3 – Mavzu: Bilish nazariyasi. Reja



Download 48,45 Kb.
bet14/16
Sana29.11.2022
Hajmi48,45 Kb.
#874241
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3 – Mavzu Bilish nazariyasi.

Nazariya. Gipoteza amaliyotda tasdiqlangach, u ishonchli nazariyaga aylanadi. Lekin nazariya — bu faqat ishonchli bilimgina emas, balki obyektiv qonunlarni bilishdir.
Faktlarni aniq bilishdan, hodisalarni, empirik tasvirlashdan farqli o'laroq, nazariya mavjud faktlarni tushuntirish funksiyasini bajaradi. Nazariya shunday izoh beradiki, bunga ko‘ra mavjud faktlarni muayyan soha qonunlari va boshqa muhim aloqalarining mantiqan zarur oqibati deb tushunish, ya’ni hodisa va voqealarni tasodif deb emas, balki obyektiv, zarur va qonuniyatli munosabatlarning namoyon bo‘lish formasi deb tushunish mumkin bo'ladi. Ilmiy nazariya nisbatan bir butun konseptual tizim sifatida ko'rinadi. Nazariya doirasida fan tushunchalari va qonunlarining tabiati ham ochiq-oydin ko'rinadi.
Har bir ilmiy nazariya boshdanoq turli obyektlar yoki vaziyatlarni ideallashtirib tuziladi. Nazariya tuzilishining o‘zi real voqelikni muayyan tarzda soddalashtirishni ko'zlaydi. Ideallashtiruvchi, soddalashtiruvchi sharoitlarni yo‘q qilib borish - bu bizni dunyoni to‘la aks ettirishga yaqinlashtiradigan, ammo hech qachon bunga erisha olmaydigan cheksiz jarayondir. Obyektiv, absolyut va nisbiy haqiqatlar dialektikasi nazariy bilimga xosdir. Ilmiy nazariyani ideal obyektlarning murakkab tizimi deb tasavvur qilish mumkin, chunki bu tizim tegishli voqelik fragmentining o'ziga xos modelidir. “Har qanday model singari matematik model ham, - deb yozadi akademik N. N. Moiseev, - u yoki bu jarayon yoki hodisa haqida tasavvur beradi. Modellarni tadqiq etish, tahlil qilish bizni ular haqida praktika uchun zarur bo'lgan yangi bilimlar bilan ta’minlaydi”3.
Ilmiy nazariya sistemalashtirilgan xarakterga ega bo‘lib, konseptual tizimni ifodalaydi. Uning boshlang'ich elementlari muayyan tushunchalar, ular o'rtasidagi nisbatlar va konstantalardir. Fan qonunlari bu tushunchalar tizimlarini bir butun holga keltiradi va tartibga soladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, fan qonunlari tegishli nazariy tizimlar tuzilmasini aks ettiradi. Shunga muvofiq, nazariya, bir tomondan, o‘z predmetiga tegishli qonunlar (agar ular kashf etilgan bo'lsa) asosida yaratiladi, ikkinchi tomondan, yangi qonunlar kashf etilishiga olib boruvchi tadqiqotlarga yo'llanma beradi.
Nazariya nafaqat bilimlar yig'indisi, balki bilimlar tuzilishining, nazariy bilimni boyitishning muayyan mexanizmini o‘z ichiga oladi; ayrim tadqiqot dasturini gavdalantiradi, bu esa nazariyaga yagona bilim tizimi sifatida bir butunlik baxsh etadi. “Nazariyaga kelganda, - deb ta’kidlaydi Lui de Broyl, - uning vazifasi olingan natijalarni tasniflash va sintezlashdan, ularni oqilona tizimga solishdan iboratki, bu ma’lum narsani talqin qilishgagina emas, balki hali ma’lum bo’lmagan narsani imkon qadar oldindan ko'rishga ham imkon beradi”4.

Download 48,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish