28t+4 [m] bo`lgan jismning dastlabki 10 s ichidagi ko`chishining o`rtacha tezligini toping



Download 496,69 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi496,69 Kb.
#542124
Bog'liq
fizika variantlar


Harakat tenglamasi X=2t2–28t+4 [m] bo`lgan jismning dastlabki 10 s ichidagi ko`chishining o`rtacha tezligini toping.
+ 8 m/s
- 12,4 m/s
- 9,6 m/s
- 11,6 m/s

Muhitda tarqalayotgan elektromagnit to`lqinning energiyasi orttirilganda uning tezlik, to`lqin uzunlik va chastota kabi parametrlaridan qaysi biri o`zgarmaydi?


+ faqat tezlik
- faqat to`lqin uzunlik
- faqat chastota
- tezlik va chastota

6 litr hajmli germetik berk idishdagi 88 gr massali karbonat angidridga (CO2) 8,31 kJ issiqlik berildi va uning harorati 115OC gacha ko`tarildi. Gazning dastlabki haroratini toping.


(Ar(C)=12 m.a.b.; eslatma: garchi karbonat angidird uch atomli bo`lsa ham, molekulada atomlarning joylashishiga ko`ra u ikki atomli hisoblanadi)
- –218OC
- –52OC
- –33OC
+ –85OC

O`zgarmas bosimda harorat bir xilga orttirilganida massalari bir xil bo`lgan quyidagi gazlardan qaysi birining kengayishda bajargan ishi eng kam bo`ladi?


- azot
- suv bug`i
+ argon
- kislorod

Zaryadlangan, radiusi R bo`lgan sharcha zaryadi 2 marta kamroq bo`lgan boshqa sharchaga tekkazilganida, birinchi sharcha zaryadining sirt zichligi 4 marta kamaydi. Ikkinchi sharchaning radiusini toping.


+ 5R
- 4R
- 2,5R
- 3R

Yassi havo kondensatorining qoplamalari orasidagi masofa 2 marta orttirildi va qoplamalarning orasi yarmigacha a modda bilan, qolgan yarmi b modda bilan to`ldirildi. Natijada umumiy sig`im o`zgarmay qoldi. Agar εb=2εa bo`lsa, b moddaning nisbiy dielektrik singdiruvchanligini toping.


(a va b moddalarning bir–biriga tegishidan hosil bo`lgan tekislik kondensator qoplamalariga parallel)
- 2,4
- 2,6
- 2,8
+ 3

Gazlarda elektr tokini qanday zarralar tashiydi?


- elektronlar va manfiy ionlar
- musbat ionlar va elektronlar
+ musbat va manfiy ionlar, elektronlar
- musbat va manfiy ionlar

Tinch holadagi 0,5 gr massali, 2 μC zaryadga ega bo`lgan zarracha qanday potensiallar farqini o`tib, induksiyasi 5 mT bo`lgan bir jinsli magnit maydon kuch chiziqlariga perpendikulyar kirsa, unga magnit maydon tomonidan 10 μN kuch ta'sir qiladi?


+ 125 MV
- 180 MV
- 88 MV
- 225 MV

Tugundan chiqayotgan I1 va I2 toklar mos ravishda I1=3sinωt [mA] va I2=4cosωt [mA] qonuniyatga ko`ra o`zgaradi. Tugunga kirayotgan I tokning effektiv qiymatini toping.


- 5 mA
- 7 mA
- 3,23 mA
+ 3,57 mA

Quyosh yoki Oy gorizontdan juda kam balandlikda ekanida ularning qizg`ish tusda ko`rinishi qanday fizik jarayonga misol bo`ladi?


- yorug`likning qutblanishi
+ yorug`lik dispersiyasi
- yorug`lik interferensiyasi
- yorug`lik difraksiyasi

200 m masofadagi daraxt obyekivining fokus masofasi 50 mm bo`lgan fotoapparat yordamida suratga olinganida, negativda daraxtning balandligi 5 mm ga teng bo`ldi. Daraxtning haqiqiy balandligi qanday bo`lgan?


- ≈10 m
- ≈22,5 m
+ ≈20 m
- ≈27,5 m

Davri 1/100 mm bo`lgan difraksion panjara yordamida hosil qilinayotgan difraksion manzaraning 2–maksimumi 6O burchak ostida ko`rinayotgan bo`lsa, tushayotgan yorug`lik to`lqin uzunligini yoping.


(sin6O=0,1)
- 400 nm
+ 500 nm
- 523 nm
- 698 nm

Agar atom yadrosi o`z–o`zidan parchalansa energiya ... .


- yutilmaydi ham, ajralmaydi ham
- avval yutilib, so`ngra ajraladi
+ ajraladi
- yutiladi

Metall sirtiga tushayotgan yorug`lik chastotasi 2f bo`lganda fotoelektronlarning energiyasi E ga teng bo`ldi. Agar tushayotgan yorug`lik chastotasi 3f ga yetkazilsa, fotoelektronlarning energiyasi qanday bo`ladi?


(f–metall uchun fotoeffektning qizil chegarasiga mos keluvchi chastota)
+ 2E
- 3E
- 2,5E
- 1,5E

Oraliq masofa juda cheksiz katta bo`lganida, proton va elektronning potensial energiyasini nolga teng deb olish mumkin. U holda vodorod atomidagi elektron va protonning potensial energiyasi ... .


- noldan katta
- nolga teng
+ noldan kichik
- atomning energetik holatiga ko`ra noldan katta ham, kichik ham bo`lishi mumkin

Quyidagi rasmda atomar bug` holatidagi vodorod, geliy, natriy va atomar bug'lar aralashmasining yutilish spektrlari tasvirlangan. Aralashmaning tarkibi qanday?





+ aralashmada natriy, vodorod va boshqa moddalar bor, lekin geliy yo`q
- aralashma faqat natriy va vodoroddan tashkil topgan
- aralashma faqat vodorod, geliy va natriydan tashkil topgan
- aralashma faqat vodorod va geliydan tashkil topgan

–4OC haroratli 2 kg massali 70OC haroratli suvga solinganida muz to`liq erib, natijaviy harorat 10OC ga teng bo`ldi. Issiq suvning massasini toping.


(cmuz=2100 J/(kg∙K); csuv=4200 J/(kg∙K); λmuz=330 kJ/kg)
- 4,2 kg
- 4 kg
- 3,6 kg
+ 3 kg

1–holatda R1 qarshilikdan 2 s da ajraladigan issiqlik bilan 2–holatda R2 qarshilikdan 1 minutda ajraladigan issiqlikning yig`indisini toping.


(zanjirdagi diodlarni ideal deb hisoblang)



+ 384 J
- 420 J
- 396 J
- 428 J

Jismning Oydagi o'girligi uning Yerdagi og'irligining 1/6 qismiga teng. Mayatnikli soat Yerda bir sekundda bir marta chiqqillasa va shu soat Oyga olib chiqilsa, soat qancha vaqtda bir marta chiqqillayd i?


- 1/6
- 1
- 6
-

Gorizontal sirtda 30 kg*m/s impulsga ega bilyard shari tinch turgan xuddi shunday shar bilan elastik to'qnashgandan keyin impulsi 24 kg*m/s bo'lib qoldi. Bunda ikkinchi shaming impulsi (kg*m/s) qanday bo'lgan?


- 16
+ 18
- 12
- 24

Berk idishdagi ideal gazning bosimi 20 % ga ortsa, uning ichki energiyasi qanday o'zgaradi?


+ 20 %
- 4 %
- 15 %
- 5 %


1 mm radiusli sharsimon simob tomchisi ichida sirt taranglik tufayli paydo bo'ladigan qo'shimcha bosimni hisoblang (kPa)? Simobning sirt taranglik koeffisiyenti 0,47 N/m ga teng.
- 0,47
- 0,235
- 1,88
+ 0,94

Latun idish isitilganda uning hajmi 0,6 % ga oshdi. Idishning temperaturasi qancha oshgan? (Latunning chiziqli kengayish koeffisiyenti 210-5K ga teng)


- 1500C
- 3000C
+ 1000C
- 500C

Termodinamik jarayonda gazga 400J issiqlik berildi va gaz ustida 300 J ish gazni o'rab turgan muhit tomonidan bajarildi. Gaz ichki energiyasining o'zgarishini toping?


+ 700 J
- 600 J
- 400 J
- 100 J

Bir atomli ideal gaz PV=const qonuniyat bilan kengayib o'z hajmini 5 marta oshirdi. Bunda gazning absolyut harorati qanday o'zgargan?


- 5 marta kamaygan
- 5 marta ortgan
- 2,5 marta ortgan
+ o'zgarmagan

Quyosh massasini baholang (kg)? Yerdan Quyoshgacha o'rtacha masofa 1,5*10 8 km,


Yerning Quyosh atrofidagi aylanish davri 1 yil.
- 1,5 1028
- 2,5 1028
- 1 1030
+ 2 1030

Kompressorning kesim yuzi 2 sm2 bo'lgan shlangi bo'ylab 5 atm bosim ostida 270C haroratli havo yuradi. Agar havoning shlangdagi tezligi 4 m/s bo'lsa, qancha vaqt ichida 546 g havo o'tadi? (Havoning normal sharoitdagi zichligi 1,29 kg/m3)


+ 116 s
- 40 s
- 180 s
- 174 s

Muzlatgich ishlab turgan xonaning havosi isiydimi yoki soviydimi?


- soviydi
- avval sovib keyin isiydi
+ isiydi
- harorat o'zgarmaydi

Ko'targich kran yerda yotgan 11 massali uzun relsning bir uchidan 30 m/min tezlik bilan yuqoriga ko'tara boshlasa 3 s davomida bajargan foydali ishini toping? g=10 m/s2


- 6 kJ
+ 7,5 kJ
- 8,9 kJ
- 10 kJ

Agar tormozlanishdagi ishqalanish koeffisiyenti 0,4 ga teng bo'lsa, 12 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan avtobus necha sekunddan keyin to'xtaydi?


- 2
- 4
- 1
+ 3
Harakat tenglamalari X1=2t+t2–12 [m] va X2=20t–2t2+4 [m] bo`lgan jismlarning tezlik modullari ular harakatlana boshlaganidan ikkinchi marta tenglashganida ularning orasidagi masofa qanday bo`ladi?
+ 149 m
- 43 m
- 75 m
- 117 m

Jism 50 m/s boshlang`ich tezlik bilan gorizontga 53O burchak ostida otildi. Jismning gorizontal ko`chishi vertikal ko`chishidan 3 marta katta bo`lgan vaqt momentida uning tezligi qanday bo`ladi?


-
-
-
+

Yer sirtidan vertikal yuqoriga birinchi jism 40 m/s boshlang`ich tezlik bilan otilganida ikkinchi jism 100 m balandlikdan vertikal pastga otildi. Ular yer sirtidan 60 m balandlikda uchrashishlari uchun ikkinchi jismning boshlang`ich tezligi qanday bo`lishi kerak?


- 6 m/s
- 8 m/s
+ 10 m/s
- 12 m/s

Radiusi 40 sm bo`lgan g`ildirak yerda sirpanishsiz 5 m/s tezlik bilan dumalamoqda. G`ildirak gardishida olingan olingan nuqtaning yerga nisbatan tezligi 5 m/s ga teng bo`lgan vaqtda bu nuqta yer sirtidan qanday balandlikda bo`lgan?


+ 20 sm
- 40 sm
- 34,6 sm
- 28,2 sm

80 sm uzunlikdagi ingichka vaznsiz ipning bir uchiga 400 gr massali yuk bog`lanib, vertikal tekislikda aylantirilmoqda. Bunda ipning ikkinchi uchi qo`zg`almas. Yukning trayektoriyaning eng yuqori nuqtasidagi chiziqli tezligi 6 m/s bo`lib, yukning to`la mexanik energiyasi o`zgarmasdan qolsa, yuk trayektoriyaning eng quyi va eng yuqori nuqtalaridan o`tayotgan paytlarda ipdagi taranglik kuchi qanchaga farqlanadi?


- 14 N
+ 18 N
- 22 N
- 32 N

Qiya tekislikda tinch holatda turgan 5 kg massali jismga 10 N ishqalanish kuchi ta'sir qilmoqda. Qiya tekislik qiyalik burchagining sinusini toping.


(jism va qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti berilmagan)
berilgan ma'lumotlar yetarli emas
- 0,5
+ 0,2
- 0,3

Ikki atomli gazning o`zgarmas bosimdagi molyar issiqlik sig`imi qanday bo`ladi?


(R–universal gaz doimiysi)
- 2,5R
+ 3,5R
- 1,5R
- 4,5R

Radiuslari r va 3r bo`lgan juda kichik sharchalar mos ravishda 2q va –10q zaryadga ega. Ular bir–biriga tekkazilib, avvalgi joylariga qaytarilsa, ularning o`zaro ta’sirlashuv potensial energiyasining moduli qanday o`zgaradi?


- 8/3 marta kamayadi
- 7/4 marta ortadi
- 12/7 marta ortadi
+ 5/3 marta kamayadi

Shaxta chuqurligidagi atmosfera bosimi dengiz sathidan 1,2 km balandlikdagi atmosfera bosimidan 1,6 marta katta bo`lishi uchun uning chuqurligi qanday bo`lishi kerak?


+ 3552 m
- 4262 m
- 1048 m
- 2354 m

Quyidagi rasmda tasvirlangan ampermetrning ko`rsatishini toping.





- 9 A
+ 7 A
- 5 A
- 3 A

q1 va q2 nuqtaviy zaryadlarning O nuqtadagi natijaviy elektr maydon kuchlanganligi rasmda ko`rsatilgani kabi gorizontal o`ng tarafga yo`nalgan. Berilgan ma’lumotlarga ko`ra q1/q2 nisbatning qiymatini toping.


(sin37O=0,6; cos37O=0,8)



-


-
-
+

14 kg massali jismning zichligi qanday bo`lsa, u suvga solinganida uning 30% hajmi suvga botmay turadi?


+ 20 dm3
- 24 dm3
- 15 dm3
- 14 dm3

6 kW quvvatli dvigatel mashinaga 8 m/s tezlik beradi. Mashinani 24 m/s tezlikda harakatlantirish uchun dvigatelning quvvati qanday bo`lishi kerak?


(barcha qarshilik kuchlari tezlikning kvadratiga to`g`ri proporsional)
- 96 kW
- 104 kW
- 216 kW
+ 162 kW

10OC haroratli gaz zarrachalarining o`rtacha kvadratik tezligini 2 km/s dan 4 km/s gacha orttirish uchun gazning haroratini qanchagacha orttirish kerak?


- 20OC
- 40OC
- 293OC
+ 853OC

Ideal gaz 400 J ish bajarishi davomida uning ichki energiyasi 100 J ga ortdi. Bu jarayonda...


+ gaz 500 J issiqlik olgan
- gaz 300 J issiqlik olgan
- gaz 500 J issiqlik chiqardi
- gaz 300 J issiqlik chiqardi

Tovush to`lqinlari muhitdan havoga o`tganida uning tezligi 2 marta kamaydi. Bunda to`lqinning chastotasi ... , to`lqin uzunligi ... .


- 2 marta ortadi, 4 marta kamayadi
- 2 marta kamayadi, o`zgarmaydi
+ o`zgarmaydi, 2 marta kamayadi
- o`zgarmaydi, 2 marta ortadi

Proyeksion apparat obyektivining optik kuchi 5,4 dptr bo`lib, obyektivdan 4 m masofada joylashgan. Agar diapozitivning o`lchamlari 6 x 9 (sm) bo`lsa, tasvir ekranga sig`ishi uchun ekranning o`lchamlari qanday bo`lishi kerak?


- 98,8 x 138,2 (sm)
- 88,3 x 125,6 (sm)
- 112,5 x 168,7 (sm)
+ 123,6 x 185,4 (sm)

G`altakdagi tok kuchi I=(1–0,5t) [A] qonuniyat bilan o`zgarganida 0,2 mV o`zinduksion EYuK hosil bo`ladi. G`altakning induktivligini toping.


+ 0,4 mGn
- 0,2 mGn
- 1,2 mGn
- 6 mGn

0,2 mgr massali suv tomchisi har sekundda to`lqin uzunligi 0,75 μm bo`lgan lazer nurlarining 1016 ta fotonini yutsa, 10 s ichida tomchining harorati qanchaga ortadi?


- 2,3OC
+ 3,1OC
- 4,5OC
- 5,4OC

Juda kichik tezlikda harakatlanib kelayotgan elektron va pozitronning annigilyatsiyalanishi sababidan 2 ta gamma kvanti hosil bo`ldi. Gamma kvantlarining harakat yo`nalishlari orasidagi burchakni toping.


- ixtiyoriy bo`lishi mumkin
- aniqlab bo`lmaydi
- 0O
+ 180O

Kinetik energiyasi 5 MeV bo`lgan elektronning impulsini toping.


+ 2,93·10–21 kg·m/s
- 1,84·10–22 kg·m/s
- 4,06·10–21 kg·m/s
- 0,88·10–22 kg·m/s

Rasmda tasvirlangan 3 ta idishda 10OC haroratli va massalari bir xil bo`lgan suv bor. t vaqtdan keyin 1–idishdagi suvning harorati T1=20OC ga teng bo`lsa, 2t vaqtdan keyin 2– va 3–idishlardagi suvlarning T2 va T3 haroratlari qanday bo`ladi?





- T2=30OC va T3=15OC
- T2=30OC va T3=20OC
- T2=50OC va T3=15OC
+ T2=50OC va T3=20OC

Radiuslari 2r, 5r va 3r bo`lgan kichik sferalar mos ravishda –4q, 15q va –36q zaryadga ega. Birinchi sfera avval ikkinchisiga, keyin undan ajratilib uchinchi sferaga tekkazildi. Birinchi sferaning dastlabki zaryadi tajriba oxiriga kelib qanchaga o`zgaradi?


+ 12q ga
- 10q ga
- 8q ga
- 16q ga

Snaryad to`pdan rasmda ko`rsatilgandek otilsa to`pning o`zi qanday tezlik oladi (m/s)?



- 2
+ 4
- 5
- 3

Quyidagi kiltrilgan fkrlarning qaysi birlari to’g’ri .


1) Fotoeffekt yorug’likning kvant xossasini tasdiqlaydi .
2) Yorug’lik ta’sirida moddadan elektron uzulishi fotoeffekt deb ataladi .
3) Kirxgoff qonuniga qo’ra jism qanday to’lqin uzunlikdagi elektromagnit to’qinlarni chiqarsa , shundan koltaroq bo’lgan to’lqin o’zunlikdagi tebranishlarni yutadi
4) Stefon-Boltsmon qonuniga ko’ra qora jismning nurlanishi absolyut temperaturasini uchunchi darajasiga proporsianaldir .
- 1,3
- 3,4
+ 1,2
- 2,4
Difraksion panjaraning davri 1 μm ga teng. To‘lqin uzunligi 500 nm bo‘lgan yashil yorug‘lik panjaraga tik tushganda beshinchi difraksion maksimum qanday burchak ostida kuzatiladi?
- 45O
- 30O
+ beshinchi difraksion maksimum kuzatilmaydi
- 60O

Yorug‘lik tezligiga yaqin tezliklarda harakatlanayotgan shar qo‘zg‘almas kuzatuvchi uchun qanday shaklga ega bo‘ladi?


- kattaroq radiusli shar
- o‘shanday radiusli shar
+ harakat yo‘nalishida siqilgan ellips
- kichikroq radiusli shar

5 kg massali 3 ta jism o`zaro ip bilan bo`glangan va ular F=30 N kuch bilan tortib ketilmoqda. 1–chi va 2–chi jismlar orasidagi ipning taranglik kuchini toping.



- 30 N
+ 10 N
- 15 N
- 20 N

Shisha prizmaning kesimi teng tomonli uchburchak shakliga ega. Yorug‘lik nuri prizmaning yon tomonlaridan biriga tik tushsa, prizmadan o‘tgan nur boshlang‘ich yo‘nalishidan qanday burchakka og‘adi?


+ 60O
- 30O
- 120O
- 90O

Monoxromatik nurlanish ta’sirida chiqish ishi 2 eV bo‘lgan metaldan uchib chiqayotgan fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi 1 eV ga teng bo‘lsa, bu nurlanishning to‘lqin uzunligi qanday (nm)?


(h=4,14∙10–15 eV∙s)
276
207
497
414
Gorizontal tekislikda harakatlanayotgan 2 kg massali jismning tezlanishini toping (m/s2).

- 2,5
- 4
+ 5
- 7,5

Avtomobil yo`lning birinchi yarmini 25 km/h, ikkinchi yarmini 75 km/h tezlikda bosib o`tdi. Avtomobilning o`rtacha tezligini toping (km/h).


+ 37,5
- 35,5
- 40
- 32

Gorizontal holatdagi po’lat sirtida po’latdan yasalgan radiusi 10 sm, massali 3 kg bo’lgan po’lat disk tekis dumalantirilmoqda. Bunda hosil bo’lgan dumalanish ishqalanishi kuchini toping (mN). µ=0,2mm. g=10 m/s2.


- 20
- 30
- 40
+ 60

Yer sirtidan chuqurlikdagi erkin tushish tezlanishini toping. –Yerradiusi va g0– Yersirtidagi erkin tushish tezlanishi.


-
-
+
-

Massasi m bo’lgan jismning Yerga tortilish kuchi F bo’lsa, massasi va radiusi 3 marta katta bo’lgan planetadagi tortilish kuchini toping.



+ F/3
- 3F
- F/9
- 9F

Qo‘zg‘almas blokka ilingan yuklarning tezlanishi va ipdagi taranglik kuchini toping.



+ 5 m/s2 ; 30 N
- 5 m/s2 ; 60
- 8 m/s2 ; 40 N
- 8 m/s2 ; 30 N

Qattiq jismlarda qanday mexanik to‘lqinlar tarqaladi?


- ko‘ndalang
- bo‘ylama
+ ham ko‘ndalang, ham bo‘ylama
- gazlarda to‘lqin tarqalmaydi

Og`irligi P bo`lgan richag rasmdagidek muozanatda turishi uchun, qaysi nuqtasiga va qanday og`irlikdagi yuk osish kerak?



- K nuqtaga P og`irlikdagi
- L nuqtaga P og`irlikdagi
- N nuqtaga 2P og`irlikdagi
+ N nuqtaga P og`irlikdagi

Tashqi kuchlar ideal gaz ustida 900 J ish bajarishdi. Bunda gaz tashqi muhitga 400 J issiqlik beradi.Ushbu jarayonda gazning ichki energiyasi qanchaga o‘zgaradi(J).


+ 500 J ga ortadi
- 1300 J ga ortadi
- 500 J ga kamayadi
- 1300 J ga kamayadi

Uch atomli gaz izobarik jarayonda isitildi. Bunda berilgan issiqlikning qanday qismi gazning ish bajarishiga sarf bo‘ladi?


- 2/5
- 3/5
+ 1/4
- 3/7

5 nCva 4 nCnuqtaviyzaryadlarorasidagimasofa 60 sm. Zaryadlarningo‘rtasidajoylashgannuqtadagimaydonkuchlanganligini toping (kV/m).


- 0,36
- 0,9
- 0,1
- 0,4

Birinchisida 6 ta, ikkinchisida 7 ta electron yetishmaydigan ikkita bir xil metal sharcha F1 kuch bilan tasirlashmoqda. Ularni bir biriga tekkazib dastlabki holatga qaytarilganda F2 kuch bilan ta`sirlasha boshlasa, F1/F2 nisbatni toping?


- 168/169
- 48/7
+ 1
- 3

84 kW quvvatga ega bo’lgan ichki yonuv dvigateli 20 sekundichida 0,5 kg dizel yoqilg’isini sarflaydi. Dvigatelning foydali ish koeffitsientini aniqlang (%)?Dizel yoqilgisining solishtirma yonish energiyasi 42∙106J/kg.


- 22
- 17
- 12
+ 8

Bosimi P1=1,5 kPa bo’lgan gazning hajmi V1=2 m3 dan V2=4 m3 gacha PV2=const qonuniyat bo’yicha ortadi. Bunda gaz qanday ish bajargan (kJ)?


+ 1,5
- 3
- 4,5
- 1

Issiqlik mashinasi ishchi jismi bir atomli ideal gaz hisoblanadi. Grafikdagi sikl bo’yicha issiqlik mashinasi FIK ni aniqlang?



- 60 %
- 30 %
- 25 %
+ 15 %

C sig`imli ikki kondensator q va 2q zaryadlarga ega. Ularning qutblari teskari holda ulansa, natijaviy kuchlanish qanday bo`ladi?


- 7q/4C
- 5q/12C
- 3q/2C
+ q/2C

x=3sinπt va y= 4cosπt qonun bo`yicha harakatlanuvchi 1 kg massali jismning t=T/8 paytdagi impulsi (kg∙m/s) aniqlansin. T-tebranish davri.


- 2π/5
- 5π/2
- π/6
+ 5π/

Metall o`tkazgichning temperaturasi ortganda uningsolishtirma qarshiligi qanday o`zgaradi?


- o`zgarmaydi
+ kamayadi
- ortadi
- T.J.Y

G`altak chulg`amlaridan doimiy tok o`tganida unda 0,05 J energiya to`plangan, magnit oqimi esa 0,01 Wb bo`lgan. G`altak induktivligi (mH) topilsin.


+ 1
- 2
- 0,5
- 0,1
20.O`tkazgichda tok kuchi bir sekundda 10 A ga o`zgarganda 0,1 V induksiya EYuK hosil bo`lsa, o`tkazgich induktivligi (mH) qancha?
1
5
10
15
K va L nuqtalar orasidagi umumiy qarshilikni toping(Ω)

- 4
+ 2
- 6
- 8

K va L nuqtalar orasidagi umumiy sig`imni toping?



- 3,5C
- 2C
+ 7C
- 14C

Botiq sferik ko`zgu yordamida buyumning 4 marta kattalashgan tasviri hosil qilindi. Agar buyum va uning tasviri orasidagi masofa 30 sm bo`lsa, ko`zguning egrilik radiusini (sm) toping.


- 16
- 8
- 4,8
+ 9,6

Chastotasi 1,5∙1015 Hz bo’lgan monoxramatik yorug’lik sindirish ko’rsatkichi 1,6 bo’lgan shaffof plastinkada tarqalmoqda. Shu yorug’likning plastinkadagi to’lqin uzunligi (nm) qanchaga teng?


+ 125
- 150
- 160
- 200

Bir-biriga parallel o’rnatilgan (𝛼=00) ikkita ko’zguda hosil bo’ladigan tasvirlar soni nimaga teng?


- 1
- tasvirhosilbo’lmaydi
+ ∞
- 2

𝑣= 0,6𝑐 m/s tezlikda zarraning relyativistik massasi tinchlikdagi massasidan necha foiz ko’p?


massa o’zgarmas kattalik
+ 25
- 56
- 64

Elektr zaryadini + va – belgisi bilan belgilashni kim taklif etgan?


- Sh.Kulon
+ B.Franklin
- R.Milleken
- M.Faradey

Vodorod atomida electron birinchi orbitadan nechanchi orbitaga o‘tganda uning energiyasi 4 marta ortadi?


- uchinchi
- to‘rtinchi
- beshinchi
+ ikkinchi

Radioaktiv atom yadrosi ikkita neytron va ikkita protondan iborat zarrani chiqardi. Bu qanday radioaktivlikka kiradi?


- betta
- gamma
- pozitronli
+ alfa

Natriyning bir karra zaryadlangan musbat ioni electron qobig'ida nechtae lektron bor? Natriy yadrosida 11 ta proton bor.


- 11
+ 10
- 12
- 13
Massalari va tezliklari berilgan X, Y va Z jismlar rasmda ko`rsatilgan yo`nalishlarda harakatlanib, O nuqtada bir–birlari bilan to`qnashib, yopishib qoldi. To`qnashuvdan keyingi tezlikni toping.
(sin53O=cos37O=0,8; cos53O=sin37O=0,6)

- 10 m/s


- 8 m/s
- 6 m/s
+ 5 m/s

Koordinatasi (2;4) [m] bo`lgan nuqtadagi q1=200 μC zaryadga koordinatasi (10;7) [m] bo`lgan nuqtadagi q2 zaryad 7,2 N kuch bilan ta'sir qilmoqda. q2 ning qiymatini toping.


- 523 nC
- 128 nC
+ 292 μC
- 138 μC

Muhitda 10 Hz chastota bilan tarqalayotgan to`lqinda olingan, oralaridagi masofa 1 m bo`lgan ikki nuqta orasidagi fazalar farqi π rad gat eng bo`lsa, to`lqinning shu muhitdagi tarqalanish tezligini toping.


- 40 m/s
- 30 m/s
+ 20 m/s
- 15 m/s

Vakuumdagi to`lqin uzunligi 720 nm bo`lgan qizil nur sindirish ko`rsatkichi 1,8 bo`lgan shaffof plyonkadan o`tdi. Agar plyonkaning qalinligi 3,8∙10–5 m bo`lsa, unga nechta to`lqin sig`adi?


- 80 ta
+ 95 ta
- 54 ta
- 62 ta

Fokus masofasi 20 sm bo`lgan yig`uivchi linzaning orqa fokusidan 40 sm masofada buyumning aniq tasviri hosil bo`ladi. Buyumdan linzaning old fokusigacha bo`lgan masofani toping.


- 8 sm
- 12 sm
+ 10 sm
- 16

Chiqish ishi 3∙10–19 J bo`lgan metall sirtiga 7,8∙10–19 J energiyali foton tushganda fotoelektronlarni tormozlovchi kuchlanish qanday bo`ladi?


- 2 V
- 1,5 V
- 2,4 V
+ 3 V

Azotdagi (7N14) neytronlar soni ruhdagi (30Zn65) neytronlar sonidan necha marta kam?


- 6 marta
+ 5 marta
- 4 marta
- 8 marta

O`zgaruvchan kuchlanish manbaiga sig`imi 100 µF bo`lgan kondensator va induktivligi 20 mGn bo`lgan g`altak o`zaro ketma–ket ulangan. Agar manbaning siklik chastotasi 50 rad/s dan 100 rad/s gacha orttirilganida zanjirning to`la qarshiligi qanchaga o`zgaradi?


- 99 Om
- 100 Om
+ 101 Om
- 102 Om

Quyidagilardan qaysi pasaytiruvchi transformatorning transformatsiyalash koeffitsiyenti bo`lishi mumkin?


- 1
+ 1,7
- 0,3
- –1,2

Vodorodning harorati 300 K dan 1350 K gacha orttirilganida uning barcha molekulalari atomlarga dissotsilandi. Bunda zarrachalarning o`rtacha kvadratik tezligi necha marta ortadi?


- 1,5 marta
- 9 marta
+ 3 marta
- 2,25 marta

122OC haroratni ko`rsatayotgan termometr 40 gr massali suvga tushirilgach 70OC ni ko`rsata boshladi. Agar termometrning issiqlik sig`imi 7 J/K bo`lsa, u suvga tushirilishidan avval suvning harorati qanday bo`lgan?


+ 72OC
- 70OC
- 56OC
- 74OC

Rezina qayiqqa tongda havo damlanganida harorat 7OC edi. Qayiqning hajmi o`zgarmasdan, harorat 21OC gacha ortsa, bosim qancha foizga ortadi?


+ 5%
- 8%
- 7,5%
- 10%

120 W quvvatli nuqtaviy yorug`lik manbaining yorug`lik berishi α=13 lm/W bo`lsa, manbaning o`rtacha yorug`lik kuchini toping.


- 130 Cd
+ 124 Cd
- 144 Cd
- 172 Cd

20 m balandlikdan erkin tusha boshlagan sharcha gorizontal tekislikka tushib, undan 25% tezligini yo`qotgan holda qaytadi. Sharchaning tekislikka birinchi va ikkinchi to`qnashuvlari orasida qancha vaqt o`tadi?


- 2 s
+ 3 s
- 1,5 s
- 1,8 s

Quyida berilgan yadro reaksiyasidan foydalanib, x+2y ni toping.





- 23
- 14
+ 19
- 9

Uzunligi 140 m bo`lgan, 80 km/h tezlikda harakatlanayotgan yo`lovchi poyezdi parallel yo`lda harakatlanayotgan yuk poyezdini 40 s da quvib o`tdi. Agar yuk poyezdining tezigi 26 km/h bo`lsa, uning uzunligi qanday?


- 380 m
- 320 m
+ 460 m
- 240 m

Jism balandlikdan gorizontal yo`nalishda 15 m/s boshlang`ich tezlik bilan otildi. 2 s dan keyin jism tezlanishining normal tashkil etuvchisi qanday bo`ladi?


+ 6 m/s2
- 10 m/s2
- 4 m/s2
- 8 m/s2

Gorizontal tekislikda tinch turgan 0,5 kg massali brusokka gorizontal yo`nalishda 500 m/s tezlikda uchib kelayotgan 9 gr massali o`q kirib qoldi. Agar brusokning tekislik bilan ishqalanish koeffitsiyenti 0,5 ga teng bo`lsa, brusokning tekislik ustida harakatlanish masofasi qanday?


(g=9,8 m/s2)
- 12 m
+ 8 m
- 10 m
- 6 m

7OC haroratli ideal gazning bosimi izoxorik ravishda 5% ga ortgan bo`lsa, uning harorati qanchaga ortganini toping.


- 12 K
+ 14 K
- 5 K
- 7 K

Har birining zaryadi q ga teng bo`lgan 4 ta nuqtaviy zaryad bir to`q`ri chiziq bo`ylab, bir–biridan L masofada joylashgan. 2– va 3–zaryadlarning o`rtasidagi nuqtada hosil bo`lgan natijaviy elektr maydon potensialini toping.


- q/(4πεoL)
+ 4q/(3πεoL)
- 2q/(3πεoL)
- 3q/(4πεoL)

Kvadratning 3 ta uchida bir xil musbat zaryadlar joylashgan bo`lib, kvadratning to`rtinchi uchidagi elektr maydon kuchlanganligi va potensiali E=400 V/m va φ=80 V bo`lsa, kvadratning tomonlarining uzunligini toping.


- 21,2 sm
- 16,9 sm
- 17,3 sm
+ 14,1 sm

Sig`imlari 100 μF bo`lgan ikkita bir xil yassi kondensator 100 V va 300 V gacha zaryadlangan. Ularning qarama–qarshi ishorali zaryadlangan qoplamalari o`zaro ulansa, sistemaning energiyasi qanchaga o`zgaradi?


- 5 J
+ 4 J
- 3 J
- 2 J

EYuK i 5 V bo`lgan manbaga 10 Om qarshilik ulanganida manba klemmalaridagi kuchlanish 4 V ga teng bo`ldi. Qisqa tutashuv tokini toping.


- 1,6 A
- 0,8 A
+ 2 A
- 1 A

Erkin yugurish yo`li 0,5 μm bo`lgan elektron ionlanish energiyasi 2,4·10–18 J bo`lgan atomni ionlashtirishi elektr maydon kuchlanganligi qanday bo`lishi kerak?


+ 30 MV/m
25 MV/m
20 MV/m
15 MV/m

Tebranish konturida tok kuchi I=0,01∙cos1000t [A] qonuniyat bilan o`zgaradi. Agar kondensatorning sig`imi 0,2 µF bo`lsa, g`altakning induktivligini toping.


- 5∙104 Gn
- 5∙103 Gn
+ 5 Gn
- 0,5 Gn

Nur sindirish ko`rsatkichi 1,73 bo`lgan shisha plastinaga qanday burchak ostida tushsa, singan nur bilan qaytgan nur o`zaro tik bo`ladi?


+ 60O
- 45O
- 30O
- 75O

2 sm uzunlikdagi difraksion panjara 104 ta shtrixga ega va unga 500 nm to`lqin uzunlikdagi nur tushmoqda. 2–tartibli maksimum qanday burchak ostida ko`rinadi?


- 60O
+ 30O
- 15O
- 45O
Kremniy 14Si28 izotopi uyg`ongan holatdan asosiy holatga o`tganida 4,3∙1020 chastotali gamma kvantini nurlatdi. Bunda izotop qanday kinetik energiyaga ega bo`ladi?
- 32 eV
- 48 eV
- 14 eV
+ 58 eV

Ikkita parallel o`tkazgichdan bir xil yo`nalishda 31,4 A dan tok o`tmoqda. Agar o`tkazgichlar orasidagi masofa 10 sm bo`lsa, o`tkazgichlarnitutashtiruvchi to`g`ri chiziqda yotgan vaikkinchi o`tkazgichdan 2 sm masofadagi magnit maydon kuchlanganligini toping.


- 312,5 A/m
+ 187,5 A/m
- 250 A/m
- 62,5 A/m

Solishtirma qarshiligi 5·10–7 Om·m, moddasining zichligi 5 g/sm3 bo`lgan o`tkazgichdagi tok zichligi 5 kA/m2 bo`lsa, shu o`tkazgich 5 daqiqada necha Kelvinga isiydi?


(o`tkazgich simning solidhtirma issiqlik sig`imi 500 J/(kg·K)).
- 5·10–4 K
- 15·10–6 K
+ 15·10–4 K
- 1,5·10–6 K


Download 496,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish