3 – amaliy mashg‘ulot (2-soat) Mavzu: Qurilishda kompozitsion polimer materiallar


-rasm. Ekstruziya mashinaning ishlash sxemasi



Download 0,76 Mb.
bet3/4
Sana19.04.2022
Hajmi0,76 Mb.
#563338
1   2   3   4
Bog'liq
3-AMALIY

26.3-rasm. Ekstruziya mashinaning ishlash sxemasi
1-solish bunkeri; 2-shnek; 3-golovka; 4-kalibrlovchi moslama; 5-massani tortuvchi moslama; 6-dorn; 7-filtr.


Presslash usulida plastmassa ishchi organi qizdiriladigan presslarda tayyorlanadi. Press qoliplarda press kukunlar issiq holatda presslanib yoki ko‘p qatlamli press qoliplarda listlar, plitalar va panellar bir nechtasi presslanib olinishi mumkin (26.4-rasm). Bu usulda buyum va konstruksiyalar odatda termoreaktiv polimer bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi. Masalan, fenoplastlar, aminoplastlar, yog‘och tolali va payraxali plitalar va boshqalar.

26.4-rasm. Press-qoliplash (shtamplash) sxemasi
a) press-material solish; b) qolipni yopish va presslash; v) buyumni
chiqarib olish; 1-press-material; 2-press-qolipning isitiladigan matritsasi; 3-isitiladigan puanson; 4-press polzuni; 5-elektr isitkich; 6buyum; 7-buyumni chiqaruvchi moslama.
Lentali kompozitsion polimer materiallar va panellarni presslash texnologiyasida tayyorlash uchun ko‘p qavatli gidravlik presslar ishlatiladi. Gidravlik presslar markasiga qarab 10 dan 50 t gacha va undan ortiq quvvatga ega bo‘ladi. Presslarning ishchi organi isitilgan suv, bug‘, elektr moslamalari yordamida qizdiriladi. Buyumlar issiq holatda qizdirilganda jarayon bosim ostida olib boriladi.
Ko‘p qavatli presslarda yog‘och tolali va yog‘och payraxali plitalar, qog‘oz qatlamli plastiklar, uch qatlamli yelimlangan panellar, tekstolitlar va boshqa kompozitsion polimer qatlamli buyumlar tayyorlanadi.
Press-qoliplarda gigiena talablariga javob beradigan polimerlar asosida (poliefirlar, epoksid smolasi va sh.k.) sanitariya-texnika buyumlari, rom va eshik qismlari, qurilish mashina va mexanizmlari qismlari va boshqalar qoliplanadi.
Quyma usulda termoplastik va termoreaktiv polimerlar asosida kompozitsion polimer qurilish materiallari tayyorlanadi. Quyma usulning ikki ko‘rinishi mavjud: oddiy qoliplash va bosim ostida qoliplash. Oddiy usulda polimer kompozitsiyasi isitilgan yoki sovuq holatda qoliplarga quyiladi va mahsulot polimerizatsiya yoki polikondensatsiya jarayonlari natijasida qotadi. Oddiy quyma usulda buyum turli vositalar bilan tekislanishi va zichlashtirilishi mumkin.
Bu usulda buyum ichida havo bo‘shliqlari qolishi ehtimoli hisobiga mahsulot o‘ta yuqori zichlikka ega bo‘lmaydi. Oddiy usulda reaktoplastlar asosida polimerbeton va polimer qorishma plitalari, panellar va konstruksiyalar, organik shishadan turli buyumlar va boshqa dekorativ mahsulotlar tayyorlanadi.
Bosim ostida quyish usulida asosan termoplastik polimerlardan buyumlar olinadi. Bu usulda polimer qovushoq-oqma holatgacha quyish mashinasining qizdiriladigan silindrida qizdiriladi va plunjer ochilib massa qolipga bosim ostida xaydaladi. Eritma 20 MPa gacha bosim ostida qoliplanishi mumkin. Qoliplarni tez bo‘shatish maqsadida ular sovuq suv bilan sovitiladi (26.5-rasm). Bu usulda polietilen, polipropilen, polistirol va shu kabi termoplastik polimerlar asosida buyumlar tayyorlanadi.
Bosim ostida quyilganda buyum ichki nuqsonlarsiz bo‘ladi, zichligi va mustahkamligi ortadi; texnologik jarayonni to‘la mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin.




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish