Sensorli panel (tachpad). Foydalanuvchi sensorga tekkanda tegilgan joydagi elektr ko’rsatkichlar o’zgaradi. Panel bu nuqtaning joylashuvini aniqlaydi va MP ga xabar yuboradi. Panelda barmoqning uzliksiz yuritilishi bilan, bunday signallar ham uzluksiz jo’natilib turadi, shunga mos ravishda MP ekrandagi ko’rsatkichning pozitsiyasini o’zgartiradi. Uning ishonchliligi yuqori hisoblanadi, chunki sichqoncha yoki trekboldagi kabi harakatlanuvchi qismlarga ega emas. Asosan ko’chma kompyuterlarda (noutbuklarda) ishlatiladi.
Sensorli panelni (tachpadni) ishlab chiqishda turli materiallar ishlatiladi. Oxirgi loyihalardan biri ko’plab kichik optik tolalarda tshkil topganidir. U foydalanuvchining barmog’i tekkan nuqtaning nafaqat koordinatasini, balki bosilish kuchini ham aniqlaydi. Bu material dastlab kosmik robotlarni ishlab chiqishda qo’llanilgan bo’lsa, keyinchalik ko’plab oddiy foydalanuvchilar talablariga muvofiq ishlab chiqildi. Masalan, klaviatura fortepianosi ishlab chiqishda.
Sensorli panelni suyuq kristalli displey bilan birlashtirish natijasida sensorli ekran hosil bo’ladi (sensorli telefonlar, planshetrlar).
Skanerlar.
Qog’ozdagi tasvirni raqamli shaklga o’tkazuvchi qurilma. Dastlabki skanerlarda qog’oz shisha silindrga mahkamlangan, u esa sensorlar orasida aylangan va tasvir hosil bo’lgan. Zamonaviy skanerlarda qog’oz shisha yuzaga qo’yiladi va yorug’lik bilan skanerlanadi. Qaytgan yorug’lik zaryadli aloqa uskunalari (ZAU=прибор с зарядовой связью-ПЗС) ning chiziqli matritsasida fokuslanadi. ZAU ga yorug’lik tushganda u bilan bog’langan kichik kondensator zaryadlanadi, uning zaryadi tushgan yorug’likk kuchiga teng bo’ladi. Analog-raqamli o’zgartirgich yordamida bu zaryad raqamli shaklga o’tkaziladi. Rangli skanerlarda qizil-ko’k-yashil rangli filtrlar bo’lib, ular yordamida ranglar farqlanadi va keyin alohida-alohida qayta ishlanadi. Yorug’likning qog’oz yuzasidan o’tishida sensorli matritsa signali ko’p marta qayta o’qiladi, shu shaklda tasvirning pikselli satrlari hosil qilinadi.
Skanerlash yakunlanib, axborot kompyuterga uzatiladi va xotirada piksellar massivi shaklida saqlanadi. Oq/qora skanerlaganda har bir nuqta bir bitga teng bo’ladi (0=qora, 1=oq). Rangli skanerlaganda esa har bir nuqta ko’pi bilan 3 baytga teng bo’lib, har baytda rang va tiniqlik darajasi beriladi.
Skanerlangan matnni Word dagi matnga o’zgartirishda qora ranglar matn yozuvlarini bildiradi. Maxsus dasturlar qora ranglar ketma-ketligini kompyuter xotirasidagi harflash shabloni bilan taqqoslab, matnni o’qib olishni tashkil etadi.
Displeylar
Elektron-nurli displeylar eskirib qolgani sababli ular haqidagi ma’lumotlarni bu yerda qaramaymiz.
Undan tashqari suyuq kristalli, plazmali va elektrolyuminessent displeylar mavjud. Portativ kompyuterlarning (noutbuk) yaratilishida aynan shunday displeylar muhim rol bajardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |