3- amaliy mashg‘ulot



Download 371,3 Kb.
bet2/19
Sana29.12.2021
Hajmi371,3 Kb.
#77427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-mavzu matni

Mashgulot maqsadi: savod o‘rgatish davrida yozuvga o‘rgatish texnologiyasi va husnixatga o‘rgatuvchi metodlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.

Savod o‘rgatish darslari o‘quvchilarning umumiy kamolotiga, ularda do‘stlik, o‘rtoqlik kabi xislatlarni milliy qadriyatlarni shakllantirish, jamoa ichida o‘zini boshqarish, mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lish kabi ijobiy xususiyatlarni tarbiyalashga ko‘maklashuvi lozim.

Savod o‘rgatish davri sentyabrdan dekabrgacha davom etadi. Savod o‘rgatish jarayoni ikki davrni: alifbogacha tayyorlov davri va alifbo (asosiy) davriga ajratiladi. Tayyorlov davri ikki bosqichga bo‘linadi:


  1. Tovush - harf o‘rganilmaydigan bosqich;

  2. Unli tovushlar va harflar o‘rganiladigan bosqich.

Alifbo davri o‘rganiladigan tovush va harflar, so‘zlarning va bo‘g‘inlarning tuzilishi, murakkablik darajasiga ko‘ra 3 bosqichga bo‘linadi.

Bu davrda bolalarning fonematik eshitish qobiliyatlari o‘stiriladi, o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari boyitiladi.

Boshlang‘ich ta’limda o‘qish va yozishga o‘rgatish tilshunoslik, pedagogika, adabiyotshunoslik va metodika sohasida erishilgan yutuqlarga asoslangan, takomillashgan hozirgi zamon analitik-sintetik tovush metodi vositasida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar nutqini rivojlantirishni nazarda tutadi. Darsda o‘quvchilar gapni so‘zlarga, so‘zni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inni tovushlarga ajratadilar, so‘zdagi tovushlarni tartibi bilan aytishni o‘rganadilar, o‘rganilgan tovushlarni o‘zaro bog‘lab so‘z tuzish va o‘qish yuzasidan mashq qiladilar. Bolalar tovushlarni yozuvda harf bilan ifodalash, harflardan bo‘g‘in va so‘z tuzishga, ularni o‘qishga o‘rganadilar. Gap va bog‘lanishli matnni ongli, to‘g‘ri, bo‘g‘inlab ravon o‘qish, so‘ngra so‘zni butunicha sidirg‘a o‘qish malakasini egallaydilar.

O‘quvchilarni o‘qish va yozishga o‘rgatish baravar olib boriladi. Yozuvda tovushlarni harflar bilan belgilashga, harflar va bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga, so‘z va gaplarni yozma to‘g‘ri shakllantirishga, talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni va qisqa gaplarni eshitib yozishga, gapning birinchi so‘zini, kishilarning ismini, shahar, qishloq, ko‘cha nomlarini, ayrim hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harf bilan yozishni bilib oladilar.

Savod o‘rgatish darslarida o‘quvchilarning boshqalar nutqini diqqat bilan tinglash va nima haqida gapirayotganini tushunib olish ko‘nikmalari o‘stiriladi. Bolalar sinfdoshlari oldida gapirishga, o‘qituvchining savollariga javob berishga, topshiriqlarni mustaqil bajarishga, bilmagan va o‘zlari qiziqqan narsalar to‘g‘risida so‘rab bilib olishga, o‘qiganlarini qayta hikoyalashga, o‘zlari kuzatgan, ko‘rgan kinofilmlar hamda eshitgan va o‘qigan hikoya, ertaklari, kuzatgan rasmlari haqida hikoya qilib berishga o‘rganadilar.

Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar olgan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar birgalikda o‘qish jarayonida maxsus sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirishga tatbiq etiladi. Savod o‘rgatish davrida sinfdan tashqari o‘qish haftada bir marta o‘tkaziladi va unga o‘qish darslarining ikkinchi qismidan 15- 20 daqiqa ajratiladi. O‘qish va yozishga o‘rgatish darslarida bolalar ruhiyatini hisobga olgan holda ish turlarini mukammallashtirish talab etiladi, dam olish mashqlari o‘tkaziladi. Metodik qo‘llanmalarda berilgan didaktik o‘yinlardan foydalanib, bir turidan boshqa turiga o‘tiladi va o‘quvchilar toliqishining oldi olinadi.

Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tabiatdagi o‘zgarishlar, kishilarning turli mavsumda bajaradigan mehnatlarini kuzatadilar va shular asosida hikoya tuzishni o‘rganadilar. Bu davrda olib boriladigan barcha ishlarda oila va maktab hamkorligining uzviyligi, o‘zaro muomala madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘qish va yozish nutq faoliyatining turi. Maktabda o‘qitish elementar o‘qish va yozishga o‘rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda

qisqa vaqt ichida o‘quvchilar o‘qish va yozishga o‘rgatiladi, ya’ni o‘qish va yozish ko‘nikmasini egallaydilar.

Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o‘qish va yozish ko‘nikmasi deyiladi. Bu ko‘nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko‘nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko‘nikmaga aylanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishni bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o‘quvchi harflarni tanib, ularni o‘qiy olmasligi mumkin. Yozish ko‘nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo‘yish kabilar ham o‘rgatiladi.

O‘qish va yozish ko‘nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o‘quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o‘ylab o‘tirmay, so‘z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o‘qish va yozish malakasi harakatning o‘ylab o‘tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o‘qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga etkaziladi.

O‘qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo‘lib, u nutqqa oid malakadir. O‘qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og‘zaki hikoya qilish, o‘zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Maktabda o‘qitishning muvaffaqiyati savod o‘rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog‘liq.

O‘quvchini savod o‘rgatish jarayonida elementar o‘qish va yozishga o‘rgatishda o‘quvchilarning faoliyat ko‘rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo‘lishi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.

O‘qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi. Shuning uchun ham o‘qishga o‘rgatish bilan yozuvga o‘rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o‘rgatish jarayonida bola juda ko‘p o‘qishi va yozishi zarur. O‘qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o‘qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko‘pincha o‘qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o‘stiradi. O‘quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad - o‘qish va yozishni o‘rganish hamda hozirda bajarishi shart bo‘lgan kundalik maqsad - topishmoqni o‘qish va javobini topish, so‘z va gaplarni o‘qish, rasm asosida so‘zlab berish kabilar turadi.

O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O‘qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o‘qish va yozish faoliyatida o‘quvchi uchun qiyinchilik tug‘dirgandek tuyulsa-da, aslida o‘qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko‘p emas. O‘qish va yozishni o‘zlashtirish uchun tovush va harflarning o‘zaro munosabatiga oid qoidalarni o‘zlashtirish kifoya. Savod o‘rgatish metodikasida o‘zbek tili tovushlar va harflar tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixat bilan yozishga o‘rgatish metodikasi ularda aniq, Chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini, o‘qitish usullarini, yozuvga o‘rgatishning gigenik shartlarini, o‘quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.




Download 371,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish