26-variant 205-guruh. Yusufjonova Mohinabonu Huvaydoning dunyoqarashi va she’riy mahorati


Qo’qon adabiy muhitida Amiriyning o’rni



Download 26,87 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi26,87 Kb.
#207758
1   2   3
Bog'liq
o'zbek adabiyoti tarixi Yusufjonova M. 205

2.Qo’qon adabiy muhitida Amiriyning o’rni.

Oʻzbek mumtoz soʻz sanʼati tarixida alohida hodisa boʻlgan Qoʻqon adabiy muhitining vujudga kelishi hamda rivoj topishida Amir Umarxonning ham xizmati katta boʻlgan. U Amiriy taxallusi bilan oʻzbek va fors-tojik tillarida birday mahorat bilan qalam tebratgan zullisonayn shoirdir.

Mumtoz adabiy anʼanada boʻlgani kabi uning ijodida ham majoziy va haqiqiy ishq bir-birini toʻldiradi, biri ikkinchisiga vosita sifatida qaraladi. Ishqni hayotning maʼnosi, ijodning ilhomchisi hisoblagan shoir koʻplab gʻazallarida oʻzini “ishq mulkining amiri”, “mulki dil amiri”, “koʻngil taxti amiri”, “junun shahri amiri”, “iqlimi vafo amiri” sifatlari bilan lutf etadi.

Amiriy devonidan joy olgan lirik turning qator janrlariga oid namunalar obraz va obrazlilik bilan ziynatlangan. Ularda insonning insonga, tabiatga, jamiyat va ilohiyotga munosabati aks etadi, shoir ularda asrlar davomida shakllanib kelgan anʼanaviy obraz va badiiy tasvir vositalariga qaysidir jihatdan yangicha maʼno yuklaydi.

Xususan, quyidagi gʻazalni koʻzdan kechirganda uning boshqa gʻazallardan zohiran uncha katta farqqa ega emasligini koʻrish mumkin. Ammo, botinan shoir muqoyasa usulini qoʻllash orqali yor jamoli, uning malohatini oʻta serzavq, taʼsirchan baytlar mazmuniga singdiradi:

 

Menikim mastligʻdin koʻzlaring oʻlturdi, sogʻ oʻlsun,



Koʻzum sarchashmasi ul ikki ohugʻa bulogʻ oʻlsun. (Bayt markazida maʼshuqaning koʻzini vasf etish turibdi. Maʼshuqaning koʻzi xumor boʻlmaganida, oshiqning koʻzi buloq boʻlmas edi. Natijada, ikkinchi misradagi “ohu” tashbehi oshiqning koʻzyosh toʻkish holati bilan birikib, maʼshuqa koʻzining goʻzal tasviri berilgan. Mastona koʻzlarning nigohi oshiqni oʻldirganday boʻldi. Baribir, ular sogʻ boʻlsinlar, deydi oshiq. Ikki ohu esa yorning oʻsha ikki koʻzi. Koʻzyoshini tinimsiz toʻkayotgan oshiqning koʻzlari esa oʻsha ikki ohu suv ichadigan buloq kabidir. Shoir bu yerda sarchashma soʻzini juda oʻrinli ishlatgan. Chunki u ham buloq maʼnosini beradi. (“Koʻzum sarchashmasi”.)

Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yigʻilgan. 1821-yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning sheʼrini oʻz ichiga olgan „Majmuai shoiron“ toʻplamini tuzgan. Uni ulugʻlab qasidalar yozish, gʻazallariga tatabbuʼlar bogʻlash bu shoirlar ijodida yetakchi oʻrin tutgan.X

Umarxon Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni oʻziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini oʻrgangan, ularga ergashib ijod qilgan, gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Aruzning turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va oʻynoqi vaznlaridagina yozilgan bu sheʼrlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida. Ularda anʼanaviy motivlar va tasavvufiy ruh ustun. Oʻzbek va forstojik tilidagi sheʼrlarini toʻplab, devon tartib bergan. Devon gʻazal, muxammas, musaddas, tuyuq janrlaridagi 10 ming misradan ortiq sheʼrni oʻz ichiga olgan. „Devon“idaNavoiy anʼanalarini davom ettirgan, sheʼriyatning 12 janrida qalam tebratgan. Gʻazallarida dunyoviy ishq tavsifi bilan bir qatorda soʻfiyona talqindagi gʻoyalar ham mavjud. X


Download 26,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish