Javob: Dasht 20. Aralash va keng bargli o’rmonlar zonasida yog’in miqdori necha mm ga teng? Javob: 400-500 mm 21. Yevrosiya va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida juda katta maydonlarni qaysi zona egallaydi? Javob: Tundra zonasi 22. Tundra zonasida qanday o’simliklar o’sadi? Javob: Pakana qayin va qutb toil deb ataluvchi butalar mox va lishayniklar o’sadi
30-MAVZU: Umumlashtiruvchi takrorlash Inson va tabiat 1.Hozirgi vaqtda Yer yuzida qancha aholi yashaydi? Javob: 7 mlrd 800 mln atrofida (2020-yil) 2. Dunyo aholisining yarmidan ko’pi qaysi qit’ada joylashgan? Javob: Osiyo 3. O’zbekistonda qancha aholi yashaydi? Javob: 34 mln dan ortiq (2020-yil) 4. Aholi sonining ko’payishi nimaga bog’liq? Javob: Har yili qancha bola tug’ilib, qancha odam o’lishiga bog’liq 5. Yer yuzida odam paydo bo’lganiga qancha vaqt bo’lgan deb taxmin qilishadi? Javob: 2 mln yil 6. Qaysi asrlarga kelib Yer yuzida aholi soni juda tez ko’paydi? Javob: XIX-XX asrlarda 7. Insonning ta’siri atmosferada necha km balandlikgacha ayniqsa kuchli bo’ladi? Javob: 18-20 km 8. Biosferaning odam yashaydigan va tabiatga juda katta ta’sir ko’rsatadigan qismi nima deb ataladi? Javob: Noosfera 9. Noosfera so’zining ma’nosi nima? Javob: Yunoncha aql 10. Inson tabiatdan olib, foydalanadigan odamlarning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha narsalarga nima deyiladi? Javob: Tabiiy resurslar (boyliklar) 11. Tabiiy resurslar nechta turga bo’linadi? Javob: 2