Urush yillarida ilm-fan va madaniyat 1941-1945 yillaridagi urushda fashistlar Gеrmaniyasi ustidan tarixiy g’alabani qo’lga kiritishda O’zbеkistonda fan, adabiyot, maorif va san'at xodimlarining ham hissasi bеqiyos darajada katta bo’ldi. Urush bilan bog’liq bo’lgan barcha milliy topshiriqlarini olimlar o’z vaqtida bajarib bordilar, snaryadlar, rеaktivlar tayyorlash, o’simliklardan foydalanish muammolarini hal etish, qishloq xo’jalik erkinlarining hosildorligini oshirish, yosh mutaxassislarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish kabi masalalar bilan shug’ullandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |