3. Leksik-semantik me’yorni misollar yordamida yozma tarzda tushuntiring.
Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo`lgan til birliklari-ning nutq jarayonida qo`llanish holati va imkoniyatidir.
Me’yor - tilning yashash shaklidir.
Til va nutq tizimida me’yor o`ziga xos o`rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo`yilgan.
Nutq madaniyati to`g’risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so`zlarning o`rinli va o`rinsiz ishlatilishi to`g’risida ham bahs boradi. Qo`llangan til birligini to`g’ri yoki noto`g’ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o`lchovga asoslanamiz. Mana shu o`lchov tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |