1.-rasm. ISO tizimida va JO’YATda qabul qilingan teshiklar va vallarning asosiy og‘ishlari.
A-H og‘ishlariga ega teshiklar uchun: EI = -es K - Zc ES = -ei.
Ushbu qoida shunday shakllantiriladi: teshiklarning asosiy og‘ishi nullik liniyaga, valning xuddi shunday harf bilan, faqat katta harf bilan ifodalangan asosiy og‘ishiga nisbatan simmetrik holda bo‘lishi kerak.
Teshiklarning asosiy og‘ishlarining sonli mohiyati joizliklar va o‘tqazishlar bo‘yicha bildirgichlarning maxsus jadvallarida keltiriladi. 500 mm gacha bo‘lgan diametrga ega vallarning asosiy og‘ishlarining hisob-kitobli formulalari ГОСТ 25346-82 bo‘yicha tartibga solinadi.
Maxsus bir qoida mavjud bo‘lib, u quyidagi tarzda shakllantiriladi: mazkur kvalitetning teshigi unga yaqin turgan birmuncha aniqroq kvalitetning vali bilan birikadigan teshik tizimidagi va val tizimidagi ikkita o‘tqazishlar bir xildagi oraliqlarga yoki tarangliklarga ega bo‘lishi kerak. Buni ko‘rgazmali ravishda joizliklar maydonlarining joylashuvi chizmasida ko‘rsatish mumkin, masalan, o‘tqazishlar uchun ø2OH9/s6 va S9/h6 (8.2-rasm).
JO’YATdagi joizliklar maydoni asosiy og‘ish va kvalitetning qo‘shilishi bilan hosil bo‘ladi. Ushbu qoidaga muvofiq, joizlik maydoni asosiy og‘ishning harfi va kvalitetning raqami bilan ifodalanadi, masalan, H8, D12, e7, h6 va hokazo.
Asosiy og‘ish va joizlikga qarab ushbu joizlik maydonini chegaralaydigan ikkinchi eng oxirgi og‘ish belgilanadi. Agar asosiy og‘ish yuqorigisi bo‘lsa, unda pastkisi quyidagicha bo‘ladi: val uchun: ei = es - IT, teshik uchun: EI = ES - IT.
Agar asosiy og‘ish pastkisi bo‘lsa, unda yuqorigisi quyidagicha bo‘ladi: val uchun: es = ei -IT, teshik uchun: ES= EI -IT.
ISO tizimida asosiy og‘ishlar va kvalitetlarning har qanday qo‘shilishlariga yo‘l qo‘yiladi, ya’ni nazariy jihatdan joizliklarning turli maydonlarining ko‘proq sonini olish mumkin.
500 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarning har biri uchun 19 ta kvalitet va 2 ta asosiy og‘ishning qo‘shilishi bilan vallar joizliklarining 517 ta maydonini va teshiklar joizliklarining 516 ta maydonini hosil qilish mumkin. Biroq qo‘shilmalarning hammasini ham qabul qilib bo‘lmaydi, ya’ni bu asboblar xo‘jaligining haddan ortiq murakkablashuviga olib kelgan bo‘lar edi. SHu munosabat bilan, ISO tizimi joizliklar maydonlarining cheklangan tanlovi bazasida qo‘llaniladi va ularning bir xillashtirilishi uchun ISO ГОСТ 1829-70 tavsiyasi ishlab chiqilgan, unda joizliklar maydonlarining tanlanishi 500 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlar uchun umumiy qo‘llanish uchun cheklanilgan. Bu mamlakatlarning o‘zaro hamkorligi uchun shart-sharoitlarni yaratadi.
1 mm dan kam bo‘lgan o‘lchamlar uchun joizliklar maydonlari qatorlari maydonlarning katta turkumi bilan va ularning 1 mm dan 500 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlar uchun joizliklar maydonlarining asosiy qatorlariga nisbatan birmuncha aniq kvalitetlar tomoniga o‘zgartirilishi bilan tavsiflanadi. Bu asbobsozlikdagi birmuncha yuqoriroq aniqlik talablarini aks ettiradi.
500 mm va 10000 mm dan katta bo‘lgan o‘lchamlar uchun joizliklar maydonlarining qisqartirilgan soni belgilangan va ular birmuncha dag‘alroq kvalitetlar tomoniga o‘zgartirilgan.
SHunday qilib, ISO tavsiyalariga muvofiq, 1 mm dan 500 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlar uchun joizliklar maydonlari afzalroq hisoblanadi. Ular umumiy qo‘llaniladigan o‘tqazishlarning 90-95% ni ta’minlaydi va buyumlarning bir xillashtirilishi darajasini oshirishga yordam beradi, kesuvchi asboblar va kalibrlar nomenklaturasini qisqartiradi, ishlab chiqarishning kooperatsiyalashtirilishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratadi.
JO’YATdagi o‘tqazish, umumiy qoidaga binoan, teshik joizligi maydoni va val joizligi maydonining qo‘shilishi bilan hosil bo‘ladi. O‘tqazishning shartli ifodasi kasr shaklida beriladi, bunda ushbu kasrning suratida, odatda, teshik joizligi maydonining, maxrajida esa - val joizligi maydonining ifodasi ko‘rsatiladi, masalan, H9/f7; F8/h7 va hokazo.
Iqtisodiy fikr-mulohazalarga ko‘ra, ko‘proq teshik tizimidagi (H asosiy teshigi) yoki val tizimidagi (h asosiy vali) o‘tqazishlarni qo‘llanish tavsiya etiladi.
O‘lchamlarning chegaraviy og‘ishlarini chizmalarda joizliklar maydonlarining shartli ifodalari bilan, shuningdek, joizliklar maydonlarining harfli ifodalari bilan ayni bir vaqtda o‘ng tomonda qavs ichida chegaraviy og‘ishlarning sonli mohiyatlarini ko‘rsatish bilan ko‘rsatiladi. O‘tqazishlar va detallar o‘lchamlarining chegaraviy og‘ishlari chizmalarda yig‘ilgan holida kasr bilan ko‘rsatiladi. Eng oxirgi og‘ishlarning mohiyatlari albatta ko‘rsatiladi, ularni ishchi chizmalarda qo‘yilgan hamma o‘lchamlar, shu jumladan, qo‘shilmaydigan va muvofiq kelmaydigan o‘lchamlar uchun tayinlash kerak bo‘ladi.
Agar o‘lcham uchun chegaraviy og‘ishlar tayinlanmagan bo‘lsa, unda birmuncha aniqroq o‘lchamni olish uchun ko‘proq sarf-xarajatlar ketadi, detalning massasi oshadi, metall ortiqcha ishlatiladi va hokazo.
Agar bir xildagi nominal o‘lchamlarga ega, lekin chegaraviy og‘ishlari turlicha bo‘lgan detallar yuzasining uchastkalari mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, unda har bir uchastka uchun ushbu uchastkalar o‘rtasidan ingichka yaxlit chiziq bilan chegara o‘tkaziladi.
Agar detallar elementlarining aniqligi uchun og‘ishlar bevosita nominal o‘lchamlardan keyin ko‘rsatilmasdan, umumiy yozuv bilan aytib o‘tiladigan bo‘lsa, unda tegishlicha 1 mm dan kam bo‘lgan o‘lchamlar uchun - 11 dan 13 kvalitetgacha, 1 dan 1000 mm gacha - 12 dan 17 gacha kvalitetlar bilan normalashtiriladi va IT bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |