Hozirgi vaqtda General Motors avtomobil markalariga ega: Buick, Cadillac, Chevrolet, GMC va Holden. Ilgari ishlab chiqarilgan: Oldsmobile, Pontiac, Hummer, Saturn, Asuna, Acadian, Alpheon, Geo.
GM bir qator kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, bozorlarni baham koʻradi va avtomobil va dvigatellarni birgalikda rivojlantiradi. Bunday kompaniyalar orasida Italiyaning Fiat Auto SpA (brendlar Fiat, Alfa Romeo, Lancia, Ferrari, Maserati), Fuji Heavy Industries Ltd. (Subaru), Isuzu Motors Ltd. (GM tijorat transport vositalari va dizel dvigatellari uchun ishlab chiqarish, Isuzu markasi), Suzuki Motor Corp. Yaponiya (Suzuki).
Bundan tashqari, GM Janubiy Koreyada 2011-yil boshida toʻxtatilgan GM Daewoo Auto & Technology Co. (Daewoo savdo markasi) kompaniyasining eng katta ulushiga ega.
UzAutoMotors (1996-2008-yillarda UzDaewooAuto, 2008-2019-yillarda GM Uzbekistan — Janubiy Koreyaning „Daewoo“ va Oʻzbekistonning „OʻzAvtoSanoat“ kompaniyasi hamkorligida ochilgan qoʻshma yillik quvvati 200,000 avtomobilni tashkil etadi.[1] GM O'zbekistondagi eng katta monopolistic kompaniyalardan biri. (Monopoliya - iqtisodiyotning ma'lum sohasida tanho hukmronlikdir) Oxirgi 5yil ichida kompaniya o'z mahsulotlari narxini aql bovar qilmas tarzda oshirgani uchun ko'plab noroziliklarga sabab bo'lmoqda. „Oʻzavtosanoat“ Bo Anderssonni oʻzining eng yirik korxonalari — „UzAutoMotors“ va „UzAutoMotors Powertrain“larning bosh direktori etib tayinladi[3]. Qayd etilishicha, u Shvetsiya Harbiy Akademiyasi hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi. Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavr diplomini olgan. Bo Andersson avtomobilsozlik sohasidagi top-menejer boʻlib, sohasidagi faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning „Saab Automobile AB“ kompaniyasida boshlagan.
1993-yildan 2009-yilgacha xarid yoʻnalishida turli raxbar lavozimlarni egallagan va 2001–2009-yillarda „General Motors“ning global xarid boʻlinmasiga rahbarlik qilgan. 2009-yildan 2013-yilgacha „Gruppa GAZ“ korxonasiga prezidentlik qilgan. Bu davrda Andersson «Gruppa GAZ» biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqa olgan. 2014-yildan 2016-yilgacha „AvtoVAZ“ prezidenti etib tayinlangan. „Gruppa GAZ“da boʻlgani kabi Andersson „AvtoVAZ“da ham toʻliq transformasiyani amalga oshirgan. U „AvtoVAZ“ni tark etgach, eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlgan „Yazaki Europe, Africa, North & South America“ korporasiyasiga 4 yil rahbarlik qilgan.
Boga qadar „UzAutoMotors“ bosh direktori etib Rustam Rajabov tayinlangandi[4]. U kompaniyaning 2021-yildagi natijalari koʻrib chiqilgunga qadar, biroq 2022-yil 30-iyundan kech boʻlmagan, bir yillik muddatga tayinlangandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |