3 – mavzu: Mustaqillik yillarida milliy o‘zlikni anglash va millatlararo totuvlik.
Reja:
Jadidchilarning xalq ma’naviyatini ko‘tarishda tutgan o‘rni.
Mustaqillik yillarida milliy o‘zlikni anglash va millatlararo totuvlik.
Yangi O‘zbеkistonda ma’naviy yangilanish va yuksalishlar sari
Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda, ma’rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’rifat so‘zining ko‘pchilikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifat atama sifatida- tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani-bilimli muayyan sohada ma’lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya’ni ma’rifatning ma’lum sohasini, xuddi shuningdek, matematika, fizika, biologiya, meditsina va boshqalarning ham ma’lum yo‘nalishlarini egallaydilar.
Marifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak ma’rifat-bilim va madaniyatning qo‘shma mazmuni bo‘lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir.
Ma’rifat asosan umumiy va o‘rta maxsus bilim beruvchi maktab va o‘quv yurtlarida tarqatiladi. Ma’rifat tushunchasi ma’orif tushunchasidan keng bo‘lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o‘z ichiga oladi.
Jamiyatda ma’rifat, ya’ni bilim ma’rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma’rifatparvar ma’rifat uchun kurashuvchi, ilm, bilim chirog‘ini yoquvchi, ma’rifat homiysi va tarafdori demakdir.
Jadidchilik- yangilanish, yangi usul ma’nosini anglatadi. U yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo‘llari tarafdorlarining umumiy nomi.
Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari: Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, halqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usuldagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo‘shin tuzish va boshqalardan iborat.
Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o‘zbek halqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar yetakchilik qilgan. O‘lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo‘ydilar. Jadid ziyolilari erk, istiQlolga erishish uchun milliy ongni o‘stirish zarurligini payQadilar. Shu orqali milliy uyg‘onish yasamoqchi bo‘ldilar. Buni esa ta’lim va tarbiyada- ma’rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta’lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo‘lida hormay-tolmay ishladilar.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Bu davrlarda jamiyatning ma’naviy inqirozi chuqurlashgan bo‘lib, milliy madaniyatni ko‘tarmay, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lmay ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo‘lga qo‘ygan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo‘lmas edi. Jadidlar, ya’ni ma’rifatchilar millatning ma’naviy kamoloti yo‘lida o‘zining butun kuchi va iste’dodini safarbar etishga tayyor bo‘lgan fidoiylar edi.
Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqog‘idan olib chiqish uchun harakat qilar ekanlar, bunda shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish g‘oyasini ilgari surganlar va bu borada o‘zlari amaliy harakat namunasini ko‘rsatganlar.
Jadidchilik harakatidagi ma’naviyat quyidagilarda yaqqol namoyon bo‘ladi: birinchidan, ular ozodlikka, Mustaqillikka qon to‘kilishlarga olib keluvchi turli to‘polon, qirg‘in-barot urushlar bilan emas, balki aholining savodini chiqarish, ularning ma’rifatni ko‘tarish orqali qaramlikning kelib chiqishi, uning millat taqdiridagi oqibatlarni tushunib yetish darajasiga ko‘tarish orqali erishishni; ikkinchidan, milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikni ta’minlashning asosiy omili ekanligi, milliy birlikning vujudga kelishi esa uni taraqqiyotga olib boruvchi asosiy omili ekanligi g‘oyasida; uchinchidan, jadidchilik harakati namoyondalari faqat o‘z g‘oyalarini ilgari surish uni tashviqot qilish doirasidan cheklanib qolmasdan, ular aholining umumiy savodxonligini ko‘tarish borasida ko‘pgina ishlarni ham amalga oshirdirlar. Ular o‘zlarining mablag‘lari hisobiga maktab ochdilar, gazeta, kitobilarni bosmadan chiqardilar. Bu harakatlarning zaminida chinakam ma’naviyat turadi, chunki ular urushlarga, johillikka va qarama-qarshiliklarni avj oldirishga emas, balki yuksak ma’rifatga va siyosiy onglilikka erishish orqali ozodlik va taraqqiyotga erishish mumkinligi uchun faoliyat ko‘rsatganlar. Ana shu jihatlari bilan jadidchilik harakati milliy ma’naviyatimiz rivojida o‘zga xos o‘ringa egadir. Jadidchilik harakatining yana bir xususiyati shundaki, u o‘z davrning eng ilg‘or g‘oyalarini ilgari surish bilan birga aholini umumma’rifatni ko‘tarishdagi eng yirik ommaviy va millatni birlashtirishdagi harakat darajasiga ko‘tarilganligidir. Shu ma’noda ham bu harakat aholining umummilliy ma’naviyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga molikdir.
Jadidchilik g‘oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo‘jayev, So‘fizoda, Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar g‘oyat og‘ir sharoilarda targ‘ib etishga harakat qilganlar. Ma’rfiatchi jadidchilar og‘ir moddiy qiyinchiliklar, g‘oyaviy–siyosiy tayziqlarga qaramay, millatning ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar.
Ma’naviyat va ma’rifatdan mahrum halq milliy jihatdan: o‘zini anglab ololmaydi taqdirga tan berib yashashni o‘ziga ep ko‘radi. Chor amaldorlari buni yaxshi anglagan holda o‘z mustamlaka asoratiga solgan Turkiston halqlarini ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatdan bebahra qoldirish masalasiga alohida ahamiyat berdilar, bu yo‘lda hech tap tortmay insofu diyonatni, rahm-shafqatni butunlay unutdilar.
Tarixdan ma’lumki, bir halqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo o‘zini o‘zligidan, taixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Xitoy donishmandi Konfutsiy bundan 2700-yil oldin o‘z imperatoriga shunday maslahat bergan ekan: “Xoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi bo‘lsangiz, dastavval o‘sha yerda yashayotgan halqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma’naviy bo‘ronni kuchaytiring”. Madaniyat va ma’naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlar kamolotga yo‘l bermaslik, itoat ettirilgan halqni jilovda ushlab turishning eng zarur va nozik yo‘llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilgan.
Madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat zarbaga uchrab, halqning, mamlakatning ma’naviyati va ma’rifati barbod bo‘laversa, odamlar o‘z – o‘zidan e’tiqodsiz bo‘lib ketadi. Unday o‘lkada mamlakatda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, beparvolik boshlanadi. Ohir oqibatda milliy g‘urur, iftihor, milliy qadriyatlar asta-sekin zaiflasha boshlaydi. Ana shunday o‘lkani, mamlakatni, uning halqini mustamlakachilik kishanlaridan ushlab turish, itoatkor qulga aylantirish mumkin.
Ilm-fan va madaniyat, ma’naviyatning eng rivojlangan markazlaridan bo‘lgan Turkistonni zo‘ravonlik bilan bosib olgan chor xukumati yerli aholini qaramlik va qullik, siyosiy karaxtlik va ruhiy qashshoqlik holatidan ushlab turishni mustamlakachilik siyosatining markaziy masalalaridan biri deb hisoblanadi. Ana shu yozuv va makkorona siyosatni amalga oshirishning asosiy yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqish uchun ishni nimadan boshlash kerakligi haqida taklif mulohaza va xulosalar berish topshirig‘i bilan chor hukumati ko‘pchilik olimlar va boshqa soha kishilarini Rossiyadan Turkistonga yubordi.
O‘zbekiston Mustaqilligiga qadar bo‘lgan yetmish to‘rt yil ichida madaniy-ma’rifiy taraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to‘la foydalana olmadik. Markaz tomonidan yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy ongimiz, milliy tilimiz, taiximiz, urf-odatlarimiz rivojlanishiga yo‘l bermaydigan g‘oyalar paydo bo‘ldi.
Insonlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini ta’minlashga ko‘maklashadigan muqaddas kitob Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Shayx Najmiddin Qubro, Az – Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu fuzalolarning mo‘tabar asarlari halqdan yashirindi, ularga o‘t qo‘yildi, suvlarga oqizildi. Qaramlik va mutelik yillarida sodir bo‘lgan bu dahshatli voqea va hodisalar o‘zbek halqining milliy ma’naviyati muayyan darajada tanazzulga uchrashiga sabab bo‘ldi. Milliy ma’naviy qadriyatlardan biri milliy urf-odatlar, an’analar diniy tarbiyaviy marosimlar, halq bayram va sayllari kabilarga qilingan xujum o‘zbek halqi boshiga tushgan og‘ir dard bo‘ldi.
Dahshatlisi shu bo‘ldiki Islom dinini “Fosh etish” maqsadida aziz avliyolarning mozorlariga o‘t qo‘yildi, maqbaralari ostin-ustun qilindi. Kommunistlar, rahbar hodimlar ota-onalari, yaqin kishilari janozasiga borishdan qo‘rqib qolishdi. Yurak yutib borganlar partiyadan o‘chirilib ishdan olindi.
Ijtimoiy hayotda o‘zbek tilidan foydalanish kengayib borish o‘rniga asta-sekin torayib bordi. Korxonalarda, ilmiy muassasalarda, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida, tabobatda, aloqa tashkilotlarida, o‘zbek tilidan foydalanishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yildi. O‘zbek tili fuqaro xavo flotida, ikchi ishlarda, armiyada surib chiqarildi. Undan foydalanilmadi. O‘zbek tili dasr soatlari yil sayin o‘quv muassasalarida qisqarib bordi.
Axvol shu darajaga borib yetdiki barcha yig‘inlar majlislar, yozishmalar rus tilida olib borildi, dissertatsiyalar, kitoblar, risolalar, maqolalar, arizalar, shikoyatlar va iltimosnomalar rus tilida yoziladigan bo‘ldi, aks holda ular mutasaddi tashkilotlar idoralarida qabul qilinmadi.
O‘zbek tili chetga surib tashlandi, uning mavqei benihoya pasayib ketdi. Natijada, rus tilini bilmaydigan odam mas’ul idoralarda ishlamaydi, degan tushuncha yuzaga keldi. Aslida ham axvol shunday edi, hayot va ish sharoitimiz faqat rus tilini bilishni talab qilar edi. Natijada, o‘zbeklar orasida o‘zbek tilini bilmaydiganlar, o‘zbekcha yoza olmaydiganlar va o‘zbekcha fikrlay olmaydiganlar ko‘payib ketdi. Xatta o‘z ona tilini bilmaslik ayb sanalmaydigan bo‘ldi.
Ma’muriy buyoruqbozlik ish usullari avjiga mingan, hamma narsa, har bir katta yo kichik masala markazning ko‘rsatmasi, roziligi bilan hal qilinadigan yillarda (tobelik va qaramlik o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqqan davr) o‘zbek tili o‘rnini rus tili egalladi, desak xato qilmaymiz. ba’zi rahbarlar butunlay yerli aholidan iborat majlislarda ham ruscha so‘zlab, buni o‘zlari uchun madaniyatlilik alomati, faxr-iftihor deb bilish darajasiga yetdilar. Rus tilini bilish, shu bilan chiroyli so‘zlash ma’naviy kamolotning cho‘qqisi, madaniyatlilik belgisi deb qabul qilindi. Natijada o‘z ona tiliga mensimay qaraydigan kishilar paydo bo‘ldi. Bu, ayniqsa yoshlar orasida avj ola boshladi. Buni jamiyatning, millatning, uning ma’navitining eng katta fojeasi deb tushunmoq lozim.
O‘zbek tili O‘rta Osiyodagi eng qadimiy va boy tillardan biridir. “Umuman, turkiy tillar yirik ikki oqimda rivojlandi, -deb yozadi I.Qo‘chqortoyev, - uning biri turk tili bo‘lsa, ikkinchisi o‘zbek tilidir. Roman tillarini rivojlantirishda lotin tili qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mintaqasidagi turkiy tillarni rivojlantirishda o‘zbek tili shunday rol o‘ynadi”.
O‘zbek tilining imkoniyatlari shu qadar kengki, bu tilda turli so‘z tuzish, chiroyli so‘zlash, asarlar yaratish mumkin. Bunga adabiyot va san’atimizning boy tarixi, xazinasi yorqin guvox sanaladi.
Millatni himoya qilish uchun uning tilini himoya qilish, asrash, rivojlantirish zarur. Buni esa davlat bajaradi. Til davlat himoyasiga olinmas ekan, u rivojlana olmaydi. Til hokimiyat bilan tirik. Mustaqillikka erishgunimizga qadar o‘zbek tilini muhofaza qilish zarurati yuzaga keldi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi oson-silliq kechmadi. Uni himoya etish va qonuniy mavqeini tiklash uchun bo‘lgan kurashda shoir va yozuvchilar, olimlar, muallimlar, huquqshunoslar, hamma-hamma faol ishtirok etdi. Eng muhimi bu kurashda halq uyg‘ondi.
Til muammosi singari nihoyatda nozik, qaltis va jiddiy masalani ijobiy hal etish uchun jumhuriyatimizda Islom Karimov rahbarligida keng miqyosda tashkiliy, g‘oyaviy-siyosiy va keng ko‘lamli tarbiyaviy ishlar olib borildi.
Uzoq davom etgan bahslar, totishuvlar, munozara va muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston Oliy Kengashi o‘n birinchi sessiyasida 1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida” qonun qabul qilindi. Natijada Sovet davrida milliy til masalasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish uchun keng yo‘l ochildi.
Qonunga binoan, o‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili, deb e’lon qilindi. Bu hol halqimizni behad quvontirib, dilini yayratib yubordi, milliy g‘ururini kuchaytirdi.
Ammo shuni ham qayd etish lozimki, Mustaqil Respublikamizning dunyoga yuz tutishida yoshlarimizning, ayniqsa Siz kabi talabalarning xorijiy mamlakat halqlari tilini bilishingiz muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat tili haqidagi Qonunning qabul qilinishi boshqa tillarni bilish, o‘rganishni rad etmaydi. Boshqa tillarni bilish – har bir ma’lumotli kishining ko‘rkidir. Xalqlar o‘rtasida birlik, ahillik, mehr-oqibat, hurmat, turli aloqalar til va madaniyatni bilishdan boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida hozirgi paytda yoshlar maktablar va oliy o‘quv yurtlarida rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan tillari bilan bir qatorda Sharq halqlari tillarini ham katta qiziqish bilan o‘rganmoqdalar. Arab, fors, hind, xitoy tillarini o‘rganish natijasida aksariyat qismi arab va fors tillarida yozilgan qadimiy qo‘lyozmalarimizni bemalol o‘qib-o‘rganadigan yetuk mutaxasislarga ega bo‘lamiz.
Mustabid tuzum siyosati talabi va zo‘ravonligi asosida ma’naviyatimizning muhim qirrasi imlomiz ketma-ket uch marta o‘zgartirildi. 1929-yilda arab alifbosidan lotin alifbosiga o‘tildi. Oradan o‘n ikki yil o‘tgach, kirill alifbosi qabul qilindi. Shu tariqa halqimiz o‘zining 1000-1200-yillik ko‘xna tarixidan. o‘tmishidan, ma’naviy merosidan mahrum bo‘ldi. Ota-bobolarimizdan qolgan kitoblar, asosan arab va fors tillarida yozilgan. Imloning o‘zgartirilishi natijasida o‘sha kitoblarni o‘qiy olmaydigan bo‘lib qoldik. Yaqin o‘tmishimizning riyokor siyosati natijasida mo‘g‘il bosqini keltirgan yo‘qotishdan ham ko‘ra kattaroq ma’naviy falokatga uchradik. Bu tariximizni, madaniyatimizni, milliy ma’naviy merosimizni yo‘qotishga urinishning yangicha yo‘li edi.
Insofu-diyonatni yo‘qotgan kommunistik mafkura yalovbardorlari, arab va lotin alifbosini yo‘qotib maqsadlariga erishib bo‘lgach, o‘zbek halqi “Inqilobgacha” savodsiz edi, yozuvi ham, maktabi ham, kitobi ham, olimu ulamolari ham bo‘lgan emas, tili rivojlanmagan degan safsatani butun dunyoga yoydilar. Bu xalqimiz sha’niga ag‘darilgan g‘irt tuhmatdir. Bu o‘lkadan yetishib chiqqan ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat namoyondalarining ilgari Sizlar bilan ko‘rib o‘tganmiz... O‘lkamiz qadimdan ma’naviyat va ma’rifat yuksak darajada rivojlangan hudud bo‘lganligi bilan faxrlanishimio‘ lozim.
Biz yuqorida mustamlakachilik, qaramlik sharoitda o‘zbek halqining boy ma’naviy va ma’rifiy merosiga munosabat va uning ijtimoiy oqibatlarining ba’zi jihatlarigina ko‘rib o‘tdik. O‘tmishda toptalgan, taxqirlangan ma’naviy va ma’rifiy merosimizga Mustaqillik yillarida munosabat tubdan o‘zgardi. Milliy ma’naviy merosimiz qayta tiklanib, halqimiz qalbida chuqur ildiz otmoqda. Mustaqillik tufayli bu borada amalga oshirilgan barcha ijobiy ishlarimiz oldingi mavzularda u yoki bu jihatdan yoritilganligini hisobga olib, mazkur ma’ruzada bu masalaga to‘xtalmadik.
Do'stlaringiz bilan baham: |