2.“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Maktabgacha taʼlim tizimining rivojlantirish imkoniyatlari



Download 24,13 Kb.
bet2/2
Sana22.06.2022
Hajmi24,13 Kb.
#690348
1   2
Bog'liq
2.“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Maktabgacha ta lim

Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi
Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda
maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy
faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi
bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
 davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
 maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
 maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
 maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv
organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib,
I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi
1Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab berilgan.
 bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
 maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;  bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
 bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
II-bob:- MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni:
-MTM ta’lim jarayonining maqsadlari
-MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
-Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
-Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati
-Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillariaks ettirilgan bo‘lib:
-O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
 bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
 ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
 bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan,
uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
 bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
 o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
 bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
 bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
 MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
 milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati
Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
 ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
 ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
 ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
 ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga oladi.
 «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari
 «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
 «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari
 «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
 «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.

Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.


VI- O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bunda:- MTMlarda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.
V-bob Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari
MTM pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to‘ldiriladi
2 (3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to‘ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
6- Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida
Maktabgacha ta’limmuassasasidaquyidagi mazmunda:
-ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi,
-madaniy-tarixiy qadriyatlar:
-milliy va mintaqaviy an’analar;
-tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi yoritiladi;
7-bob. Ilovalarni o‘z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo‘llashning mazmun va moxiyati yoritib beriladi.
Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar)
O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojiga oid
Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va
samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydilar.
Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi:
 maqsadli– bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;
 mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;
 tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.
Ushbu o‘quv dasturi eng yaxshi xalqaro amaliyot hamda Janubiy Koreya tajribasi asosida ishlab chiqilgan.
“Ilk qadam” o‘quv dasturining asosiy maqsadi hayoti davomida uzluksiz rivojlanishga qodir bo‘lgan shaxsni shakllantirish.
Ushbu zamonaviy pedagogik tizimning asosiy o‘ziga xosligi bolalarda o‘qishga qiziqish uyg‘otish hisoblanadi. Bu esa bolalarni ta’lim jarayoniga qiziqtirishga alohida e’tibor berish kerak deganidir”, — deydi maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Sobitxon Turg‘unov.

Tizimdagi yana bir qiziqarli yangiliklardan biri bu bolaning rivojlanish kartasi paydo bo‘lishidir. U o‘zida bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi. Karta bir yilda uch marta to‘ldiriladi. Bola maktabgacha ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng ya’ni 6—7 yoshda bolaning maktabga tayyorligi kartasi ham to‘ldiriladi.


Ushbu jarayon davlatning yangi talablariga asoslanadi. U bola rivojlanishining beshta asosiy yo‘nalishini qamrab oladi:
– Jismonan rivojlanish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirish;
– Ijtimoiy — emotsional rivojlanish;
– Nutq, suhbatlashish, o‘qish va yozishdagi yutuqlari;
– Bilim olish jarayonining rivojlanishi;
– Ijodiy rivojlanish.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni. 2017 yil 30 sentyabr. 2. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasimaktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019 yil 8 maydagi PQ-4312- son Qaroriga 1-ilova. 3. “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh-son buyrug‘iga ILOVA. 4. «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi. –Toshkent., 2018 y. 5. SHayxova X.Intellektual salohiyat – taraqqiyot mezoni.–T.: “O‘zbekiston”, 2011–12 b. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni. 2017 yil 30 sentyabr. 7. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019 yil 8 maydagi PQ-4312- son Qaroriga 1-ilova. 8. “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh-son buyrug‘iga ILOVA. 9. «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi. –Toshkent., 2018 y. 10. SHayxova X.Intellektual salohiyat – taraqqiyot mezoni.–T.: “O‘zbekiston”, 2011–12 b.
3.MAKTABGACHA TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Bugungi kunda jahonning ilg`or mamlakatlarida ta‘lim tizimini isloh etishga katta ahamiyat berilmoqda. Buning natijasida inson paydo bo`lishidan to umrining oxirigacha davom etadigan tarbiya va o`qitishni yaxlit ajralmas tizim deb qarashga va uni amaliyotga tatbiq etishga undalmoqda. Bunda yosh ota-onalar, ijtimoiy muhit va bolaning olamini o`zaro bog`langan va harakatdagi tizimini yaratish e‘tiborga molikdir. Bu tizimni o`rganadigan fanlar yangi yondashuvlar, tamoyillar, metod va qarashlar bilan yanada boyib bormoqda.
Bunday zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar, ta‘lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta‘lim, fan, texnika va texnologiyalarning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta‘lim dasturlarini o`zgartirib, yangilab borishni ko`zda tutadi.
Respublikamiz maktabgacha ta‘lim tizimi sohasida ham ilg`or xalqaro tajribalarni ommalashtirish, tizimda faoliyat ko`rsatadigan pedagog xodimlarni kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini taklif qilish, maktabgacha ta‘limga qo`yilgan davlat talablarini bajarish yo`nalishlarini belgilab berish, maktabgacha ta‘lim dasturlarini takomillashtirishga oid takliflarni ilgari surish, sohaga oid davlat siyosatini amalga oshirishga yo`naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqish kabi ustuvor vazifalarni belgilab olishga e‘tibor qaratilmoqda.
Maktabgacha ta‘lim uyg`un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bo`lgan muaassasadir.
Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta‘limni rivojlantirish va samarali faoliyat ko`rsatishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo hali sohada yechimini kutayotgan qator kamchiliklar bor. Jumladan, joylardagi maktabgacha ta‘lim muassasalarida moddiy-texnik bazaning nochorligi, malakali kadrlar etishmasligi, sifatli oziq-ovqat ta‘minotining pastligi kabilar bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan to`liq qamrab olishni ta‘minlashga imkon bermayapti.
Aytish kerakki, bu o`ta muhim va dolzarb vazifalarni tez va sifatli bajarish Prezidentimiz
SHavkat Mirziyoevning doimiy e‘tiborida bo`lmoqda. 2017 yil 9 sentyabr kuni qabul qilingan
―Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori ushbu fikrimizning amaliy ifodasidir. Qarorda maktabgacha ta‘limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o`quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta‘lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik ta‘minotini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Unga ko`ra, maktabgacha ta‘lim tizimini tanqidiy o`rganish va faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo`yicha komissiya tashkil etildi Ushbu komissiya maktabgacha ta‘lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo`shliqlarni, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlil qilish, sohada davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy rag`batlantirishga, pedagog kadrlarni sifatli tayyorlash va malakasini oshirishga, xususiy sektorni rivojlantirishga to`sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o`rganish kabi bir qator dolzarb vazifalarni bajarishi nazarda tutilgan. Ayniqsa, ilg`or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sifatli maktabgacha ta‘limni tashkil etishga davlat talablarini qayta ko`rib chiqish, bolalarni qabul qilishning amaldagi tartibini, vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini tanqidiy o`rganish ham bevosita komissiya zimmasiga yuklandi.
2018 yil 1 yanvardan boshlab, Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta‘lim muassasalari tashkil etilishi ham sohada o`ziga xos yangilik, deyish mumkin. Buning uchun investorlarga yer uchastkalari, bo`sh turgan binolarfoydalanish uchun ajaratiladi. Ularga soliq imtiyozlari va imtiyozli kreditlar beriladi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha ―Yo`l xaritasi‖ tasdiqlanib, shu asosda aniq chora-tadbirlar belgilandi. Maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish, xorij tajribasidan foydalanib, milliy tizimni yanada rivojlantirishga doir amaliy ishlarni bajarish ko`zda tutilgan. Bir so`z bilan aytganda, Prezidentimizning ―Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi qarori maktabgacha ta‘lim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish, yosh avlodning barkamol va etuk shaxs bo`lib ulg`ayishida muhim ahamiyat kasb etadi.E‘tirof etish joizki, ta‘lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo`g`ini hisoblangan maktabgacha ta‘limda jadal o`zgarishlar yuz bermoqda.
O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘lim Konsepsiyasida ular quyidagicha izohlanadi: maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyatining huquqiy-me‘yoriy asosi takomillashmoqda;
maktabgacha ta‘lim muassasalari moliyaviy-xo`jalik faoliyatining yangi turlariga o`tmoqda;
nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog`i kengaymoqda; ta‘limning ilg`or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta‘lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi ―2017-2021 yillarda
maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta‘minlashda bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta‘lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi. Maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha 2017-2021 yillarga mo`ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
Ta‘lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo`g`ini hisoblangan maktabgacha ta‘limda jadal o`zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo`lmoqda:
maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyatining huquqiy-me‘yoriy asosi takomillashmoqda;
maktabgacha ta‘lim muassasalari moliyaviy-xo`jalik faoliyatining yangi turlariga o`tmoqda;
nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog`i kengaymoqda;
ta‘limning ilg`or texnologiyalari joriy etilmoqda;
xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda;
qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta‘lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda.
Ta‘limning keyingi bosqichi esa, maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo`naltirilgan ta‘lim va tarbiya jarayonidir.
Download 24,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish