2.Qo’qon adabiy muhitida Amiriyning o’rni.
Oʻzbek mumtoz soʻz sanʼati tarixida alohida hodisa boʻlgan Qoʻqon adabiy muhitining vujudga kelishi hamda rivoj topishida Amir Umarxonning ham xizmati katta boʻlgan. U Amiriy taxallusi bilan oʻzbek va fors-tojik tillarida birday mahorat bilan qalam tebratgan zullisonayn shoirdir.
Mumtoz adabiy anʼanada boʻlgani kabi uning ijodida ham majoziy va haqiqiy ishq bir-birini toʻldiradi, biri ikkinchisiga vosita sifatida qaraladi. Ishqni hayotning maʼnosi, ijodning ilhomchisi hisoblagan shoir koʻplab gʻazallarida oʻzini “ishq mulkining amiri”, “mulki dil amiri”, “koʻngil taxti amiri”, “junun shahri amiri”, “iqlimi vafo amiri” sifatlari bilan lutf etadi.
Amiriy devonidan joy olgan lirik turning qator janrlariga oid namunalar obraz va obrazlilik bilan ziynatlangan. Ularda insonning insonga, tabiatga, jamiyat va ilohiyotga munosabati aks etadi, shoir ularda asrlar davomida shakllanib kelgan anʼanaviy obraz va badiiy tasvir vositalariga qaysidir jihatdan yangicha maʼno yuklaydi.
Xususan, quyidagi gʻazalni koʻzdan kechirganda uning boshqa gʻazallardan zohiran uncha katta farqqa ega emasligini koʻrish mumkin. Ammo, botinan shoir muqoyasa usulini qoʻllash orqali yor jamoli, uning malohatini oʻta serzavq, taʼsirchan baytlar mazmuniga singdiradi:
Menikim mastligʻdin koʻzlaring oʻlturdi, sogʻ oʻlsun,
Koʻzum sarchashmasi ul ikki ohugʻa bulogʻ oʻlsun. (Bayt markazida maʼshuqaning koʻzini vasf etish turibdi. Maʼshuqaning koʻzi xumor boʻlmaganida, oshiqning koʻzi buloq boʻlmas edi. Natijada, ikkinchi misradagi “ohu” tashbehi oshiqning koʻzyosh toʻkish holati bilan birikib, maʼshuqa koʻzining goʻzal tasviri berilgan. Mastona koʻzlarning nigohi oshiqni oʻldirganday boʻldi. Baribir, ular sogʻ boʻlsinlar, deydi oshiq. Ikki ohu esa yorning oʻsha ikki koʻzi. Koʻzyoshini tinimsiz toʻkayotgan oshiqning koʻzlari esa oʻsha ikki ohu suv ichadigan buloq kabidir. Shoir bu yerda sarchashma soʻzini juda oʻrinli ishlatgan. Chunki u ham buloq maʼnosini beradi. (“Koʻzum sarchashmasi”.)
Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yigʻilgan. 1821-yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning sheʼrini oʻz ichiga olgan „Majmuai shoiron“ toʻplamini tuzgan. Uni ulugʻlab qasidalar yozish, gʻazallariga tatabbuʼlar bogʻlash bu shoirlar ijodida yetakchi oʻrin tutgan.X
Umarxon Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni oʻziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini oʻrgangan, ularga ergashib ijod qilgan, gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Aruzning turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va oʻynoqi vaznlaridagina yozilgan bu sheʼrlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida. Ularda anʼanaviy motivlar va tasavvufiy ruh ustun. Oʻzbek va forstojik tilidagi sheʼrlarini toʻplab, devon tartib bergan. Devon gʻazal, muxammas, musaddas, tuyuq janrlaridagi 10 ming misradan ortiq sheʼrni oʻz ichiga olgan. „Devon“idaNavoiy anʼanalarini davom ettirgan, sheʼriyatning 12 janrida qalam tebratgan. Gʻazallarida dunyoviy ishq tavsifi bilan bir qatorda soʻfiyona talqindagi gʻoyalar ham mavjud. X
Do'stlaringiz bilan baham: |