3 – Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Kasblarning tiplari, turkumlari, bo‘limlari, guruhlari
Kasblar klassifikatsiyasi uchun har xil belgilarni asos qilib olish mumkin. Masalan,
ularning nomlari boshlanadigan birinchi harflar bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin. Bu
xuddi lug‘atlarning tuzilishiga o‘xshagan bo‘ladi. To‘g‘ri, bunday klassifikatsiyadan
kasb tanlash uchun foydalanish unchalik qulay bo‘lmaydi, chunki kasb tanlash uchun
eng avvalo o‘sha kasbning nomini bilish kerak. Hamma gap shundaki, ko‘p
hollarda
kasbning nomi, uning qanday atalishi kasb tanlayotgan kishiga ma’lum bo‘lmaydi.
Masalan, aytaylik, siz yaxshi rasm chizasiz, bu mashg‘ulot sizga juda yoqadi va siz
bundan keyin ham o‘zingizdagi mana shu rasm chizish qobiliyati kerak bo‘ladigan
joyda ishlashni xohlaysiz. Xo‘sh, aytingchi, siz gazmol ishlab chiqarishda rasmlardan
nusxa ko‘chiruvchi
degan kasb borligini, poligrafiyada — dizayner, kolorist,
retushyor kasbi, badiiy-zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalarda
inkrustator kasbi borligini bilasizmi? Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.
Kasblarni yana ular xalq xo‘jaligining qaysi sohasiga taalluqli ekanligiga qarab ham
joylashtirib chiqish mumkin. Bunday klassifikatsiya korxonalar va o‘kuv yurtlarining
rahbarlari uchun qulay bo‘lsa ham, lekin kasb tanlayotgan kishiga unchalik qo‘l
kelmaydi.
Chindan ham, masalan, birgina tikuvchilik sanoatining o‘zida modelyer-
konstruktorlar,
texnologik
jihozlarni
sozlovchilar,
chilangarlar,
gazmolni
saralaydigan xisobchi-tanlovchilar, qirquvchilar,
tikuvchi-motoristlar, buxgalterlar,
ektisodchilar, singari juda ko‘p kasblar mavjud. Lekin kishining shaxsiy fazilatlari
(qiziqishlari, mayllari,
qobiliyatlari, hosil qilgan tajribasi) bilan sanoatning bir
tarmog‘idagi kasblarni butunlay qamrab olish mumkinmi? Albatta, yo‘k. Shuning
uchun ham tarmoq belgilari bo‘yicha tuzilgan klassifikatsiyadan emas,
balki
odamning o‘zidan, ya’ni mehnatda bevosita ishtirok etadigan kishining o‘zidan kelib
chiqadigan belgilarga qarab tuzib chiqilgan klassifikatsiyadan foydalanish kasb
tanlayotgan kishi uchun qulay bo‘ladi.
Chindan ham, odam ishlayotgan vaqtda uning diqqat-e’tibori sohaga emas (bu soha
qanchalik yaxshi, obro‘-e’tiborli va boshqa ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lishiga
qaramay), balki mehnat predmeti (obyekti) ga qaratilgan bo‘ladi. Mana shu
predmetni ishlatib, nimadir qilish kerak (bu endi mehnatning maqsadi bo‘ladi). Har
qanday
mehnatda qurollar, vositalar mavjuddir. Nihoyat, odam uchun uning qanday
sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga egadir. Kasb tanlashni o‘ylayotgan kishi uchun
qulay bo‘lgan kasblar klassifikatsiyasi mana shu to‘rtta belgiga qarab tuziladi.
Sxematik tarzda olganda, bunday klassifikatsiyani to‘rt qavatli yaruslardan iborat
piramida shaklida tasavvur qilish mumkin . Uning yaruslari:
kasblarning tiplari;
kasblarning turkumlari; kasblarning bulimlari; kasblarning gruppalaridan iborat
bo‘ladi. Eng yuqorida bo‘sh qoldirilgan to‘g‘ri burchak sizning bo‘lajak kasbingizga
mo‘ljallangan.
Kasblarning gruppalari (BONM)
Kasblar klassifikatsiyasini ko’rsatuvchi sxema
Ushbu sxemani siz o‘zingizning kelajakdagi mehnat yo‘lingizni tanlayotganingizda
o‘ylab
olishingizga imkon beradigan, asta-sekin pastdan yukoriga qarab chiqib
borishingiz mumkin bo‘lgan (kasb tipini aniklashdan boshlab uning turkumini
muhokama qilishga utish va hokazo) bir «pillapoya» sifatida qarash mumkin.
Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta tipga bo‘linadi (muqovaning 2-
tomonidagi sxemaga qarang).
1