Ilmiy tadqiqot strukturaga egami ? bu qanday bu struktura
Ilmiy tadqiqot tarkibi va jarayonlar ketma-ketligi jihatidan murakkab strukturaga ega. Har bir strukturaviy unsur yoki daraja o‘ziga xos tuzulish, funksiya va mazmun bilan ajralib turadi.
Rossiyalik olim V.P.Branskiyni fikricha tadqiqot strukturasi 3 ta o‘zaro bog‘langan qismlardan iborat:
-sub’ekt;
-tadqiqot qurollari va sharoitlari;
-ob’ekt
Sub’ekt va ob’ektning izlanish jarayonida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sirlaritadqiqot qurollari va sharoitlari orqali amalga oshadi.
Tadqiqot qurollari – bu turli asboblar, o‘lchagichlar, eksperimental uskunalar, kompyuterlar va hokazo. Sharoitlar-moddiy va instrumental ta’minot, bino, ish joyi, adabiyotlar, kuzatish va axborot yig‘ish vositalari bo‘lib, tadqiqot ob’ektlari murakkablashib borar ekan, ularni roli ham tobora ortib boradi.
Tadqiqot ob’ekti – o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsa, xossa, jarayon yoki tabiiy va sun’iy xarakterdagi tizim. Izlanish ob’ekti tanlangan muammo va ishlab chiqilgan ilmiy-tadqiqot dasturi asosida belgilanadi. Klassik va noklassik fanlarda ob’ekt sifatida alohida olingan xossalar, munosabatlar va strukturalar o‘rganilgan bo‘lsa, hozirgi postnoklassik ilmiy izlanishlarda ko‘p sifatli xislatga ega bo‘lgan, o‘zida nomuvozanat holat va kooperativ (jamoaviy) harakatni namoyon etadigan ob’ektlar tadqiq qilinmoqda.
Sub’ekt faol izlanish olib boradigan tadqiqotchi, u maxsus tadqiqot usullaridan, mavjud bilim va axborot bazasidan foydalanib ilmiy-nazariy va amaliy-tajribaviy muammolar ustida ish olib boradi.
Ilmiy bilishni qanday darajalari mavjud ?
Ilmiy tadqiqotning asosan ikki-empirik va nazariy izlanish darajalari mavjud
Emprik bilish qanaqa daraja va uning xususiyatlari nimadan iborat
Empirik yoki xissiy-tajribaviy bilish darajasida jonli mushohada, xissiy bilish birlamchi rol o‘ynaydi. Shu bilan birga xissiy bilish darajasidagi empirik izlanish faoliyati nazariy ko‘rsatma yoki dasturiy tamoyillar tomonidan yo‘naltiriladi, olingan ma’lumotlar qayta ishlanadi.
Demak, tadqiqotchi xissiy bilish ob’ekti va jarayoniga «aql ko‘zi» bilan qaraydi, faktlarni nazariy bilish doirasiga kiritadi. Shunday bo‘lsada, tadqiqotning boshlang‘ich bosqichida xissiy-tajribaviy bilish ustuvor vazifa va muammo bo‘lib qolaveradi.
Faktlarni yig‘ish, ularni tafsilotini berish va birlamchi umumlashtirish, kuzatish va eksperimentdan olingan materiallarni tartibga solish, tasniflash va tavfislash empirik bilishning assiy belgilari hisoblanadi.
Nazariy bilish qanday amalga oshadi ,qanday natija qo’lga kiritiladi
Bu darajada tushuncha, tamoyil, aksioma, nazariya kabi tafakkur shakllari bilan ishlash ustuvor tadqiqot faoliyatiga aylanadi. Empirik bilish darajasida olingan faktlar, ma’lumotlar tahlil qilinadi, umumlashtiriladi, ob’ektdagi kuzatilmagan xossalar tushuntiriladi, qonun yoki qonuniyat kashf etiladi. Shu yo‘sinda mexanika, elektr xodisalari qonunlari ochilgan, mohiyati tushuntirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |