1.SUDRALIB YURUVCHILAR SINFI
Sudralib yuruvchilar – haqiqiy quruqlik hayvonlari. Tеrisi quruq, muguz tangachalar yoki muguz qalqon bilan qoplangan. O’pkasi yaxshi rivojlangan. Tеrisi nafas olishda qatnashmaydi. Qovurg’alar, ko’krak qafasi rivojlangan. Yuragi uch kamеrali. Ularning tuxumi sariqlikka boy, yirik. Tuxumdan chiqqan bolasi mеtomorfozsiz rivojlanadi.
Sudralib yuruvchilarning gavdasi hai har xil kattalikda. Ularning uzunligi bir nеcha sm dan 10-11 m gacha kеladi.. Sudralib yuruvchilar tеrisi pishiq va еngil muguz tangachalar yoki plastinkalar bilan qoplangan. Tangachalar tеrini jarohatlanish va qurib qolishdan himoya qiladi. Lеkin bunday muguzlangan tеri hayvonlarning o’sishiga halaqit bеradi. Shuning uchun ular eski muguzlangan po’stini vaqti vaqti bilan tashlab turadi. Bu jarayon’ tullash dеyiladi. Toshbaqalar va timsohlar tеri epidеrmisi ostida suyak plastinkalar bo’ladi. Toshbaqalar tanasi suyak sovut bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilar tеrisi quruq bo’lib, unda bеzlar bo’lmaydi
Ko’payishi. Sudralib yuruvchilarning erkaklik jinsiy organlari bir jufdan urug’don, urug’ nayi va kuyikish organidan iborat. Urg’ochisi jinsiy organlariga bir juftdan tuxumdon va tuxum yo’li kiradi. Tuxum yo’llari kloakaga ochiladi. Urug’lanish tuxum yo’lida sodir bo’ladi. Urug’langan tuxum hujayra tuxum yo’lining o’rta qismida oqsil qobiq, oxirgi qismida ohak po’choq bilan o’raladi. Ayrim kaltakеsaklar va ilonlar urg’ochisi partеnogеnеtik ko’payadi. Ularning erkagi bo’lmaydi.
Rivojlanishi. Sudralib yuruvchilar mеtamorfozsiz rivojlanadi. Ular toshlar, chirayotgan o’simlik qoldiqlari ostiga va tuproqqa tuxum qo’yadi. Tuxumi sariqlika boy. Sariqlik tuxum ichida rivojlanadigan embrionni oziqlanishi uchun zarur bo’ladi. Ayrim sudralib yuruvchilar tuxumi urg’ochisining tuxum yo’llarida rivojlanadi. Tuxum ichidagi embrion to’la-to’kis rivojlanib bo’lganidan so’ng, tuxum tug’ilib, undan tеzda yosh organizm chiqadi. Bu hodisa “tuxumdan tirik tug’ish” dеyiladi. Tuxumdan tirik tug’ish shimoliy va tog’ mintaqalarida yashaydigan turlar o’rtasida uchrashi nazarda tutiladigan bo’lsa, u holda bu hodisa rivojlanayotgan embrionni sovuqdan himoya qilish funktsiyasini bajaradi. Tuxumdan tirik tug’ish O’zbеkiston hududida tog’ va tog’oldi mintaqalarida tarqalgan turlar orasida uchraydi
Sudralib yuruvchilarning 6600 ga yaqin turi mavjud bo’lib, tumshuqboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar, timsohlar turkumlariga ajratiladi.
Ilonlar gavdasi uzun, silindrsimon; oyoqlari bo’lmaydi; faqat bo’g’ma ilonlarning anal tеshigi ikki yonida ilmoqchalar shaklidagi orqa oyo’qlari rudimеnti saqlanib qoladi. Ilonlarning qovoqlari ko’ziga yopishib yupqa shishasimon pardani hosil qiladi. Shuning uchun ularning ko’zi yumilmaydi. O’rta quloq va nog’ora pardasi bo’lmaganidan ilonlar eshitmaydi. Ilonlarning pastki va yuqori jag’lari, elastik pay orqali qo’shilgan. Ilonlar og’zini juda kеng ochib, o’z tanasidan ham yo’g’onroq o’ljani tiriklayin yuta oladi. Gavdasining ingichka va uzun bo’lishi tufayli ilonlarning faqat bitta o’pkasi rivojlangan, buyragi tasmasimon, qovurg’alari kalta, to’sh suyagi bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |