3- mavzu: Kalendar va ularning turlari. Sharq mamlakatlari kalendarlari reja «Kalendar»



Download 236,5 Kb.
bet3/7
Sana01.06.2022
Hajmi236,5 Kb.
#626350
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3- mavzu Kalendar va ularning turlari. Sharq mamlakatlari kalen

Oy-Quyosh kalendari. Dehqonchilik xо‘jaligining rivojlanishi natijasida ekish, hosilni yig‘ishtirib olish uchun aniq vaqt hisobi zarur ediki, bu narsa Oy fazalarining о‘zgarishi va Quyoshning harakati bilan bog‘liq edi. Shuning uchun ham Oy-Quyosh kalendarlari tuzila boshlandi. Hozirgi kunga kelib Quyosh kalendari jahonda xalqaro kalendar sifatida tan olingan.



  1. Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy kalendarlari

Misr Quyosh kalendarining vatani hisoblanadi. Mamlakatda yuz berib turadigan qurg‘oqchilik va kutilmagan toshqinlar misrliklarni qattiq qayg‘uga solgan. Nihoyat, Misr kohinlari Quyoshning yozgi tik turish davrida, 21 yoki 22 iyun - yoz kechasining eng qisqa kuni sahar paytida koinotda eng yorug‘ yulduz Sirius (Katta It turkumida)ning geliakik chiqishi (birinchi kо‘rinishi)ni va shu davrda ular Siriusning tong oldi chiqishi davrida Nil daryosi toshgan. Qadimgi misrliklar tabiatning shu uch hodisasiga (Quyoshning yozgi tik turishi, Siriusning chiqishi va Nilning toshqini) kо‘ra yilni hisoblaganlar. Chunki Nil toshqinining boshlanishi misrliklarning xо‘jalik hayotida katta ahamiyatga ega edi. Ayniqsa boshoqli ekinlarning hosili shunga bog‘liq edi. Demak, Quyosh, Nil va Sirius qadimgi misrliklarning kalendari vazifasini о‘tagan edi. Nil daryosining birinchi toshishidan ikkinchi toshishigacha bо‘lgan vaqt, Quyoshning ikki yozgi tik turishi orasidagi vaqt, Siriusning geliakik chiqishi oralig‘idagi vaqtlar qadimgi misrliklarning asosiy vaqt birligi bо‘lib qoldi. Bu Sotis va Nil yili nomlarini oldi. Siriusning bu yildan keyingi yilga qadar paydo bо‘ladigan kungacha orasidagi farq 365 kun ekanini hisoblab, uni 30 kundan iborat 12 bо‘lakka bо‘lganlar, qolgan 5 kunini yil oxiriga ilova qilganlar. Shunday bо‘lsa ham yulduzning namoyon bо‘lishi har tо‘rt yilda bir sutkaga kechikkan. Ular kunlarni yana qayta boshdan hisoblab chiqib bir yil 365 kun 6 soatga teng, degan xulosaga kelganlar. Lekin kalendarni о‘zgartirmay о‘z holicha qoldirganlar. Bu tuzatishni oradan ancha vaqt о‘tgach miloddan avvalgi 46 yilda Rim imperatori Yuliy Sezar amalga oshirgan. Bunda oylar 30, 31, faqat bir oy - fevral 28 kun qilib olindi. Ana shu qisqa oy - fevralda 4 yilda bir marta bir kundan qо‘shiladigan va shu yil kabisa (orttirilgan) yili deb ataladigan bо‘ldi. Bu tuzatish natijasida bir yil 365 kun 6 soat emas, balki 365 kun 5 soat 48 daqiqa 14 soniyadan iborat bо‘lib, bu faqat 400 yilda 3 kecha - kunduzni tashkil qiladi va kalendarni orqada qolishiga sabab bо‘ladi.
Mazkur Misr kalendari tabiiy va aniq edi. Unda bir yil 365 sutkaga (tropik yildan 0,25 sutka qisqa) teng edi. Bu kalendarda dastlab yil oylarga bо‘linmagan. U uchta mavsumdan iborat bо‘lgan. Bular "suv toshqini” (Nil toshqini), “hosil” (qishloq xо‘jaligi ishlari bilan shug‘ullaniladigan davr), “yо‘qlik” (suvning kam vaqti, hosilni yig‘ish davri) mavsumlari deb atalgan. Birinchi mavsum Quyoshning yozgi tik turishdan oktabrgacha, ikkinchi mavsum oktabrdan-martgacha, uchinchisi martdan-iyungacha bо‘lgan vaqtni о‘z ichiga olgan. Keyingi davrlarda oy tushunchasi paydo bо‘ldi va ular о‘n ikkitaga bо‘lindi. Har oy 30 kundan iborat edi. Demak, bir yil 360 kundan va besh qо‘shimcha kundan iborat bо‘lgan. Bu qо‘shimcha kunlarni yunonlar “epagamen” deb atadi.
Miloddan avvalgi IV ming yillikda yaratilgan bu kalendarda dastlab, oylarning nomlari bо‘lmagan. Ular har bir mavsumga (4 oydan) bо‘lingan va shu bilan farqlangan. Keyinchalik ular quyidagicha atalgan.



Download 236,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish