Kalitlar
Aytib o`tilganidek, munosabatda takrorlanuvchi kortejlar bo`lmasligi
kerak. Shuning uchun har bir kortejni noyob tarzda bitta yoki bir nechta atributlar
yordamida identifikatsiyalash imkoniyati bo`lishi kerak. Bu atributlar kalit
deyiladi.
Amaliy ish jarayonida kortejni- yozuv, atributuni maydon deyishadi.
Birlamchi kalit
- atributlar yoki ular to`plamning shunday elementidan iboratki, u
yagona tarzda bitta yozuv yoki guruhni belgilaydi. Birlamchi bo`lmagan boshqa
atributlarning birlashishdan tuzilgan kalit, tarkibli (birlashgan) kalit bo`ladi.
Kalit BB loyhalash va uni amalga oshirish jarayonida turlicha ma’no kasb
etadi. Loy-halash jarayonida kalit munosabatdagi satrni bir ma’noda tasvirlovchi
bo`lib, bitta yoki bir nech-ta tushiniladi. Har bir munosabat kamida bitta kalitga ega
bo`ladi , chunki har bir kortej noyob hisoblanadi. Maksimal tarzda kalit
munosabatdagi hamma domenlarning birlashmasidan tuzilishi mumkin.
Loyhani amalga oshirish jarayonida kalit atamasi boshqacha tushuniladi.
Ko`pgina relatsion BBBT kalit sifatida ustun olinadi va shu asosda boshqarish tizimi
indekslar yaratadi. Indeks berililgan ustundagi qiymatlarni tezda topishga imkon
yaratadi. Bu kalitlarning noyob bo`lishi shart emas, chunki ular faqatgina tezlikni
oshirishga xizmat qiladi.
Ana shu kalitlarni bir- biridan farqlash uchun mantiqiy va fizik kalitlar deb
atashadi. Mantiqiy kalit bu ustunni noyob elementlarini, fizik kali teas tezlikni
oshiruvchi indeksdan iborat.
Berilgan munosabatlarning kortejini yagona tarzda aniqlovchi atribut yoki
atributlar majmuasi super kalit deyiladi. Super kalit munosabatdagi har bir kortejni
bir qiymatli aniqlaydi. Lekin super kalit noyob identifakatsiyalash shart bo`lmagan
qo`shimcha atributlarni ham saqla-shi mumkin. Bizni noyob identifikatsiyalash shart
atributlar qiziqtiradi.
Berilgan munosabatning superkaliti bo`lgan va qism to`plami bo`lmagan
superkalit, nomzod kalit deyiladi. Berilgan R munosabatning N nomzod kalit ikkita
xossaga ega:
Noyoblik. R munosabatning har br kortejida N nomzod kalitning qiymati
shu kortejni yagona ravishda identifakatsiyalaydi.
Keltirib bo`lmaslik. N nomzod kalitning mumkin bo`lgan qism
to`plamidan hech biri noyoblik xususiyatiga ega emas.
Munosabat bir nechta nomzod kalitlarga ega bo`lishi mumkin. Agar kalit
bir nechta atributlardan iborat bo`lsa, u tarkibli kalit deb ataladi.
Takrorlanuvchi qismga ega munosabatni, ikki qismga ajratib , biriga shu
takrorla-nuvchi qismni alohida munosabatga ajratsak, biz shu munosabani
normallashtirgan bo`lamiz. Hosil bo`lgan yangi munosabat o`z nomiga ega bo`ladi.
Yangi munosabat o`zining kalitiga ega bo`lishi va u kortejlarni bir qiymatli aniqlashi
kerak.
Nomzod kalitni identifikatsiyalash uchun ishlatiladigan atributlarning
“haqiqiy dun-yo” dagi ma’nosini chuqur bilish kerak. Faqat shu asosda
takrarlanuvchi qiymatlar mavjudligi haqida qaror qabul qilish mumkin. Ana shu
semantic ma`lumotga ega bo`lingandagina, atribut-larning kombinotsiyasi
munosabatning nomzod kalti bo`ladi, deb kafolat berish mumkin.
Munosabatdagi kortejlarni noyob identifikatsiyalash tanlangan nomzod
kalit, birlam-chi kalit deyiladi. Munosabatdagi kortejalar nusxasi bo`lmagani uchun,
uni har bir satrini noyob tarzda identifikatsiyalash mumkin, Bundan munosabat
doimiy ravishda birlamchi kalitga ega bo`lishi kelib chiqadi. Birlamchi kalit sifatida
tanlanmagan nomzod kalitdir, muqobil kalitlar deyiladi.
Munosabatdagi atribut yoki atributlar to`plami boshqa munosabatdagi
(yoki o`zidagi) nomzod kalitga mos kelsa, u tashqi kalit deb ataladi. Agarda bitta
atribut bir nechta munosabat-larda ishtirok etsa, shu munosabatlarning kortejlari
orasida aloqalar mavjudligini bildiradi
Relatsion modelda ixtiyoriy sondagi normal munosabatlar bo`lishi
mumkin. Relatsion chizmalarning qabul qilingan belgilash usulida munosabat
nomi va qavsda atributlar nomi ketma - ket yozilib vergullar bilan ajratiladi.
Birlamchi kalitlarning tagiga chiziladi.
Berilganlar bazasidagi hamma relatsion chizmalar konseptual modelni
yoki konsep-tual chizmani xosil qiladi. Relatsion modeldagi har bir aloqa nomi,
majburiyati, turi va darajasi bilan tafsiflanadi. Aloqani fakultativ va majburiy
xillarga ajratiladi. Agarda bir turdagi ma’no bi-lan zaruriy bog`langan bo`lsa, u
holda ular orasidagi aloqa majburiy aloqa deyiladi vaikkilangan chiziq bilan
belgilanadi. Qolgan vaziatlardagi aloqalar fakultativ aloqalarga kiradi.
Aloqaning darajasi shu aloqalar bilan bog`langan munosabatlarning soni
bilan aniqla-nadi. Bunda ayrim munosabatlarning kalitlari o`zidan yuqoridagi
darajada turuvchi munosabat-larning kaliti bilan mos kelishi mumkin. Misol uchun:
ISH FAOLIYATI munosabati (XIZ-MATCHI_RAQAMI, tayinlanish_SANASI)
birlashgan kalitdan iborat, uning tarkibida o`zidan yuqoridagi munosabatning
XIZMATCHI_RAQAMI kalit bor. XIZMATCHI munosabati esa faqat
XIZMATCHI_RAQAMI kalitidan iborat bo`lib, bu kalit yozuvning qolgan
atributlarini bir qiymatli aniqlaydi va unga yuqori darajadagi munosabatning kalitini
keltirish kerak emas.
Chizmalarda milga ega chiziqlar bilan ko`rsatilgan aloqalar, BB amalga
oshirishda ilovalarda qaysi yo`l bo`yicha harakatlanish zarurligini bildiradi. Ba’zi
bir yo`naltirish vositalari hamma ana shunday yo`llar bo`yicha normallashgan
tasvirlardan iborat bo`lishi kerak. XIZ-MATCHI munosabatidan FARZANDLAR,
ISH FAOLIYATI va MAOSH O`ZGARISHI muno-sabatlariga o`tuvchi yo`llar
soda amalga oshirilishi mumkin , chunki uchta kortej ham XIZMAT-
CHI_RAQAMI
elementiga
ega.
XIZMATCHI
munasabatdan
BO`LIM
munosabatiga o`tish yo`li ham amalga oshirilishi mumkin, chunki XIZMATCHI
munosabati BO`LIM_RAQAMI elemen-tidan iborat. BO`LIM _RAQAMI
elementidan foydalanishni talab qiladi. Faqat bunda ikkilamchi kalit sifatida
ishlatiladi
Chizmaning normallashgan shakli:
-
BO`LIM (BO`LIM RAQAMI, BO`LIM NOMI, HISOBOT, RAHBAR,
BUDJET)
-
ISH (BO`LIM RAQAMI , ISH RAQAMI, ISH TAFSIFI)
-
XIZMATCHI (XIZMZTCHI RAQAMI, XIZMATCHI NOMI,
BO`LIM_RAQAMI, MAOSH, LOVOZIMI,MANZIL)
-
MAOSH O`ZGARISHI (XIZMATCHI RAQAMI, MAOSH O`ZGA-RISH
SANASI, MAOSH)
-
FARZANDLAR (XIZMZTCHI RAQAMI , BOLA ISMI, BOLA YOSHI,
JINSI)
-
ISH FAOLIYATI (XIZMZTCHI RAQAMI , TAYINLANISH SANASI,
LOVOZIMI)
XIZMATCHI munosabatini BO`LIM_RAQAMI elementlari bo`yicha tartoblash
kerak.
Chizmani normallashtirish uchun birlamchi kalit elementlaridan
foydalanish talab qilinmaydi. Har bir kalitni kortej bir xilda identifakatsiyalaydi.
Lekin qo`shimcha atriutlar kiritilganligining sababi, munosabatlar orasidagi
aloqalarni kuzatish orqali daraxt cho`qqisiga chiqish.
Chizmani normallashda qo`shimcha berilganlar elementi ikkita sabab bilan
qo`shilishi mumkin. Birinchidan, birlamchi kalit qo`shilib hosil bo`lgan tarkibli
kalit, kortejni bir qiymatli identifikasiyalaydi. Ikkinchisidan, an’anaviy
chizmalardagi milli chiziqlar orqali ifodalangan yo`l tafsiflash uchun ishlariladi.
Ikkilangan milli chiziqlar ikkinchi darajali kalitlarga ishlov oddiy tartiblashdan va
ikkinchi indekslardan foydalanishlardan iborat bo`lishi mumkin.
Chizmaning normallashgan shakli:
-
BO`LINMA (BO`LINMA RAQAMI, BO`LINMA NOMI, RAHBAR)
-
BINO (BINO RAQAMI, BO`LINMA RAQAMI, SHAHAR, MANZIL,
XIZMATCHILAR SONI)
-
BO`LIM (BO`LIM RAQAMI, BO`LINMA RAQAMI, BO`LIM NOMI,
RAHBAR)
-
XIZMATCHI (XIZMATCHI RAQAMI, BO`LIM RAQAMI, XIZMATCHI
ISMI, MAOSH, LOVOZIMI)
-
LOYIHA (LOYIHA RAQAMI, BO`LIM_RAQAMI, LOYIHA NOMI,
TUGASH SANASI)
-
BUDJET(BUDJET RAQAMI, LOYIHA_RAQAMI, REJALASH DAVRI,
JAMI)
Normal chizmaga qo`shimchalar:
Agarda yangi ilovalar , kortejga yangi berilganlar elementlarni qo`shish
talab qilsa yoki foydalanuvchining berilganlar xususidagi fikri o`zgarsa, relatsion
BB buni yaratilishi jara-yonida hisobga olishi kerak. Berilganlarni yangi
elementlarni qo`shish yoki yangi o`shish yoki yangi munosabatni yaratish evaziga,
mavjud munosabatlar orasida yangi aloqalar ham o`rnati-lishi mumkin.
Daraxtsimon tuzilishga qo`shimcha aloqalarni kiritish natijasida u tarmoq
tuzilishidagi berilganlar modeliga aylangan. Buning uchun, XIZMATCHI va BINO
munosabatlari orasidagi aloqa BINO RAQAMI elementi XIZMATCHI
munosabatiga XIZMATCHI va LOYIHA muno-sabatiga qo`shiladi. Demak ikkita
yangi atributlarni munosabatlarga qo`shish va yangi munosa-batlarni yaratish
natijasida qo`shimcha aloqalarga ishlov berilad.
BINO va BO`LIM munosabatlari orasidagi aloqalar M:M turidan iborat.
Bir binoda bir nechta bo`lim va bir bo`lim bir nechta binoda joylashishi mumkin.
Agarda BINO munosaba-tiga yangi BO`LIM_RAQAMI atributni qo`shadigan
bo`lsak bir bino uchun bir nechta bir xilda-gi kortejlar qo`shiladi, bu esa
munosabatni ortiqchalikka olib keladi. Shuning uchun BINO RAQAMI va
BO`LIM_RAQAMI atributlardan iborat JOYLASHISHISH munosabati yaratiladi.
Bu berilgan bo`limning qaysi bo`limning qaysi binolarda joylashishi va berilgan
binoda qaysi bo`limlar joylashganinin topish imkoniyatini beradi.
Umuman , relatsion BB yangi munosabatlar qo`shilganda, eski aloqalar
buzulmasli-gini ta’minlashi kerak.
Tarmoq tuzilishini, xuddi iyerarxik tuzilishi kabi oson normallashtirish
mumkin. Natijada hosil bo`lgan normallashgan chizma:
-
BO`LINMA (BO`LINMA RAQAMI, BO`LINMA NOMI, RAHBAR)
-
BINO (BINO RAQAMI, BO`LINMA RAQAMI, SHAHAR, MANZIL,
XIZMATCHILAR SONI)
-
BO`LIM(BO`LIM RAQAMI, BO`LINMA RAQAMI, BO`LIM NOMI,
RAHBAR)
-
XIZMATCHI(XIZMATCHI RAQAMI, BO`LIM_RAQAMI, BINO
RAQAMI, LOYIHA RAQAMI, XIZMATCHI ISMI, MAOSH,
LOVOZIMI)
-
LOYIHA(LOYIHA RAQAMI, BO`LIM_RAQAMI, LOYIHA NOMI,
TUGASH SANASI)
-
BUDJET (BUDJET RAQAMI, LOYIHA RAQAMI, REJALASH DAVRI,
JAMI)
-
Do'stlaringiz bilan baham: |