3 -maʼruza. Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish qurilmalari. Kontsentratorlar, kommutatorlar va marshrutizatorlar Reja



Download 1,13 Mb.
bet2/4
Sana31.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#521972
1   2   3   4
Bog'liq
3 ma ruza Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish qurilma[1]

2. Kommutatorlar
Kommutator kadrlarni ishlash prinsipi buyicha mostdan farq kilmaydi. Kommutatorning mostdan farqi shundaki, agar most kadrlarni ketma-ket ishlasa, kommutator kadrlarni prallel ishlaydi. Buning sababi, most paydo bulgan vaktda tarmoqlar ko’p segmentlarga bulinmas va segmentlar orasidagi trafik xam uncha katta bo’lmagan. Usha vaktlarda tarmoqlar asosan ikki segmentga bo’linardi, ya’ni 80 ga 20 % koidasiga amal qilinardi. Xuddi shu sabali “most” terminidan foydalanilgan. 1 Mbit/s intensivlikdagi ma’lumotlar oqimini ishlash uchun mostga bir prosessor blokining unumdorligi yetarli bo’lgan
Hub – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo‘lgan tarmoq qurilmasidir.
Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Agar tarmoqni OSI modeli bo‘yicha yetti pag‘onaga bo‘ladigan bo‘lsak, xab birinchi pag‘onaga to‘g‘ri keladi.
Hub’ni ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Hub 1 portga kelgan signalni nusxasini bir vaqtning o‘zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda Hub’ga ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatiladi. Bunda shu portda signallarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Chunki Hub yarimdupleks rejimda ishlaydi.
Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Hub asosan tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalning nusxasini olib yuborish Hub ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko‘payib ketadi. Natijada ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi. Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani sari Hub’ning FIK kamayib boradi.
Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator
OSI modelining 2 – pag‘onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan Switch – bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000
Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi.
Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo‘linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo‘lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo‘lmasa 10 – portni 20 – portga translyasiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo‘llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.
Kommutatorning mostdan asosiy farqi shundaki, u kommunikasion multiprosessor xususiyatiga egaligidadir. Boshqa cha kilib aytganda kommutatorning xar bir porti maxsus prosessor bilan jixozlangan. X,ar bir portning prosessori boshqa portlarga boglik bo’lmagan xolda kadrlarni mustakil ishlaydi (most algoritmi buyicha). Xuddi shu sababdan kommutatorning unumdorligi yagona prosessorli mostning unumdorligidan ancha yuqoridir. Demak, kommutator mostning yangi avlodi bo’lib, kadrlarni parallel ishlovini amalga oshiradi.
Most va kommutatorlarning tarmoq topologiyalarini boglanishlaridagi cheklanishlari kommunikasion qurilmalar katoriga yana bir qurilma - marshrutizatorni paydo bo’lishiga olib keldi. Marshrutizatorlar mostlarga nisbatan yanayam ishonchli va yanayam samarali bo’lib, ayrim tarmoq kismlarining trafiklarini boshqa kismlardan ajratadi (izolyasiyalaydi). Marshrutizatorlar tugridan-tugri adreslash vositalari yordamida mantiqiy segmentlar xosil kiladilar. Ushbuni amalga oshirishda tarkiblashgan adreslash qo’llaniladi. Tarkiblashgan adres tarkibidagi tarmoqning maydon nomeri, kompyuterlarning maydon nomerlari bilan bir xil bulsa shu kompyuterlar bir segment tarkibiga mansub bo’ladilar. Shu segmentni tarmoq kismi (subnet) deb atashadi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish