3- mavzu. Elektr kattaliklar
Reja:
Asosiy elektr kattaliklar va ularning o‘zaro munosabatlari.
Sxemaning asosiy passiv elementlarining belgilanishi va xususiyatlari.
Elektr zanjirlari elementlarining parametrlari.
Elektr zanjiri deb, elektr tokini hosil qiluvchi va uning oqib o‘tishini ta’minlash uchun berk yo‘l hosil qiladigan qurilmalar yig‘indisiga aytiladi. Zanjir tarkibiga kiruvchi alohida qurilmalar, elektr zanjirining elementlari deb ataladi. Zanjirning elektr energiyasi hosil qiluvchi elementlari- manbalari, uni iste’mol qiluvchi elementlar, iste’molchilar deb ataladi. Uzatuvchi elementlar - zvenolar manba va iste’molchilarni o‘zaro bog‘lab turadi. Ularga simlardan tashqari, o‘lchash qurilmalari, o‘zgartirgich qurilmalar (transformator, to‘g‘rilagich va h.k.) kiradi. Zanjir ulanganda berk kontur hosil bo‘ladi va tok o‘ta boshlaydi. Zanjirdan o‘tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan t - vaqt birligi ichida o‘tayotgan elektr zaryadlarining миқдори - q bilan aniqlanadi. YA’ni tok kuchi zaryadlarning harakat tezligiga proporsional kattalikdir. Agar zanjirdan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi va qiymati vaqt davomida o‘zgarmas bo‘lsa, bunday tok o‘zgarmas tok deyiladi va I harfi bilan belgilanadi (1.1-rasm, a)
3.1 - rasm
. (3.1)
Xalqaro birliklar tizimi (XBT) da elektr tokining o‘lchov birligi sifatida amper qabul qilingan. O‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan bir sekund davomida bir kulon (Kl) elektr zaryadlari o‘tgandagi tok kuchi bir amper (A) ga teng bo‘ladi
.
O‘zgarmas tok t vaqtda ko‘chirgan zaryad:
. (3.2)
Yo‘nalishi va qiymati o‘zgarib turuvchi toklar o‘zgaruvchan toklar deyiladi. Tokning ko‘rilayotgan momentdagi qiymati uning oniy qiymati deyiladi va bilan belgilanadi
. (3.3)
Tok 0 dan t vaqtgacha o‘zgarganda
(3.4)
zaryadni ko‘chiradi.
Tokning o‘zgarish qonuniyati turlicha bo‘lishi mumkin. Asosan davriy o‘zgaruvchan toklardan foydalaniladi. Oniy qiymatlari bir xil vaqt oralig‘ida takrorlanuvchi o‘zgaruvchan toklar davriy o‘zgaruvchan toklar deyiladi. Bu vaqt oralig‘i davr deyiladi va T harfi bilan belgilanadi. Bir sekunddagi davrlar soni chastota deyiladi va bilan belgilanadi. Chastota gers (Gs) larda o‘lchanadi.
Agar davriy o‘zgaruvchan tok garmonik qonun bilan o‘zgarsa sinusoidal tok, garmonik bo‘lmasa, nosinusoidal tok deyiladi, (3.1-rasm, b,v.).
3.2 - rasm
Elektr zanjirlari elementlarining parametrlari
Elektr zanjirining har bir elementi elektr energiyasini iste’mol qilib uni boshqa tur energiyaga aylantirish, o‘zining magnit va elektr maydonlarini hosil qilish, energiyani o‘zida to‘plab qayta zanjirga berish xususiyatlariga ega. Bu xususiyatlarni xarakterlash uchun elementlarning parametri tushunchasi kiritiladi.
1. Qarshilik R - elementning elektr zanjiridan energiya iste’mol qilib, uni boshqa tur energiyaga aylantirish xususiyati. Aylantirilgan energiyaning quvvati (Р, р), (I2, i2) ga to‘g‘ri proporsional, shuning uchun bu parametrning qiymati R =Р/I2 o‘zgarmas tok zanjiri uchun va R=р/i2 o‘zgaruvchan tok zanjiri uchun.
2. Induktivlik L - elementning tok o‘tganda o‘zining magnit maydonini hosil qilish xususiyati (o‘zinduksiya). Bu parametr tok (I, i) va magnit ilakishini (,t) orasidagi proporsionallik koeffitsiyenti bo‘lib, =LI yoki uni o‘zinduksiya koeffitsiyenti deyiladi.
3. O‘zaro induktivlik M – tok o‘tayotgan birinchi elementning ikkinchi elementning w2 cho‘lg‘amlarida 21, magnit ilakishini hosil qilish xususiyati.
М - parametri birinchi elementning toki bilan, shu tok ta’sirida ikkinchi element cho‘lg‘amlarida hosil bo‘lgan magnit ilakishi 21 orasidagi proporsionallik koeffitsiyenti 21=МI1 yoki 21t=Mi1 va xuddi shunga o‘xshash 12=MI2 yoki 12t=M .
4. Sig‘im С - elementning zaryadlar to‘plash yoki elektr maydoni hosil qilish xususiyati. Bu parametr elementning zaryadi va kuchlanishi o‘rtasidagi proporsionallik koeffitsiyenti hisoblanadi: .
3.3 - rasm
Umumiy holatda har qanday real qurilmada uchala parametr R, L, S mavjud bo‘ladi. Har qanday elektr energiyasi manbasining xususiyati, zanjirning ma’lum uchastkasida potensiallar farqini vujudga keltirish, shu bilan birgalikda berk kontur bo‘ylab tok vujudga keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |