29-savol: Bintli bog‘lamlarning afzalliklari va kamchiligi



Download 7,92 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi7,92 Mb.
#307368
Bog'liq
Bintli bog‘lamlar,afzallik va kamchiliklari, turlari va usullari


29-savol:Bintli bog‘lamlarning afzalliklari va kamchiligi.

Desmurgiya (grekcha “desmos” aloqa, bog‘lam, qiyiqcha, harakat, ish ma’nosini bildiradi, sinonimi desmologiya) umumiy xirurgiyaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, bog‘lamlar turi va bog‘lam qo‘yish qoidalari to‘g‘risidagi ta’limotdir.

Bog‘lam deganda bemor tanasiga davo maqsadida mahkam o‘rab bog‘langan

Bog‘lov materiali tushuniladi. Jarohatga yoki tananing boshqa qismlariga davo maqsadida qo‘yiladigan bog‘lov materiali, bog‘lamni almashtirishga esa qayta bog‘lash deyiladi.

Materialning qo‘llanilishiga ko‘ra bog‘lamlar ikki guruhga Yumshoq (platsirli, kleolli, kolloidli, ro‘molli, leykoplatsirli va bintli) va qattiq (deksrinli, kraxmalli, gipsli) bog‘lamlarga bo‘linadi.

Bintli bog‘lamlar. Bu bog‘lamlar bintning bir parchasidan bitta butin bintdan yoki bintning bir necha o‘ramlari yordamida bog‘lanadi.

Bintli bog‘lamlarni afzalliklari:

1)Qulayligi;

2)Tananing barcha sohalariga bog‘lam qo‘yish mumkin;

3)Tanani mahkam va baravar bosib turishi;

4)Doka bug‘ni o‘zida tutib qolmaydi,bu esa bog‘lovlarni qurishiga halaqit bermaydi;

5)turli usullarda bog‘lash mumkinligi;

Bintli bog‘lamlarni kamchiliklari:

1)Bintli bog‘lam holati o‘zgarishi (bemor uxlaganda,bog‘lovga teginib yuborganda) mumkin;

2)Bog‘lov kamida har kuni almashtirilib turishi kerak;

3)Bir marta ishlatish mumkin;

Oyoq, qo‘l panjasi barmoqlarini bog‘lash uchun kambar bintlar (3-5-7sm); bosh, panja, bilak boldirini bog‘lash uchun eni o‘rtacha (10-12 sm) bintlar; ko‘krak qafasi, sut bezi va sonni bog‘lash uchun serbar (14-18 sm) bintlar ishlatiladi. Bintlar fabrikada tayyorlanadi yoki ular o‘sha joyning o‘zida dokada kesib tayyorlanadi. Bintning o‘ralgan qismi boshchasi, erkin uchi esa dum qismi deyiladi. Bog‘lam yaxshi bog‘lanishi uchun u qo‘yidagi talablar asosida aniq bajarilishi shart: a) bog‘lam gavdaning kasal qismini bekitib turishi; b) limfa va qon aylanishini buzmasligi; v) bemorga xalaqit bermasligi; g) toza bo‘lishi; d) gavdaga zich yopishib turishi kerak.

Bintlash qoidalari va bog‘lamlarning turlari.

Bintlashda bintni to‘g‘ri o‘rab bog‘lashga yordam beradigan qator qoidalariga rioya qilish zarur. Bemor bintlanadigan qism uchun qulay vaziyatda (tik turgan yoki o‘tirgan) bo‘lishi lozim. Gavdaning tegishli sohasiga berilgan vaziyat bintlashdan keyin saqlanib qolishi kerak. Shu maqsadda turli xil bolishlar, tirgakli yoki maxsus sollardan foydalaniladi. Bintlanadigan soha bint bog‘layotgan kishi ko‘ksi to‘g‘risida bo‘lishi kerak. Bintlash aksariyat chetdan markazga tomon, biroq qator hollarda bog‘lam teskari yo‘nalishda bog‘lanadi. Bintning mahkamlaydigan o‘ramdan keyin uning har bir keyingi o‘rami oldingi o‘ramning yarmini yopib borishi lozim. Bint boshchasini bintlanadigan yuzadan uzoqlashtirmaslik va bir me’yorda toritish kerak. Gavdaning konus shaklidagi qismi (son, boldir, bilak) ni bintlashda bint zich yopishib turishi uchun 1-2 marta aylantirilgandan so‘ng u qayirib bog‘lanadi.

Bintlash oxirida u tikib mahkamlanadi, to‘g‘nag‘ich bilan to‘qnab qo‘yiladi. Bintni jarohat sohasi utsida mahkamlash tavsiya qilinmaydi, balki uni chetroqqa surib mahkamlamoq ma’qul.



MAHALLIY BOG‘LAMNING TURLARI Boshga va bo’yinga qo’yiladigan bog’lamlar. Boshni bog’lash uchun o’rtacha kattalikdagi eni 10-12 sm doka bintlardan foydalaniladi. Peshona, chakka va ensa sohalarini bog’lash uchun sirkulyar – aylanma bog’lamlar ishlatiladi (37-rasm). Katta jarohatlarni (ensa sohasini) himoya qilish uchun har xil qalpoqchalar, qaytalanuvchi bog’lamlar ishlatiladi. Neopolitan qalpoqchasi ensa sohasini, bitta quloq, so’rg’ichsimon o’simta sohalarini yopish uchun tavsiya qilinadi. Bog’lamni bosh atrofidan sirkulyar bog’lam bilan boshlab, yopiladigan quloq, tomongaasta-sekin bint aylanmalari tushirib boriladi, quloq va so‘rg‘ichsimon o‘simta bekilgach, sirkulyar bog‘lam bilan tugallanadi (38-rasm). Gippokrat qalpoqchasi murakkab bog‘lam bo‘lib, unda ikki boshli bitta bintdan yoki ikkita bintdan foydalaniladi. Ba’zan ikkinchi yordamchini talab qiladi. Oldin odatdagidek peshona atrofiga sirkulyar bog’lam qo’yib olinadi va 2-3 turdan keyin oldingi va orqa tomonga qaytuvchi tur aylanma bog’lam qo’yiladi. Har bir qaytuvchi tur aylanma bog’lam bilan qotirib boriladi (39-rasm). Gippokrat qalpoqchasini qo’yishda ikkita bintdan ham foydalansa bo’ladi, unda bitta bint bilan aylanma bog’lam qo’yilsa, ikkinchisi bilan qaytuvchi bog’lam qo’yiladi. Qaytuvchi bog’lamning borib kelishi sirkulyar bog’lam bilan qotirib boriladi. Chepes – boshning eng ko’p tarqalgan bog’lami hisoblanadi. Uning uchun b

itta bint tasmasi (uzunligi 20-30 sm) tepa-ensa sohasidan pastga tortib turiladi (40-rasm). Ikkinchi bint peshona atrofiga aylanma bog’lam qo’yib, ikkinchi turdan boshlab tepa-ensa sohasidan o’tkazilgan bint tasmasiga chapdan o’ngga, o’ngdan chapga bog’lam qilib turiladi. Oldingi va keyingi yarim turlarni ketma-ket bog’lab, boshning sochli sohasini butunlay qoplanguncha davom ettiriladi. Undan so’ng tepa-ensa sohasidan iyakkacha tortib turilgan bint tasmasi iyak pastiga tuguncha qilib bog’lab qo’yiladi. Ba’zan boshni bog’lashda kosinkaga o’xshagan bog’lam ishlatiladi. Ko’z soqqasini operatsiya qilganda yoki ko’zning og’ir kontuziyasidan keyin immobilizatsiya qilishda ishlatiladigan bog’lov – bir ko’zni bog’lash yoki ikkala ko’zni bog’lash xillari mavjud. Yaxshi qo’yilgan b
og’lam ko’z soqqasini ezmasdan, bog’lam ostidagi salfetkani mustahkam ushlab turishi kerak. Bu bog’lamda quloqlar ochiq qolishi kerak. Bog’lam avvalo kalla atrofiga sirkulyar qo’yiladi, keyin boshning tepa sohasidan ensa-kallaning orqa qismidan (41-rasm), quloqning pastki tomonidan yuzga.o‘tadi va u ko’tarilib ko’z soqqasini berkitadi. Bu bog’lamda sirkulyar hamda yuqoriga ko’tariluvchi bog’lamlar ketma-ket qo’yiladi. Ikkala ko’zni berkitish uchun bint aylantirib o’rab liiustahkamlangach keyingi o’rama bosh tepasi va peshona bo’ylab pastga tushiriladi va yuqoridan pastga tomon chap ko’zni berkitadigan qiyshiq o’ram qilinadi, so’ngra bintni ensa orqali o’tkazib, pastdan yuqoriga tomon o’ng ko’zni berkitadigan qiyshiq o’ram qilinadi. Buning natijasida bintning keyingi hamma o’ramlari qanshar sohasida kesishib, ikkala ko’zni berkitadi va tobora pastga tushaveradi. Bintlash oxirida bog’lam gorizontal doira shakl ida o’rash bilan mustahkamlanadi (42-rasm). «Tugunchali» bog’lam qisman murakkab bo’lsada ensa sohasini yaxshi fiksatsiya qiladi. Bu bog’lam iyak sohasida yiringli jarayonlar boNganda, shuningdek pastki jag‘ suyagi singanda birinchi yordam sifatida qo‘llaniladi. Во ‘ у inning orqa chakka sathi sirkulyar tur bint-doka bog‘lam bilan qotirilgach, uni iyak osti qismidan, yuzning chap tomonidan bint bog‘lami chakka va ensa sohasiga o‘tib, iyak osti qismiga tushiriladi. Bu bog‘lam peshona va ensa qismlarida sirkulyar bog‘lab qo‘yish bilan tugallanadi. Agar iyak osti sohasining hammasini berkitish lozim bo‘lsa, bog‘lam miya orqali o‘tuvchi sirkulyar bogiam bilan immobilizatsiya qilinadi. Bo‘yinga qo‘yiladigan bogiam ensa sohasi va bo‘yinni yiringli jarayonlar boiganda berkitish uchun qoilaniladi (43-rasm). Buning uchun «8» simon kombinatsiyalangan bogiam yoki xochsimon bogiam ishlatiladi, chunki boshqa bogiamlar bir-birining ustiga yigilib, uni yaxshi ushlab tura olmaydi. Undan tashqari, bo‘yindagi bogiam nafas olishni qiyinlashtirmasligi, shuningdek, qon tomirlarni ezib qo‘ymasligi kerak. Shuning uchun xochga o‘xshash bogiam turi «8» simon bogiam bilan qotirib boriladi. Ba’zan bo‘yinga qo’yiladigan birinchi va ikkinchi bint turi bogiam yechilib ketmasligi uchun yelim bilan yopishtiriladi. Ko’krak qafasi va yelka sohasi bogiami murakkab boisada, bogiov materiallarini tanada qattiq ushlab turishga muvaffaq boiinadi. U ikki variantda bajariladi va bogiam shikastlangan tomondan boshlanadi. Birinchi variantda bint bogiam odatdagi spiral bogiamdan iborat bo’lib, yelkani ko’krak qafasiga qattiq qisish uchun bir necha tur qo’yiladi (44-rasm). Ikkinchi yo’li boshlang’ich bogiamning davomi b
o’lib, unda shikastlangan qo’ltiqosti qismidan pastga tushib, tirsakning orasidan oldi tomoniga tanaga yaqinlashtiradi va sog’ qo’ltiqosti sohasi tananing orqa qismiga o’tadi. Yelka va bilak yaxshi bint bogiami bilan qotirilguncha ikki-uch marta bogiam qaytariladi. Bu bog’lam ikkinchi variantida avvalo birinchi variantdagidek bogianadi, ikkinchi yo’nalishi esa bilakni ushlab turgan holda sog’ bilak usti qismiga qiyshaytirib yuqoriga ko’tariladi. ‘ Bu bog’lam o’mrov suyagi, yelka-bilak suyaklari singanda va yelka, tirsak bo’g’imlari shikastlanganda (immobilizatsiya uchun shina bo’lmasa) qoilaniladi Dezo bogiami Shikastlangan qoini fiziologik holatda ushlab turgan holda qo‘ltiqqa paxtalik gardish bolish qo‘yiladi va tirsak bo‘g‘imi to‘g‘riburchak hosil qilguncha bukiladi (46-rasm) va qo‘lni ko‘krakka tekkuncha keltiriladi. Dezo bogiami to‘rt marta yuritiladi va bintlash kasal qoi tomon yuritiladi. Birinchi bintlashda bint turi sog‘ tomondan shikastlangan soha tomonga sirkulyar yoi bilan yelkani ko‘krak qafasiga qotiriladi. Ikkinchi bogiam yoii sog‘ qoitiqdan bemor qoi yelkasi ustiga bintni yo‘naltirib, yelka ustidan orqaga va 46-rasm. Pastga tushadi, uchinchi yo‘naltirishda bint bogiami Dezo bogiami tirsak bo‘g‘imini aylanib o‘tib, bilakni ushlab turadi. So‘ngra qiyshiq yo‘nalishda yuqoriga sog‘ tomonning qoitigiga oiiladi, undan ko‘krak qafasining orqasiga bogiam yuritiladi. Toitinchi yoi shikastlangan yelka usti sathdan tirsak bo‘g‘imiga oiadi; u bilakning yuqori qismidan aylanib ko‘krak qafasining orqa tomoniga oiadi va sog‘ tomonning qoitigidan bogiam chiqadi. Aytib o‘tilgan 4 bint yo‘nalishi takroran bir necha marta shikastlangan qoi yaxshi qotirilguncha yuritiladi. Dezo bogiami asosan o‘mrov suyagi singanda birinchi yordam sifatida keng qoilanilsada, ayrim kamchiliklarga ham ega. Ikkinchi va toitinchi bint yurishlari shikastlangan o‘mrov suyagi ustidan oiadi, bemorda ogiiq paydo qilishi va siniqlarining siljishiga olib kelishi mumkin. Velpo bogiami Shikastlangan qoi tirsak koiarilgan holda qoi panjalari sog‘ yelka ustiga qo‘yiladi. Bogiam ikki yo‘nalishga ega boiib, kasal tomondan qiyshiq holda shikastlangan yelka ustidan oiadi. Birinchi bint turi sirkulyar boiib, qoini ko‘krakka mahkamlaydi (47- rasm) va sog‘ tominning qoitigidan oiadi. So‘ngra orqa sathdan shikastlangan yelka ustiga yo‘naltiriladi. Ikkinchi tur kasal yelka usti sathidan, yelkaning tashqi tomonidan tirsakni aylanib oiadi, so‘ngra qiyshaygan holda qaytib, sog1 tomonning qoitigiga oiadi va birinchi sirkulyar bogiam ustidan chiqadi. Bint turlari bir necha marta, to qoi mustahkamlanguncha davom ettiriladi. Bu bogiam ko‘krak bezi olib tashlanganda va yelka chiqishi qayta tiklanganda ishlatiladi. Sut bezini (ko‘krakni) ushlab turuvchi bogiamlar. B
itta sut bezini ushlab turuvchi bogiam. 0‘ng sut bezini (48-rasm) bogiashda bint yo‘nalishi odatda chapdan o‘ngga, chap sut bezini bogiashda o‘ngdan chapga boladi. Avvalo bezning ostidan sirkulyar bogiam qo‘yiladi va spiral bogiam bilan kolarilib, o‘ng sut bezigacha boriladi, so‘ngra uning pastki va ichki sathini bogiam bilan mustahkamlab bintni chap yelka ustiga yuritiladi, undan qiyshiq holda orqaga oiiladi va o‘ng qoitiq chuqurchasidan chiqiladi. Undan so‘ng bezning ostki qismi (3) boglanib, yana yuqoriga, kasal sut bezi (4) ustidan yuritiladi. Bogiam yo‘li 3-4 marta takrorlanadi. Keyin bogiam sut bezining ostki qismida qotirib qo‘yiladi. IKKALA SUT BEZINI BOG‘LASH Bu boglamda (49-rasm) ham avvalo sirkulyar yo‘nalish qilinadi (1). 0‘ng ko‘krak bezining asosiga yetgach, bintni qiyshaytirib chap yelka ustiga yuritiladi (2) keyin orqadan o‘ng qoitiq chuqurchasi orqali ko‘krakning yon tomonidan gorizontal yo‘nalishga oiiladi (3). Chap ko‘krak bezining ostidan olib, bintni orqa tomondan qiyshaytirib o‘ng yelka ustidan ikkala bez oraligldan pastga tushiriladi (4). Unda sut bezi bogiam bilan berkitiladi, so‘ngra gorizontal bint boglamlari qo‘yiladi. Ikkala bez bekilguncha yuqorida qaydqilingan bogiam yurishi bajariladi. Qorin va chanoqqa qo‘yiladigan bogiamlar Qorinning yuqori qismiga oddiy spiral bogiam qo‘yish mumkin, pastki qismidagini esa albatta songa mustahkamlash kerak boladi (50-rasm). Boshoqsimon bogiam. Chanoq, chov sohasi, oraliq va chanoq-son bo‘g‘imiga har xil turdagi boshoqsimon bogiamlar qo‘yiladi (51-rasm). Bu bogiamlar chov va son churralari boiganda, chanoq-son bo‘g‘imlari kasalligida, kuyishda, shikastlanish, yalliglanish jarayonlarida ishlatiladi. Chanoq sohasiga qo‘yiladigan bogiam (52,53-rasmlar). Avvalo qorinning pastki qismi sirkulyar bog’lam bilan berkitiladi, so’ngra sonning yuqori qismini, dumba sathini, sonning tashqi yuqori qismini va chov sathini qoplaydi. So’ngra sirkulyar bint bilan qorin sathiga bog’lam mustahkamlangach bint teskari yo’nalishda, orqadan oldinga, sonning yon va oldingi qismiga chov qismidan o’tib, bog’lamlar bir-biri bilan kesishadi. Bog’lamni chanoq oldidan o’tkazib, qorin atrofi aylanib o’tiladi va yana chov sohasidan qaytadi, bu bint yo’nalishlari ikkinchi va to’rtinchi turlar ustidan o’tadi. Bintlarning bir-birini kesib o’tishi bir joyda bo’lsa, unda b

oshoqni eslatadi. Ikkala chov sathiga bog’lam qo’yish ham xuddi shunday bajariladi. Boshoqsimon bog’lamdan chot oralig’iga qo’yishda ham foydalanilsa bo’ladi, ammo orqa teshik ochiq qoldirilishi kerakligi uchun birmuncha qiyinchilik tug’diradi. Bu bog’lamni qo’yishda bint turlarining (54-rasm) bir-birini kesib o’tishi qat’iyan medial holatda bo’lishi lozim. Bint turlarini asta-sekin yaqinlashtirib oraliq berkitiladi. Bu sathni bog’lashda sodda va tez bajariladigan bog’lam «Т» simon bog’lamdir U kam material talab qiladi va tez bajariladi. Bintning bir turi bel atrofida kamar ko‘rmishida sirkulyar aylantiriladi va bogianadi. So‘ngra ikkinchi bint bogiami chot sathiga perpendikulyar holda bel atrofidagi bogiamdan oldindan orqaga a
ylantirib oiiladi va o
raliq berkitilib, orqaga birinchi tur bogiamga bogianadi. Qoini bogiash. Bitta barmoqni bogiash. Bogiam kaft ustida mustahkamlaydigan doira oiamlar qilishdan boshlanadi. So‘ngra bint qoi panjasining orqasi osha barmoq uchiga qiyshiq holda yo‘naltiriladi va shu yerdan pastdan yuqori tomonga barmoq asosigacha spiralsimon bogiam qilinadi, keyin qoi panjasining orqasi osha kaft ustiga keltiriladi, bu yerda mustahkamlovchi sirkulyar o‘ramlar qilinadi..Bosh barmoqni bog‘lash boshoqsimon tipda bajariladi, bitta barmoqni qaytuvchi (57-rasm), spiral (58-rasm) bog’lamlar bilan bajarish mumkin. QoMqopsimon bog‘lam. Bitta barmoqni bintlash prinsipidan foydalanib panjaning hamma barmoqlarini birin-ketin «qlqop» shaklida bintlab chiqish mumkin. Chap qo’lni bintlashni qulaylashtirish maqsadida bog’lamni jimjiloqdan, o’ng qo’lni bintlashda bosh barmoqdan boshlash kerak (59-rasm). Kaft «8» simon bog’lam bilan bajariladi (60-rasm). OYOQNI BOG‘LASH Sonning yuqori qismini bog’lash uchun yuqoriga ko’tariluvchi boshoqsimon bog’lamdan foydalaniladi, u chanoq sathi atrofidan foydalanib, chanoq-son bo’g’imini qotirish uchun ishlatiladigan bog’lamni yoki bir tomonlama chov sohasiga qo’yiladigan bog’lamni eslatadi.Oyoq panjalarining bittasini bog‘lash uchun qaytuvchi bog‘lam qo’llaniladi (61-r
asm) va u sirkulyar bint turlari bilan qotiriladi. Bint bog’lami tushib ketmasligi uchun uni boldir-panja bo’g’imi atrofidan aylantirib o’tilsa ham bo’ladi. Shuningdek, qaytuvchi, boshoqsimon, spiral va kosinkali bog’lamdan foydalanish mumkin (62-66-rasmlar).

Yumshoq bog‘IamIarni qo‘yish texnikasi Yumshoq ushlab turuvchi bog ‘lamlarni quyishga bo ‘Igan talablar: 1. Bemor va shikastlangan kishi o‘zi uchun qulay vaziyatni egallashi kerak. Qorin, chot oralig‘i, sonning yuqori qismini bog‘lash uchun bemor gorizontal holda yotishi kerak. Ko‘krakni bog‘lash uchun bemor o‘tirgan holatda bo‘lgani ma’qul. 2. BogManadigan joy bog‘lash paytida ma’lum vaqtgacha harakatsiz boMishi, kerak. Qo‘l-oyoqlarning yarim fiziologik vaziyatda bo‘lishi mushaklarning maksimal osoyishtaligidan darak beradi va bemor uchun qulay funksional holat bog‘lamdan so‘ng azob bermaydi. 3. Tibbiy xodim bemorga qarama-qarshi o‘tirgan holda bog‘lam qo‘yishi lozim, chunki har bir harakat bemor uchun og‘riqsiz o‘tishi kerak. 4. Bog‘lamlar chekkadan markazga qarab qo‘yiladi va birinchi aylanma bint bog‘lamlarni ushlab tura oladigan bo‘lishi kerak. 5. Bint bog‘lam chapdan o‘ngga qarab davom etadi, bintning boshlanish uchi qulay aylanma bintning boshi hisoblanadi. 6. Bint o’ramini chapdan o‘ngga ochib boriladi (Dezo, Velpo bog‘lamlari bundan mustasno), bunda bog‘lanadigan joydan qo‘l olinmasligi kerak. Uyerga ma’lum bosimda bint bogiamlar tushishi kerak. 7. Birinchi bog‘lam hammavaqt qiyshiq qo‘yiladi (28-rasm), ikkinchi tur (bog‘langan joyni bir marta aylanib o‘tishi bir tur deyiladi, ikki marta aylanishi ikkinchi tur va h.k.) qiyshiq qo‘yilgan bog‘lamga yetgach uning ostiga birinchi turning uchi bukiladi va u bogiam ostida qolib ketadi. Bu holat bog‘lamni qattiq ushlab turadi. 8. Spiral bintli bog‘lamda ikkinchi tur bog‘lami birinchi tur bogMamining yarmini yoki uchdan bir qismini bekitib borishi kerak. Yumshoq bog1 lam ishlatilganda uni mustahkam va harakatsiz qilish uchun bog’lamning uchi teriga kleol yelimi bilan qotirib qo’yiladi. Bog’lamni fiksatsiya qilish uchun. Uning oxirini ikkiga bo’lib, jarohatdan uzoqroq joyga tugun qilib bogianadi. Ba’zan leykoplastir bilan ham qotirish mumkin.

Tayyor yumshoq bog‘Iamlarga qo‘yiladigan talablar 1. Shikastlangan joyni bog‘lam bir kungacha ushlab tura oladigan boMishi kerak. 2. Qo‘yilgan bog‘lam bemorga ozor bermaydigan darajada qattiq bog‘lanishi kerak. 3. Bog‘lam tekis, burmasiz va tugunsiz, shuningdek chiroyli bog‘lanishi kerak. 4. Bog‘lam bir xil bog‘lanishi bilan u yechilib, sirpanib tushib ketmasligi kerak. 5. Bog‘lam oxiridagi tugun jarohat ustida boNmasligi va ishga xalaqit bermasligi kerak.

Bog‘lamlarning qo‘yidagi turlari bir-biridan farqlanadi:



  1. Sopqonsimon bog‘lam. Bintning bir parchasidan tayyorlanadi. Bintning ikkala uchi o‘rtasiga yo’naltirilgan holda o‘zinasiga kesilib, uning o‘rtasi kesmay qoldiriladi. (7-rasm a,b,v,g) da burun, iyak, ensa va peshonaga sopqonsimon bog‘lamni bog‘lash joylari ko‘rsatilgan.



  2. T-simon bog‘lam. O‘rtasiga boshqa bint tikilgan yoki uning uchi tashlab qo‘yilgan bint parchasidan iborat bo‘ladi. Undan ko‘proq oraliq sohani bog‘lashda foydalaniladi: gorizantal qismi esa belbog‘dan oraliq orqali o‘tkaziladi va o‘sha belbog‘ga tananing boshqa tomonidan bog‘lanadi. (8-rasm).



3. Aylana bog‘lam. Bint gir aylantirib o‘raladi, bintning navbatdagi o‘rami a
vvalgi o‘ramni tamomila bekitiladi. (9 rasm)

4.Spiralsimon bog‘lam. Bintning navbatdagi har bir o‘rami avvalgi o‘ramning yarmini yoki bundan k
attaroq qismini bekitiladi (10 –rasm).

Bog‘lamning bu turi ikki xil: yuqoriga ko‘tariluvchi bintlash-pastdan yuqoriga, pastga tushuvchi bintlash esa buning aksicha bo‘ladi.


  1. O‘rmalovchi bog‘lam spiralsimon bog‘lam kabidir, lekin o‘ramlari bir-biriga duch kelmaydi. Odatda, bintlashning boshida murakkab bog‘lam elementi sifatida tanaga qayilgan salfetkalarni tutib turish uchun qo‘llaniladi



6
.Sakkizsimon bog‘lam. Bog‘lamning bu turida bint o‘ramlari bir-biri bilan kesishtiriladi

  1. Boshoqsimon bog‘lam. Sakkizsimon bog‘lamning boshqa bir turi bo‘lib, bint o‘rami bir chiziq bo‘yicha kesishtiriladi, bu boshoqni eslatadi



  2. Toshbaqasimon bog‘lam aksariyat bo‘g‘imlar aksariyat bo‘g‘imlarning bukilgan sohasiga qo‘llaniladi. Uning ikkita-tarqaluvchi va to‘planuvchi turlari farqlanadi. Tarqaluvchi bog‘lam tizza bo‘g‘imi sohasiga yopiladi, bunda bint bo‘g‘imning o‘rtasidan, «tizza ko‘zidan» aylantirib olinadi. Keyingi o‘ramlar avvlagisining goh pastidan, goh yuqorisidan galma-gal yurgiziladi. Bint o‘ramlari taqimda kesishadi va birinchi o‘ramdan ikki tomonga tarqalib, atsa-sekin bo‘g‘im sohasini yopadi



To‘planuvchi bog‘lamni yopishda birinchi (mahkamlaydigan) o‘ram bo‘g‘im yuqorisidan yoki uning pastidan o‘tadi, ikkinchi o‘ram bo‘g‘imi ro‘parasiga o‘raladi, uchinchi o‘ram bo‘g‘im sohasiga yaqinlashib birinchisini, to‘rtinchi o‘ram ikkinchisi bilan kesishib, bo‘g‘im sohasi tamomila yopilguncha shu tariqa davom ettiriladi.

Qaytuvchi bog‘lam. Bunday bog‘lam aksariyat oyoq-qo‘lning kesib tashlangan (amputatsiya) dan qolgan qismi (cho‘ltog‘i) ga ishlatiladi. Bintni mahkamlash uchun u bir necha marta aylantirib o‘raladi. So‘ngra uni barmoqlar bilan tutib turib, 90 gradusli burchak ostida qayriladi va cho‘ltoq orqali uzinasiga o‘ramlar bilan mahkamlanadi va bint bilan tamomila bekitulguncha qadar o‘ram davom ettiriladi. Bog‘lamlarning aytib o‘tilgan turlaridan gavdaning itsalgan sohasini bintlashda foydalanish mumkin. Shuning uchun qo‘llaniladigan bog‘lamlarning ayrim turlari utsida to‘xtalib o‘tamiz.

Bosh va yuz sohasini bog‘lash. Vazifasiga ko‘ra bog‘lamlarning bir necha turi qo‘llaniladi. Boshdagi qaytuvchi bog‘lam. Bunda boshning old va orqa tomonidan hamma sohani qoplaguncha bintni bir necha bor qaytarib, keyin uning atrofida uch marta o‘rab mutsahkamlanadi.

Gippokrat qalpog‘i. Bog‘lam bog‘lash uchun ikki boshchali bint yoki ikkita bint qo‘llaniladi. O‘ng qo‘ldagi bint boshchasi bilan sirkulyar o‘ramlar qilinadi va bintlanayotgan o‘ramlar mahkamlanadi. Ular tarqalib yoki to‘planib, atsa-sekin kalla gumbazini b
ekitadi .

Qalpoqchali shaklida bog‘lash. Taxminan 1 m uzunlikdagi bint parchasi bosh tepasiga ko‘ndalang yo`nalishda qo‘yiladi, ikki uchini esa quloq suprasining oldidan pastga tushiriladi va tarang qilib tortib turiladi (yordamchi yoki bemorning o‘zi). Bint bilan bosh atrofidan birinchi sirkulyar o‘ram qilinadi. Keyingi o‘ram bog‘iga etgach, bintni shu bog‘ atrofida aylantiriladi va biroz qiyshiq yo‘nalishda ensani berkitib yurgiziladi. Ikkinchi tomonda bintni bosh atrofida qarama-qarshi tomonga aylantiriladi va qiyshiqroq yo‘nalishda boshning peshona qismiga olib boriladi. Bintning keyingi o‘rami bilan ensa sohasi bekitiladi. Shu tariqa bosh bir tekisda bintlanadi. Bintning uchi boshga bog‘lanadi, keyin bog‘ uchlari jag‘ ostida bog‘lanadi .

Bir ko‘zni boglash. O‘ng ko‘zni bog‘lashda bint chapdan o‘nga qarab yurgiziladi. Chap ko‘zni bog‘lashda esa buning aksi qilinadi. Bint sirkulyar yo‘nalishda bosh atrofidan aylantirib mahkamlanadi, so‘ngra orqadan pastga ensaga tushiriladi va quloq ostidan qiyshiq holda yuqoriga ko‘tarilib, bemorning ko‘zi bekitiladi. Qiyshiq o‘ram doira o‘ram bilan mahkamlanadi. So‘ngra avvalgi o‘ramning yuqorisidan qiyshiq o‘ram qilinadi. Shunday qilib o‘ramlarni qiyshiq o‘ramlar bilan navbatlab, butun ko‘z sohasi bekitiladi.

Ikki ko‘zni bog‘lash. Bint gir aylantirib, o‘rab mutsahkamlangach keyingi o‘ram bosh tepasi va peshona bo‘ylab pastga tushiriladi va yuqoridan pastga tomon chap ko‘zni bekitadigan qiyshiq o‘ram qilinadi, so‘ngra bintni ensa orqali o‘tkazib, pastdan yuqoriga tomon o‘ngn ko‘zni bekitadigan qiyshiq o‘ram qilinadi. Buning natijasida bintning keyingi xamma o‘ramlari qanshar sohasida kesishib, ikkala ko‘zni bekitadi va tobora pastga tushaveradi. Bintlash oxirida bog‘lam gorizantal doira shaklida o‘rash bilan mutsahkamlanadi.

Nuxtasimon bog‘lam. Bunday bog‘lam asosan iyak sohasini bekitishda qo‘llaniladi. Datslab bosh atrofida sirkulyar o‘ram qilinadi. Ikkinchi o‘ramni ensa sohasiga bo‘yinning yon yuzasiga qiyshiq yo`nalishda yurgiziladi va jag‘ ostidan vertikal holatga o‘tkaziladi. Bintni quloq supralari utsidan olib o‘tib, bosh atrofida bir necha marta aylantiriladi, so‘ngra bintni iyak ostidan boshqa tomonga yoki ensaga qiyshiq holda yurgiziladi va gorizantal o‘ramlar qilib, bog‘lam mutsahkamlanadi. Pastki jag‘ni tomomila bekitish uchun mutsahkamlaydigan gorizantal o‘ramlar qilgandan so‘ng, bint boshchasini ensa bo‘ylab qiyshiq holda pastga tushiriladi, iyakning oldingi qismi bo‘ylab bo‘yinning yon tomoniga, keyinroq bo‘yin atrofiga tushirilib, orqaga qaytariladi va bint o‘ramini iyakdan pastroqqa tushirilib, vertikal holatga o‘tkaziladi va bog‘lam bosh atrofida mutsahkamlanadi .

Neapolitancha bog‘lam.

Bintni bosh tevaragida aylantirib o‘rashdan, so‘ngra bintni kasal tomondan quloq va so‘rgichsimon o‘siq sohasiga tushirishdan boshlanadi .

Bo‘yinni bog‘lash. Bo‘yinning yuqori qismini bog‘lash. Bosh tevarigiga galma- galdan bir necha qiyshiq o‘ramlar bilan (peshona va ensa sohasini ham qamrab olib) doira o‘ramlar qilinadi. Ensa sohasini doira o‘ramlar qilib bintlash bilan birga sakkizsimon bog‘lam hosil qilinadi.

Bo‘yinning pastki qismini bog‘lash. Bosh tevaragidagi o‘ramlarni ensa sohasining sakkizsimon bog‘lami va orqaning boshoqsimon bog‘lami o‘ramlari bilan to‘ldiriladi.

Qo‘lni bog‘lash.

Bitta barmoqni bog‘lash. Bog‘lam kaft utsi atrofida mutsahkamlaydigan doira o‘ramlar qilishdan boshlanadi. So‘ngra bintni qo‘l panjasining orqasi osha barmoq uchigacha qiyshiq holda yo`naltiriladi va shu erdan pastdan yuqori tomonga barmoq asosigacha spiralsimon bog‘lanib keyin qo‘l panjasining orqasi osha kaft utsiga keltiriladi va bu erda mahkamlovchi sirkulyar o‘ramlar qilinadi (17-rasm,a).

Bosh barmoqni bog‘lash.

Boshoqsimon bintlash tariqasida bajariladi. Mutsahkamlovchi doira o‘ram ham kaft utsi-bilakda qilinadi. So‘ngra bintni qo‘l panjasi orqasi osha barmoq uchigacha olib boriladi. Barmoq spiralsimon aylantirilib o‘raladi, kaft utsi-bilakning orqa tomoniga so‘ngra kaft tomoniga qaytariladi. Bint barmoqni tamomila bekitguncha o‘ramlar takrorlanadi .

Qalpoqchasimon bog‘lam.

Bitta barmoqni bintlash qoidasidan foydalanib panjaning hamma barmoqlarini birin-ketin «qo‘lqop shaklida» bintlab chiqish mumkin. Chap qo‘lni bintlashni qullaylashtirish maqsadida bog‘lamni jimjuloqdan, o‘ng qo‘lni bintlashdan bosh barmoqdan boshlash kerak .

Panjaning qaytuvchi bog‘lami.

Bint bilakka mahkamlanib so‘ngra u panjaning orqa tomoni osha barmoqlarga yo`naltiriladi va kaft bo‘ylab qaytiladi. Bilakda yana mahkamlovchi o‘ram qilinadi va bintni o‘rash takrorlanadi. Qo‘l panjasi va barmoqlar ham orqa tomondan, ham kaft tomondan bekitilgan so‘ng barmoqlar va panja bintning ko‘ndalang o‘ramlari bilan yopiladi. Bog‘lam bilakka mahkamlanib qo‘yiladi . qo‘l panjasi va uning spiralsimon bog‘lamlari

Bilakni bog‘lash. 1-2 o‘ramdan so‘ng bintni qayirib spiralsimon va aylana shaklida bog‘lanadi.

Tirsak bo‘g‘imini bog‘lash. Tarqaluvchi va to‘planuvchi toshbaqasimon shaklli bog‘lam kabi bo‘ladi. Elka bo‘g‘imini bog‘lashda oddiy spiralsimon yoki boshoqsimon bog‘lam qo‘llaniladi.

Qo‘ltiqni bog‘lash.

Buning asosini boshoqsimon bog‘lam tashkil qiladi. Elkada bintni mahkamlaydigan o‘ramlari qilinadi. Bintni qo‘ltiq sohasidan elka utsiga, orqaga, qarama-qarshi tomonidagi qo‘ltiqqa, ko‘krak qafasining oldingi yuzasiga qiyshiq yurgizib birinchi o‘ram elka utsi sohasida kesishtiriladi va bint ko‘krak qafasining orqa yuzasidan qo‘ltiqqa chiqariladi. Keyingi o‘ram oldingi o‘ram kabi boshlanadi, biroq har bir o‘ram atsa-sekin yuqoriga ko‘tarilib o‘raladi, natijada bint elka utsi sohasini va qo‘ltiqning oldingi va orqa qismlarini tamomila bekitadi. YAxshiroq mahkamlash uchun ko‘krak qafasiga qiyshiq yo`nalishda giraylantirilib, sirkulyar o‘ram qilinadi. Bintni orqaga sog‘lom elka utsiga o‘tkaziladi va bu erdan ko‘krak qafasining oldingi yuzasi bo‘ylab pastga-bintlanayotgan tomondagi qop`ltiqqa tushiriladi. Bunday o‘ramlarning bir nechtasidan so‘ng bog‘lam uzil – kesil mahkamlanib qo‘yiladi. Qo‘ltiq ostiga ro‘mol bog‘lam qo‘yish ancha qulaydir .

Ko‘krak qafasiga bog‘lam bog‘lashda qattiq, bintlash nafas harakatiga xalaqit berishini bo‘sh bog‘langan bog‘lam esa foydasiz ekanligi unutmaslik kerak.

Bir tomonlama ko‘krak jarohatini bog‘lash qulay bo‘lib, unda ko‘krak qafasidagi nafas harakati chegaralanmaydi. Buning uchun datslab 1 m bint uchidan boylanib qo‘lni uning uchidan o‘tkazib bemor elkasiga tashlanadi. Keyin bintni old va orqa tomonidan o‘tkazib boylanadi va jaroxat bekitiladi (19-rasm, a,b,v).

Spiralsimon bog‘lam. Taxminan 2 m uzunlikdagi bint bo‘lagini o‘ng va chap elkaga bintning erkin uchlari ko‘krak qafasining oldingi va orqa tomonidan tushib turadigan qilib, tashlab qo‘yiladi. Bog‘lamning ko‘krak qafasining pastki qismidan bintning shu bo‘lagini bekitishda boshlanadi. Bintning spiralsimon o‘ramlari atsa-sekin to qo‘ltiqqacha etkazib o‘raladi va og‘irgi o‘rami bilan mahkamlanadi. Elkaga tashlangan bintning osilib turgan uchi ko‘krak qafasining oldingi yuzasi bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. Ikkinchisi elka orqali tashlanadi va uchlari orqa tomondan bog‘lanadi .

Xochsimon bog‘lam. Gavdaning orqa qismlarini bintlash uchun qo‘llaniladi. Bog‘lam bir elka atrofini mahkamlovchi sirkulyar o‘rashdan boshlanadi. Old tomondan elka olib chiqiladi. Orqaga o‘tkaziladi va bintning qarama-qarshi tomondan qo‘ltiq sohasiga qiyshiq holda yo‘naltiriladi. Bint yo’llarini shu tariqa takrorlab ularni ikkala elka utsiga atsa-sekin ko‘tarilib va ko‘krak qafasi bo‘yicha pastga tushirib orqaga bekitiladi.

Bitta ko‘krak bezini bog‘lash. U ko‘krak bezini yopib turishdan tashqari uni ko‘tarib turadigan o‘ziga xos suspenzoriy vazifasini ham bajaradi. O‘ng tomondagi ko‘krak bezini bintlashda bintni chapdan o‘ngga va chap tomondagi ko‘krak bezini bintlashda o‘ngdan chapga qarab o‘raladi. Bog‘lam ko‘krak qafasini ko‘krak bezlari tagidan mutsahkamlab aylantirilib o‘rashdan boshlanadi. Keyingi o‘ram ko‘krak bezining pastki va ichki tomonlarini qamrab oladi. Qarama-qarshi tomondagi elka ko‘tariladi va elkaning orqa tomonidan pastga yo’naltirilib bintlanayotgan ko‘krak bezi tomonidagi qo‘ltiqqa boradi. So‘ngra bint ko‘krak bezining pastki qismini qoplaydi. Aylantirib o‘rash bilan oldingi o‘ram mutsahkamlanadi. Keyingi o‘ramlarni ko‘krak bezi pastidan batamom yopilguncha atsa-sekin yuqoriga qarab o‘rash takrorlanadi. Emizikli onalarda ko‘krak bezini bog‘lashda bola emizish yoki sutni sog‘ish uchun ko‘krak bezi uchi bint bilan yopilmaydi.

Oyoqni bog‘lash. Bunga ham qo‘lni bog‘lashdagi kabi talablar qo‘yiladi. Odatda bir ikki o‘ramdan so‘ng aylantirib spiral shaklida o‘raladi.

Tizza bo‘gimi sohasini bog‘lash. Birlashadigan yoki tarqaladigan toshbaqasimon bog‘lam bog‘lanadi.

Boldirni bog‘lash. 1-2 o‘ramdan so‘ng aylantiriladigan yuqoriga ko‘tariluvchi, spiral shaklidagi bog‘lam qo‘llaniladi .

Tovon sohasini bog‘lash. Aksariyat tarqaluvchi toshbaqasimon bog‘lamdan foydalaniladi. Tovondan (uning markaziy qismidan) aylantirib bintlashdan boshlanadi. Keyingi o‘ramlarni birinchi o‘ramning yuqorisidan va pastidan navbatma – navbat o‘raladi. Bu o‘ramlarni tovonning yonidan orqadan oldinga, tovon yuzasiga va oyoq kaftining orqasiga boldir panja bo‘g‘imi va pastga panja sohasiga o‘tadigan qilib qiyshiq aylantirib mahkamlanadi. O‘ramlar oyoq kafti utsida kesishtiriladi .

Boldir panja bo‘g‘imini bog‘lash. Odatda sakkizsimon bog‘lam qo‘llaniladi. Mahkamlovchi o‘ram to‘piqning yuqorisidan aylantiriladi. Bint panjaning orqa tomonidan qiyshiq yurgizib, panja atrofidan o‘tkaziladi. Keyin bintni yuqoridan o‘tkazib oyoq panjasining orqa tomoni bo‘ylab oldingi o‘ram bilan kesishtiriladi va boldirning orqa yarim doirasi atrofidan o‘tkaziladi. Bint o‘ramlari takrorlanadi. Bog‘lamni to‘piqlar oldida aylantirib o‘ramlar mutsahkamlanadi .

Barmoqlarni ochiq qoldirib oyoq panjasini bog‘lash. Bint panjaga o‘ralib mahkam bog‘lanadi. Oyoq panjasini orqa tomoni bo‘ylab tovondan o‘tkaziladi. Panja gir aylantirilib o‘rab tovonga qayriladi. Tovon sohasida bintning har bir yangi o‘rami oldingi o‘ramning yuqorisiga tushiriladi va boldir panja bug‘imiga tobora yaqin keltirilib kesishtiriladi .

Barmoqlarni ochiq qoldirmay oyoq panjasini bog‘lash. Bint to‘piqlari sohasida aylantirilib o‘rab mahkamlanadi. So‘ngra bintni butun panja orqali uzunasiga yurgizib barmoqqa tovon sohasi yopiladi. Barmoqlarning uchidan boshlab oyoq panjasida kesishadigan spiral shaklida bog‘lam yopiladi. Mahkamlovchi o‘ram to‘piqlar sohasida bajariladi.

Oyoq panjasi bosh barmoqni bog‘lash. Bog‘lash usuli qo‘lning bosh barmog‘ini bog‘lash kabi bog‘lam to‘piqlar sohasida mahkamlanadi .

Bandaj. Qorin bo‘shashib qolganda uni mutsahkamlash uchun mo‘ljallangan material va charmdan tikilgan maxsus moslama. Bandajlar odatda qorin churralarini qandaydir sababga ko‘ra operatsiya qilish imkoniyati bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.



Ikki tomonlama boshoqsimon bog‘lam. Ikkala son va dumbaning uchdan bir yuqori qismini yopish uchun qo‘llaniladi. Bu hali oldingi bog‘lam kabi belni sirkulyar o‘rashdan boshlanadi, biroq bintni ikkinchi chovning oldingi yuzasidan yurg‘iziladi. Uning orqa yarim doirasi qamrab olinadi. Ichki yuzasiga chiqariladi va chov sohasi bo‘ylab tananing orqa yarim doirasiga o‘tkaziladi. Bu erdan bint o‘rami bir tomonlama boshoqsimon bog‘lamdagi singari davom ettiriladi. Bintni ikkala oyoqqa navbat bilan, gavdaning Shikastlangan qismi bekilguncha o‘raladi. Bog‘lam tanada sirkulyar o‘ram bilan mahkamlanadi. Qorinning pastki sohalarini bog‘lashda spiralsion aylana bog‘lam qilinib, biron –bir chov sohasi bilan mutsahkamlanadi.. Dumba sohasini bir tomonlama bog‘lashda ro‘mol juda qo‘l keladi. Ikkala chov yuqori son sohalarini bog‘lashda sakkizsimon va xochsimon bog‘lamlardan foydalaniladi.

Kuyish deb to‘qimalarni yuqori xarorat, kimyoviy omillar, nu rva elektr toki ta’sirida Shikastlanishiga aytiladi.
Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish