12.25-rasm. Differentsial renta.
Biz yuqorida yerlarni tabiiy hosildorligi bo’yicha rentalarni ko’rdik. Lekin, yer hosildorligini unga qo’shimcha kapital sarflab ham (masalan, optimal darajada o’g`it berish, yangi agrotexnikani qo’llash) oshirish mumkin. Masalan, yaxshi yerga qo’shimcha kapital sarflasak, u quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: a) qo’shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi mumkin (bu holda yer rentasi dan ga oshadi); b) sarflangan qo’shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini kamayishiga olib keladi (bu holda yaxshi yer rentasi pasayib ni tashkil etadi). Bordi-yu, qo’shimcha kapital sarfi samaradorlik darajasini o’zgartirmasa, yer rentasi ham o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |