28- variant 2-savoliga



Download 38,1 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2022
Hajmi38,1 Kb.
#490441
  1   2
Bog'liq
28 -VARIANT OPAMDAGI


28- VARIANT
2-SAVOLIGA
Gidrotexnika inshootlari -suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish taʼsiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. G. i. vazifasi boʻyicha 2 guruhga —umumiy ahamiyatga ega boʻlgan va maxsus inshootlarga boʻlinadi.Umumiy ahamiyatga ega boʻlgan G. i. tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostlagich inshootlari kiradi. Suv damlagichlar (toʻgʻon, damba) inshootning oldi va orqasida suv bosimi yoki suv sathida farqlar hosil qiladi. Suv olgich (suv qabul qilgich) inshootlar suvni manba (daryo, koʻl, suv ombori va sh. k.)dan kanallarga oqizish uchun xizmat qiladi. Suv oʻtkazgich (vodovod) suvni tegishli joylar (kanal, nov, akveduk, dyuker, quvurlar, gidrotexnika tunellari)ga yoʻnaltirish maqsadida quriladi; tutashtiruvchi inshootlar (suv tushirgich, tezoqar, shovva, kanal rostlagichlari) G. i. turli qismlarining ravon birlashishini taʼminlaydi. Suv tashlama inshootlar suv omborlari, kanallar, bosimli havzalardan ortiqcha suvni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Chiqarib (tashlab) yuboriladigan suv miqdorini rostlash uchun suv tashlama inshootlarga zulfinlar oʻrnatiladi. Rostlagich (yoʻnaltirgich) inshootlar suv oqimi tabiiy sharoitlarini oʻzgartirish va yaxshilashga, oʻzan va qirgʻoqlarni yuvilib ketishdan, oqiziqlarning toʻplanib qolishidan, muz taʼsiri va b.dan himoya qilishga moʻljallangan. Maxsus G. i. gidroenergetika (gidroelektr stansiya binolari, bosimli havzalar va sh. k.), suv transporti (kema kutargich shlyuzlar, pristanlar va b.) inshootlari, meliorativ (magistral va taqsimlovchi kanallar, suvni kerakli balandlikka koʻtarish uchun nasos stansiyasi, kollektor-drenaj tarmogi, tindirgich, suv taqsimlagichlar, suv oʻlchash qurilmalari va b.) inshootlar, suv taʼminoti hamda kanalizatsiya inshootlari va b. kiradi.
G.i. vazifasiga koʻra asosiy (toʻgʻonlar, bosimli devorlar, suv tashlama, rostlash inshootlari, tunnellar va b.) va yordamchi inshootlar (muzdan himoya inshootlari, ajratish devorlari va b.)ga boʻlinadi. G.i. kapitalligi boʻyicha 4 darajaga (4darajaga yordamchi inshootlar kiradi) boʻlinadi. Qabul qilingan kapitallik darajasiga muvofiq G. i.ning mustahkamlik darajasi, yaʼni chidamlilik va barqarorlilik darajasi aniqpanadi, hisobiy maksimal suv sarfi (l/s yoki m’/s), qurilish materiallariga talablar belgilanadi. G.i. boshqa muhandislik inshootlardan doimiy ravishda oqib yoki tinch turgan suv taʼsiri ostida boʻlishi bilan farqlanadi. Suv G.i.ga mexanik (statistik va dinamik yuk, suvning zilzila paytidagi bosimi, filtratsiya bosimi, muz bosimi, oqiziqlarning yemirish taʼsiri va b.), fizik va kimyoviy (materiallarning zanglashi, gruntdagi tuzlar erishi, katta tezlik va vakuum paydo boʻladigan kvitatsiya va b.), biologik (oʻt oʻsishi va b.) taʼsir oʻtkazadi. Shu sababli G.i. qurishda maxsus gidrotexnik beton, temir-beton va b. pishiq materiallar qoʻllaniladi. G.i.dan foydalanishda zamonaviy avtomatika va telemexanika vositalari qoʻllaniladi.

Download 38,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish