Zaxira aloqalarini qo’llab-quvvatlash. Zaxira aloqalaridan foydalanish faqat FDDI standartida aniqlangan bo’lib, qolgan standartlarda konsentrator ishlab chiqaruvchilar bu funksiyani o’zlarining xususiy yechimlari orqali qo’llab-quvvatlashgan. Masalan, Ethernet konsentratorlari sirtmoqsiz iyerarxik aloqalarni hosil qilishi mumkin, shuning uchun ham zaxiradagi aloqalar har doim tarmoqning ish mantiqini buzmasligi uchun uzilgan portlarni bog’lashi kerak. Odatda konsentratorlarni konfigurasiyalashda ma’murlar qaysi port asosiy va qaysilari zaxira ekanligini aniqlashi kerak. Agar biror sababga ko’ra port uzilsa (avtosegmentlash mexanizmi ishga tushadi), konsentrator uning zaxiradagi portini aktiv holatga o’tkazadi.
Qanday protokolni amalga oshirishiga qarab Ethernet, Token Ring, FDDI adapterlarga ajratiladi. Fast Ethernet protokoli avtomuloqot amali hisobiga avtomatik tarzda tarmoq adapteri ish tezligini tanlash imkoni mavjud, shuning uchun hozirgi kunda Ethernet adapterlari ikki xil tezlikni quvvatlaydi va uning rusumida o’zining 10/100 qo’shimchasi bor.
MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000 metr masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000 ta foydalanuvchilarni o'ziga birlashtiradi.
imsiz MAN tarmoqlari. Hozirgi kunda Korea, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda shahar tarmoqlarini simsiz texnologiyalar asosida qurish ommalashgan. Buning asosiy sabablaridan qilib foydalanuvchi terminallari (smartfon, noutbok, platshet, turli raqamli qurilmalar) simsiz bog’lanishlarni qo’llab quvvatlashidir. WiMAX, LTE va sputnik texnologiyalari asosida shahar telekommunikatsiya tarmoqlari simsiz ko’rinishda qurish mumkin.
WiMax (Worldwide Interoperability for Microwave Acces) - bu IEEE 802.16 standartlari to'plamiga asoslangan simsiz keng polosali aloqa standartlari oilasiga mansub bo’lgan texnologiya hisoblanadi. WiMAX ikkita asosiy komponentdan tashkil topadi: WiMax antenna va WiMax terminal. Wi-Fi texnologiyasi singari, WiMax antenna foydalanuvchi kompyuteriga to'g'ridan-to'g'ri ulanadi. Msobl uchun O’zbekistonda WiMax standarti asosida faoliyat olib borayotgan Internet provayderi EVO ham WiMax texnologiyasi asosida qurilgan. Foydalanuvchi WiMax modemini sotib oladi va WiMax antenna bilan bog’langan holda internet xizmatlaridan yuqori tezlikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, WiMax ko'plab kichik, tarqoq hududlarni bitta ulkan simsiz ulanish nuqtasiga aylantiradi, ya’ni WiMax antennasi 50km hududga Internet xizmatlarini taqdim etadi. Quyidagi 2-rasmda WiMax texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i keltirilgan.
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan bulsak men tarmoq topologiyalari haqida, ularning turlari
, afzallik va kamchiliklari haqida biroz malumotga ega buldim. Bundan tashqari
LAN tarmoqlarini ham tushunchaga ega buldim. Topologiyalarning qanday turlari borligi va ularni tahlil qilish qiziqarli ish ekan
Do'stlaringiz bilan baham: |