Formulani kiritish
Yuqorida ta‟kidlanganidek,formula tenglik belgisidan boshlanishi shart, bu
Excelda katakdagi matnni formuladan farqlash belgisidir. Formulani katakka
yozishning ikkita usuli mavjud: qo‟lda terish yoki unda ishtirok etayotgan
kataklarni ishchi jadvalda to‟g‟ridan to‟g‟ri ko‟rsatish.
Formulani qo’lda kiritish
Formulani qo‟lda kiritish deganda undagi barcha belgilarni klaviatura orqali
yozish tushuniladi.Belgilar terilish jarayonida ular ham katakda ham formulalar
satriida hosil bo‟lib boradi.Formulalarni kiritish jarayonida barcha tahrir qilish
tugmalaridan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |