Инновациялар
Бозор
Рақиблар (мавжуд бўлганлар ва
янгилар)
Бозорнинг фирмали
тузилишини
тадқиқот қилиш
Талабни тадқиқот қилиниши,
бозор сиғими, геометрияси
Савдо агентлари ва брокерлар
Савдо агентлари маркетинги
Истеъмолчилар ёки якуний фойдаланувчилар
гуруҳлари
1-rasm. Bozorni tadqiqot qilish tizimi
1
.
Innovatsiyalarni bozorga tatbiq etish uchun zarur umumiy xususiyatlaridan
tashqari iste’molchi uchun sifatning aniq ko`rsatkichlari: konstruktorlik ta’riflari,
dizayn iste’molchilik xususiyatlari, foydalanish imkoniyatlari, qulaylik va albatta,
narx katta ahamiyatga ega.
YAngi tovarga talabning bashorati bozor ishtirokchilari va ularning faoliyati
o`rtasidagi o`zaro aloqalari tizimli tadqiqot qilishga asoslangan. Bozor
ishtirokchilari: xaridorlar, sotuvchilar, savdo agentlari, vositachilar, brokerlar,
imijmeykerlar, reklama agentliklari marketing tizimining elementlari bo`ladi.
YAngilikni ishlab chiqaruvchilar va uning yakuniy iste’molchilari o`rtasida
vazifaviy o`zaro aloqani o`rnatish bozorni tadqiqot qilishning muhim elementi
bo`ladi.
Ammo tizimli tahlilda raqobat shakllari, usullari va darajasini, ehtimoli
bo`lgan raqiblarning xulqini tahlil qilish markaziy rol o`ynaydi. Bozorning barcha
ishtirokchilari hulqini bashorat qilish va raqiblar harakatlarini baholash yangi
tovorni oldinga harakatlantirish va unga talabni shakllantirishda hal qiluvchi bo`ladi
. Demak, yangilikni bozorga kirib borishi strastegiyasini ishlab chiqish tovorning
yangiligi darajasi, bozordagi raqobatning turi va novator firma raqobat
afzalliklarining darajasiga bog’liqdir.
Ishlab chiqarilayotgan tovarning tubdan yangiligi, uni tayyorlash
texnologiyasi yangilik yashash davrining boshlang’ich bosqichlarida firmaning
yakka hokimligi haqida gapirishga imkon beradi. Tubdan yangi mahsulotga talabni
shakllanishi ikkita hal etuvchi jihatlari bilan bog’liq: bir tomondan yangilikka
talabni yqqligi, yangilik ishlab chiqaruvchining innovatsion yakka hokimligi. Bu
holda innovatsion yakka hokimlik va foydani kattalashtirish sharoitlarida talabni
shakllantiruvchi tadbirlar tizimidan tashkil topgan kreativ xarakterga ega bo`ladi.
Bu jarayonlar raqiblarni faoliyatlari, raqobat kurashini keng yoyadi, o`rnini
bosuvchi tovarlar, modifikatsiyalanganlar, takomillashganlarni va imitatsiya
qilinganlarni yaratilishi ehtimol bo`lgan natija bo`ladi. YAngi tovardan yuqori
foyda sarmoyani ishga qo`llashning yangi sohalarini qidirib topishni
rag’batlantiradi, sarmoyani foydaliroq sohalarga oqib kelishi sodir bo`ladi, u
monopoliyalar va raqobatlashuvchi guruhlarning ortiqcha sarmoyalarni, hamda
kichik va o`rta sarmoyalarni harakatlanishi bilan birga bo`ladi.
Korxona raqobat o`rinlari tahlilining natijalari har xil usullar bilan
tekshirilishi mumkin; ham miqdoriy va ham sifatiy ko`rsakichlar (masalan, bozorda
egallagan joy)ni taqqoslash asosida.
Faoliyatning afzalliklari va kamchiliklarini baholash firmaning bundan
keyingi strategiyasini ishlab chiqish va bozor holatini bashoratlash uchun asos
bo`ladi.
Bundan tashqari, tahlil natijalari menejerlarning o`z firmasining
kamchiliklarini bartaraf etish va raqibni neytrallashtirishga qaratilgan operativ
1
Рычкова Н.В. «Маркетинговые инновации». –М.: КНОРУС, 2009.
ishning asosi bo`ladi. Korxona raqobatbyuardoshligini baholash firmani bundan
keyingi rivojlanishining zaifligini hisobga olish bilan bashoratlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |