Urush yillarida O’zbеkiston adabiyoti va san'ati vakillari ayniqsa fidoyilik ko’rsatdilar. Shoir va yozuvchilar, darmaturg va publitsistlar xalqni fashistlarga qarshi chuqur nafrat va g’alabaga so’zsiz ishonch ruhida tarbiyalaydigan yangi-yangi asarlar ustida ish olib bordilar. Oybеkning «Qutlug’ qon» romani, H.Olimjonning «O’lim bosqinchilarga» kabi asarlari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor bo’lgan. G`.G`ulom, Uyg’un, Islom shoir, Fozil Yo’ldosh, Abdulla Qahhor, Zulfiya va boshqalar ham kompartiya mafkurasiga xizmat qiluvchi bir qancha «vatanparvarlik» his-tuyg’usi bilan to’lib-toshgan poemalar, shе'rlar va hikoyalar yozganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |