106-rasm. Arvox kapalak.
Shu xususiyatlariga ko‘ra u qadim davrlardan beri rassomlar, shoirlar va tabiat shaydolarini mahliyo qilib keladi. Uning xaqida xilma-xil ertaklar to‘qilgan, kishilar unga oid o‘z qarashlarini turli rivoyat, afsonalarda ifoda etganlar. Holbuki, “arvoh” kapalagining hech qanday “iloxiy” siri yo‘q. Kapalak tabiat olamida o‘ziga xos hayot kechirish tarziga ega bo‘lgan hasharotlardan biridir.
MDX davlatlarida bu kapalaklarning 60 dan ortiq turi yashaydi. Bir qarashda bu ancha katta kapalak bo‘lib, tukli tanasi, bosh, ko‘krak, qorin va qanotlari turli ranglarning ajoyib tarzda uyg‘unligidan iborat. Jumladan, bir turining yelka qismi xuddi odamning bosh suyagiga o‘xshash bo‘lgani sababli “o‘lik bosh” deb ataladi.
Qizig‘i shundaki, “arvoh” kapalaklar soatiga 50 km tezlikda ucha oladi, bezovta qilsangiz oldingi oyoqlarini ko‘taradi va bamisoli hujumga o‘tmoqchi bo‘lganday, g‘alati tovush chiqaradi.
Bu kapalakning tana uzunligi 6 sm, qanotlarini yozganda 10-14 sm bo‘ladi. Tanasi tukchalar bilan qoplangan, qorin qismi yo‘g‘onlashib, oq-qora halqalar shaklini eslatadi. Tuxumi sariq rangda, kapalak qurtining uzunligi 10 sm dir. Kapalak qurti turli xil o‘simliklarning yashil barglari bilan, kapalakning o‘zi esa o‘simlik va mum shirasi bilan oziqlanadi, shu jarayonda o‘simliklarni chetdan changlatib, ozmi-ko‘pmi yordam beradi. Lekin shuni ham aytish kerakki, “arvoh” kapalagi qurti kartoshkaning ashaddiy zararkunandasi bo‘lib, uning barglarini kemiradi (Ergashev.N 1982).
“Arvoh” kapalak asal o‘g‘irlash maqsadida kechalari asalari uyasiga kirib, asalarilarni bezovta qiladi. Ayrim hollarda asalarilar kapalakni o‘ldiradi. Kapalak o‘zining katta qanotini silkitish bilan asalarilarni urib yiqitadi va bir daqiqada 5-10 gramm asalni o‘g‘irlab chiqadi.
“Arvoh” kapalagiga qarshi kurash uchun asalarixonang pastki va ustki tuynuklariga temir simli panjaralardan foydalanish mumkin.
107-rasm. Mayka qo‘ng‘izi.
Maykalarning tarqalish o‘chog‘i arisimonlar uyasi bo‘lib, ular ana shu uyalarda to‘liq rivojlanish davrini o‘taydi. Uyalardan chiqqan mayka qo‘ng‘izlari tuproqda 3-4 mingta tuxum qo‘yadi. Bu tuxumlardan aprel–may oylarida harakatchan qurtchalar chiqadi. Bu qurtchalar o‘simlik gullariga chiqib, gulga qo‘ngan har xil asalarilarga ilinib oladi, shu holda adashib, asalarilarga ham o‘tib oladi.
Qo‘ng‘iz qurtchasi qoramtir rangda. Ular yaxshi ko‘rish organlari bilan qurollangan, tezda asalarilarning qorin segmentlari orasiga kirib, ularni o‘ldirishga olib keladi. Oddiy mayka qo‘ng‘izining qurtchasi sariq rang. Bu qo‘ng‘izlar asalarilarning qorin segmentlari orasiga kirmasdan, ularni haddan tashqari bezovta qiladi. Bu lichinqalarni oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin.
Meleoz kasalligiga qarshi kurash uchun, mayka qo‘ng‘izlari qurtchalarini har doim o‘ldirib turish lozim, naftalin bilan va har xil tabiiy vositalar, hamda fenotiazin tutunlari bilan, hamda boshqa preparatlar bilan davolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |