Ratasvir . Ushbu tasviriy san’at turining rivoji adabiyot hamda qo‘lyozma kitoblarning bezalishi bilan uzviy tarzda bog‘liq. Usta musavvirlar saroy kitob omborlarida va madrasa kutubxonalarida ishlaganlar. O‘sha davrda Qur’on va hadislar, adabiy asarlar va tarixiy kitoblarni ko‘chirib yozishga talab katta bo‘lgan. Kitoblar bozorlarda sotilardi.
Saroylar qoshidagi ustaxonlarda qimmatbaho qo‘lyozma asarlaridan nusxalar ko‘chirilar va bezalardi. Bu yerda mohir hattotlar va musavvirlar ishlardilar.
XV asr musavvirlarining asarlari jang va ov manzaralari, qal’alar qamali, adabiy mushoiralar, Layli va Majnun hamda pahlavon Rustamning jasoratlari haqidagi afsonaviy tarixiy manzaralarni aks ettirardi. Ko‘plab musavvirlik asarlarida tabiat manzaralari: cho‘l va daryolar, dala va o‘rmonlar tasvirlangan.
Rassomlar tomonidan tarixiy shaxslar surati ham chizilgan. 1468-yili Hirotda ko‘chirilgan «Zafarnoma» - «G‘alabalar kitobi»da Amir Temur qiyofasi tasvirlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |