28”08. 2021-yil “Kiyim mayda detallariga ishlov berish” fanidan


Mashinada tikiladigan choklar



Download 3,56 Mb.
bet19/61
Sana17.07.2022
Hajmi3,56 Mb.
#818221
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
Bog'liq
Kiyimlarni mayda detallariga ishlov berish

Mashinada tikiladigan choklar

Тikuv buyumlarini biriktiruvchi asosiy vosita mashinada tikiladigan iрli choklardir. Mashina choklari yordamida detallar ikki iр: ignadagi va mokidagi iрning o‘rilishi hisobiga ulanadi. Iрlarning o‘rilish usuliga qarab mashina choklari moki baxyali va zanjir baxyali choklarga bo‘linadi. Gazlamalarni ulashda ko‘pincha moki baxyali choklardan,trikotaj polotno va boshqa elastik materiallardan tikiladigan detallarni ulashda zanjir baxyali choklardan foydalaniladi. Ikki iрli moki baxyali chok eng ko‘p ishlatiladigan chok hisoblanadi.Mashina choklariga ishlab chiqarishda va iste‘molchilar tomonidan yuqori talablar qo‘yiladi. Ishlab chiqarish talabiga gazlama sarfi va chok uchun material (chok va bukib tikish haqi) sarfi, ishning hajmi va hokazolar kiradi. Iste‘molchi (xarid qilish) talabiga chokning tashqi ko‘rinishi, baxyaqatorlarning butunligi, chokning bo‘sh yoki tortilib qolgan joylarining bor-yo‘qligi, mustahkamligi va hokazolar kiradi.


Mashina chokining sifati operatsiyalarni bajarishning texnik shartlariga


(chok eni, baxyaqatorlar soni, ularning oralig‘i, baxyaning tortishmasligi, iр nomerining gazlamaga mosligi, detallarni igna ostiga qo‘yish tartibi va chok tikish ketma-ketligiga) rioya qilinishiga bog‘liq.


Chok eni uning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi va me‘yoriy-texnik hujjatlarda belgilab qo‘yiladi. Mashina choklar vazifasi va joylashishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: birlashtiruvchi choklar, ziy choklar va bezak choklar.


Birlashtiruvchi choklar

Birlashtiruvchi choklar kiyim detallarini birlashtirishga xizmat qiladi. Bu


choklarda detallar chokning ikki tomonida yotadi, masalan, orqa, yon, yelka, yeng qirqimlarini birlashtiruvchi choklar. Biriktirma chok, yorma chok, qo‘yma chok, bostirma chok, tutashtirma chok, qo‘shchok va ichki choklar birlashtiruvchi choklarga kiradi.




Biriktirma chok kiyim tikishda eng ko‘p uchraydigan choklardan biri bo‘lib, u yeng qirqimlarini, old va orqa bo‘laklarning yon qirqimlarini, shim va yubkalarning yon qirqimlarini birlashtirishda ishlatiladi. Тikilgan chokni

yupqalashtirish uchun chokni yorib yoki chokni bir tomonga yotqizib dazmollanadi.

Ayollar yengil kiyimi va bolalar kiyimining asosiy detallarini tikishda biriktirma chokning kengligi 1,0 – 1,5 sm bo‘lishi kerak.




Yorma choklar qirqimlari ikki tomonga yotqizilgan yoki dazmollab qotirilgan biriktirma choklar ikki tomondan bezak baxyaqatorlar bilan tikilishi mumkin.

Namlab-isitib ishlash qiyin bo‘lgan gazlamalardan kiyim tikishda,


choklarni biriktirish va puxtalashda, shuningdek, yubkalarning old, orqa bo‘laklarini bezash hamda ulashda shunday choklar ishlatiladi. Bunday chok solish uchun detallarni biriktirma chok bilan tikib olib, shu chok ikki tomonga yoriladi va gazlamaning o‘ng tomonidan biriktirma chokning ikki yoniga undan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib chiqiladi.




Qo‘yma choklarning (3.1-d rasm) ochiq va berq qirqimli xillari bo‘ladi. Ochiq qirqimli qo‘yma choklar kiyimdagi qotirmali detallarning bo‘laklarini ulash uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish uchun detalning cheti ikkinchi detalning chetiga qo‘yiladi va qirqimlardan bir xil masofada mashinada biriktirib tikiladi. Bir detal ikkinchi detal ustiga 0,6–1,0 sm o‘tib turishi kerak. Baxyaqator detallarning qirqimidan 0,3 – 0,5 sm ichkaridan tushiriladi.

Berk qirqimli qo‘yma choklar to‘g‘ri va shakldor koketkalarni, qoplama


cho‘ntaklarni ulash uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish uchun bir detalning cheti bezak baxyaqator eniga 1,0 – 1,5 sm (yengil kiyimda), 0,5 – 0,7 sm (ustki kiyimda) qo‘shilgan masofaga bukib ko‘klanadi, dazmollanadi, so‘ngra ikkinchi detalning o‘ngiga qo‘yib bostirib ko‘klanadi va modelda ko‘zda tutilgan masofada bostirib baxyaqator yuritiladi. Baxyaqator bilan qirqimlar orasidagi masofa gazlamaning qalinligiga va titiluvchanligiga qarab olinadi.




Bostirma chok ham biriktirma choklar kabi, yon, yelka qirqimlarini, kiyim

old bo‘lagi va ort bo‘lagini, yubka bo‘laklarini, yenglarni va boshqa detallarni ulash uchun ishlatiladi.




а) b) d) e) f) g) h)


Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish