I BOB Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari
1.1 Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari.
Bolalar bog‘chasining Nizomiga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasasida muayyan hujjatlar olib borilishi kerak.
Buyruqlar daftari bolalar bog‘chasiga tartib raqami berilgandan keyin rasmiylashtiriladi. Uning hamma sahifalari raqamlanadi, oxirida uning necha varaqligi ko‘rsatiladi.Bolalarni hisobga olish daftari (DP-2-shakli) bolalar va ota- onalar haqidagi ma’lumotlarni, bolalarning uy manzili, bog‘chaga kelgan va undan (butunlay) ketgan sanalarni o‘z ichiga oladi.
Har bir gurahda bolalarning har kungi davomati (bog'chaga kelishi) hisobga olinadi (DP-3-shakli). Shuningdek, xodimlarning, bolalarning shaxsiy hujjatlari; tibbiy kartalari; xodimlarning ish jadvali, ularning ish vaqtini hisobga olish tabeli; maktabgacha tar- biya muassasasiga yo‘l-yo‘riq beradigan, uni tekshiradigan va na- zorat qiladigan kishilarning mulohaza va takliflarini yozish daftari; sanitariya jurnali; pedagogika, ishlab chiqarish yig‘ilishlari va ota- onalar majlislarining bayonnomalari; inventar va oziq-ovqat mahsulotlarini hisobga olish daftari; muassasaning yillik, oylik ish rejasi va boshqalar olib boriladi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risidan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari;
maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi;
davlat standartini joriy etish hamda unga rioya etilishini nazorat qilish;,
5
davlat standartining tarkibiy qismlari, jumladan:
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari; maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat o‘quv dasturi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish bo‘yicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv-ta`lim va sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to’liq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom” da ko’rsatilgan. Maktabgacha ta`lim muassasasi ning asosiy maqsadlari maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:
6
Do'stlaringiz bilan baham: |