1024 B) 1,08∙1024 C) 1,2∙1025 D) 18,4∙1025 E) 21,3∙1023
14. (124-22). Bromning zichligi 3,12 g/ml. Hajmi 2 litr bo’lgan idishdagi brom massasini (g) va modda miqdorini hisoblang.
A) 280; 12,5 B) 140; 0,4 C) 64; 4 D) 6240; 39,0 E) 624; 0,04
15. (125-24). 1 mol glukoza (C6H12O6) va 10 mol saxarozaning (C12H22O11) massasi necha gramm bo’ladi?
A) 3800 B) 3300 C) 3500 D) 3420 E) 3600
16. (127-14). Oltingugurt va temir kukuni 8:14 og’irlik nisbatida olingan bo’lsa, ularning mol nisbatlari qanday bo’ladi?
A) 1:1 B) 2:1 C) 4:7 D) 8:14 E) 1:2
Do'stlaringiz bilan baham: |