3.2.
Innovatsion marketing turlari va uni eksport amaliyotiga joriy etish
Tovarlarning raqobatbardoshligi, tashkilotning moliyaviy, texnik, sotsial,
tashkiliy holati, uning raqobat afzalliklarini tahlil qilish natijalari asosida
tashkilotning faoliyat yuritish va majmuaviy rivojlanish siyosati shakllantiriladi.
Tashkilotning siyosati – tashkilot rahbariyati tomonidan faoliyatning qandaydir
sohasi (texnik, iqtisodiy, sotsial, tashqi iqtisodiy va h.k)da qtkaziladigan asosiy yqli,
strategik tadbirlar tizimidir. YAngiliklar ya’ni innovatsiyalarni tadbiq etish har
qanday strategiyaning asosi bo`ladi.
2
Innovatsion faoliyat, ayniqsa innovatsion tadbirkorlikning maqsadi
innovatsiyalarni amalga oshirish yqli bilan natija olishdan iboratdir. Innovatsion
faoliyat sohasini belgilash uchun tashkilotning asosiy strategiyalari (maqsadlari)ni
ta’riflovchi quyidagi belgilarni kiritamiz:
K – Ishlab chiqarilayotgan tovarning sifatini oshirish. Strategiya tashkilot
foydasini ko`payishiga, ammo katta xatar bilan, olib keladi;
TS – Tovar narxini qolgan strategiyalarni o`zlashtirishsiz saqlab qolishda
pasaytirish. Ushbu strategiya ishlab chiqarilgan tovar va o`zlashtirilgan
texnologiyalarni bozorga mustahkam ravishda tadbiq etish, sotishga qaratilgan.
Strategiya, qoidaga ko`ra, tashkilot foydasini kamayishiga olib keladi.
S – ishlab chiqarilayotgan tovar tannarxini yangi texnologiyalar, ishlab
chiqarish va mehnatni tashkil qilishning yangi usullari, menejmentni o`zlashtirish
hisobiga pasayishi. Strategiya, qoidaga ko`ra tashkilot foydasini ko`payishiga olib
keladi.
V – ushbu bozor uchun qolgan strategiyalarning o`zgarishsiz tovar ishlab
chiqarish dasturi (sotishlar hajmi)ni ko`payishi. Strategiya kqlam samarasidan
foydalanish hisobiga foydani ko`payishiga olib keladi.
R – sotishning yangi bozorini o`zlashtirish, eski va yangi tovar servisini
oshishi. Strategiya, qoidaga ko`ra, tashkilot foydasini ko`payishiga olib keladi.
Tashkilotning sanab qtilgan strategiyalarini amalga oshirish uchun
innovatsiyalar zarur. 6-jadvalda tashkilot strategiyalarini amalga oshirish uchun
zarur bo`lgan innovatsiyalarning asosiy turlari sanab qtilgan.
1-jadval
2
Р.А. Фатхуддинов «Инновационный менежмент: классификация, структура и отличительные черты
инновационных организаций: Экономические законы, законы организации, научные подходы и принципы и
др.»: Учебник для вузов. Изд. 5-е, испр., доп. «Питер», 2007
Tashkilot strategiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan innovatsiyalar
turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |